Mehnat me'yori, xronometraj va ish kunining fotografiyalash usullari. Mehnat unumdorligi konsepsiyasi va uni oshirishning tamoyillari Reja


Download 60.36 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi60.36 Kb.
#1153821
  1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat me\'yori, xronometraj va ish kunining fotografiyalash usullari


Mehnat me'yori, xronometraj va ish kunining fotografiyalash usullari. Mehnat unumdorligi konsepsiyasi va uni oshirishning tamoyillari


Reja:

  1. Mehnatni me’yorlash mohiyati

  2. Mehnat me’yorlari shakllari

  3. Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari.

  4. Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar miqdor va sifat


ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mustaqillik hamda barcha
xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblangan korxona maqomining sezilarli o’zgarishiga sabab bo’ldi. Korxonalar endilikda o’z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritmoqdalar. Ular faoliyati asosini bozor talabini tashkil etadi. Bundan kelib chiqqan holda ular kerak bo’lgan barcha turdagi resurslar hajmini mustaqil belgilamoqda.Korxonalar ilg’or ishlab chiqarish texnikasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va tejamkorlik rejimiga rioya etish masalalari bilan shug’ullanmoqdalar, zamonaviy boshqaruvni yo’lga qo’ymoqdalar, joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. Korxonalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi va iqtisodiy jihatdan baquvvat bo’lishi respublika iqtisodiyotini barqororlashuviga zamin yaratadi.Xalqimiz turmush darajasining har tomonlama yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi sharoitda mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish, fan-texnika yutuqlari
va ilg‘or tajribaga asoslanib texnika va odamlarning yagona ishlab chiqarish
jarayonida birlashtirish moddiy va mehnat resurslarida eng samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirib borish, mehnat jarayonida inson salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish demakdir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishda mehnatni me’yorlash ga aloxida e’tibor
beriladi. Shu bilan bir qatorda fan va texnikani zamonoviy yutuqlari asosida
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qayta qurollashtirishni amalga oshirishda
mehnatni me’yorlash muhim ahamiyatga ega.
Mehnatni me’yorlashtirish – bu ma’lum tashkiliy texnik sharoitda mahsulot
birligini tayyorlash yoki vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarishni yoki belgilangan ish xajmini bajarish, ishlab chiqarish vositalariga xizmat qilish uchun
mehnat sarfi o‘lchovini belgilashdir.
Mehnatni me’yorlash har bir ish o‘rnida uchastka va sexda mehnatni to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil qilish, ish jarayonining bir tekis, bir me’yorda borishini
ta’minlash, ish vaqtida tejab foydalanish, mehnatning ilg‘or usul va uslublarini aniqlash va joriy qilish, mehnatni yuksak samaradorligini ta’minlash, korxona faoliyatning rejalashtirish asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat unumdorligini o‘sishida texnikaviy asoslangan mehnat me’yorlari
ning belgilanishni ahamiyati kattadir. Texnikaviy asosilangan Me’yorlarni joriy qilish iqtisodiy vazifalarni belgilashda ham aloxida e’tiborni talab qiladi.
Mehnatni texnik me’yorlash mohiyati. Mehnatni texnik normalash deganda ma’lum texnik sharoitlarda biror-bir mahsulot turini yoki bir ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat me’yorlari ni (Vaqt me’yori, mahsulot ishlab chiqarish me’yori, xizmat ko‘rsatish me’yori va x.k.) ilmiy ishlab chiqarish tushuniladi.
Mehnatni texnik normalash - ishlab chiqarishda mehnatni to‘g‘ri tashkil
etishning negizidir, chunki har bir ish o‘rnida uchastkada sexda mehnatni tashkil
etish, avvalo har bir konkret ish operatsiyasini bajarish uchun qancha mehnat sarf
qilinishi va ishning qanday sifati zarurligini aniqlab olishdan boshlanadi.
Mehnatning miqdori va sifati aniqlab olingandan keyin ma’lum xajmidagi ishni bajarish uchun talab qilinadigan ishchilar soni, ularning kasb va malakasi tarkibini belgilash mumkin. Demak, mehnatni tashkil etish uchun barcha qilinadigan ishlar oldindan hisoblab chiqilgan va ilmiy asoslangan mehnat sarfi me’yorlari mavjud bo‘lishi kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda texnik me’yorlar asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Mehnatni texnik normalash mehnatni tashkil etishning eng ratsional forma, uslub va usullarini tanlab olib joriy qilinga imkoniyat tug‘dirishi bilan birga texnika jixatdan asoslangan va progressiv Me’yorlarni joriy qilishni ta’minlaydi.
Mehnatni yengillashtirish, sog‘lomlashtirish va mehnat sharoitini yaxshilash,
mehnatni ilmiy asosida tashkil etish bo‘yicha injener texnika va iqtisodchilar bir qatorda fiziologlar va psixologlarning tavsiyanomalari hisobga olinadi.
Texnik me’yorlar faqat ishbay ish bajaruvchi ishchilarning mehnatini tashkil
qilish uchungina emas, balki vaqtbay ishlovchi ishchilarning mehnatini ham,
shuningdek, injener-texnik xodimlarning va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ham
mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Texnik me’yorlarning ilg‘or ish usularini va uslublarini o‘rganish va umumlashtirishda, shuningdek shu asosda ratsional mehnat protseslarini ishlab chiqishdagi ahamiyati ayniqsa kattadir. Bunda ortiqcha mehnat harakatlari bartaraf etiladi, kam unumli mehnat xarakatlari samarali mehnat xarakatlari bilan almashtiriladi.
Mehnat me’yori muayyan bir ish operatsiyasini bajarish uchun sarflanadigan
ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqti mehnatning birdan-bir o‘lchovi hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda u Vaqt me’yoridan kelib chiqadi. Mehnat me’yorlari turlari Shunga ko‘ra ish vaqti ham normalashtiriladi va Vaqt me’yori deb yuritiladi.
Hozirgi vaqtda barcha tarmoq korxonalarida me’yorlashtirish holati
iqtisodiyotning rivojlanish talablariga jovob bermaydi. Ilg’or texnika va
texnologiyadan foydalanish asosida mehnatni tashkil etishni yaxshilash jarayonida
hamma vaqt barcha me’yorlarni almashtirishga yetarli e’tibor berilmayapti. Bu holat ishlab chiqarish samaradorligini ancha kamaytirmoqda. Shuning uchun sanoat korxonalarida me’yorlashtirishni tashkil etish holatini o’rganish va uni yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.Texnik va ilmiy jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish asosida mehnat va moddiy resurslardan tejash imkoniyati yaratiladi. Ilmiy jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarni o’rganishda esa “Me’yorlashtirish asoslari” fani muhim ahamiyatga ega hisoblanidi. Bu kurs oldida ishlab chiqarish korxonasining mavjud imkoniyatlarida resurslarga talabn irejalashtirishga ilmiy yondashish va muxandis olimlarning tadqiqotlaridan foydalanish, resurslarni me’yorlashtirishda o’ziga hos yo’nalishlardan borish, shuningdek, , mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun me’yorlar belgilanganda qanday kuzatish uslublari va turlaridan foydalanish kabi masalalarni yoritish vazifasi ham turadi.
Korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirishning asosini
ilmiy asoslangan texnik – iqtisodiy me’yor va normativlardan foydalanish,
korxona normativ bazasini shakllantirish tashkil etadi . Ular korxona rejaviy
ko’rsatkichlar sifatini belgilab beradi. Me’yor va normativlar xo’jalik boshqarish mexanizmi var ejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi.
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur
bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni
resurslarga talabni me’yorlashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u
minimal harjat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni
ko’zlaydi. Xo’jalik yuritish amaliyotida me’yorlashtirish – normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Me’yorlashtirish ning elementlari sifatida me’yor va normativlar yuzaga chiqadi. Me’yor – mahsulot birligini tayyorlash uchun xom – ashyo, material, energiya, yoqilg’ining absolyut sarfining ruhsat etilgan miqdori. Mashina uchun kauchuk sarfi, 10 ming tonna kilometr brutto uchun dizelyoqilg’i sarfi.
Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan me’yor
yo’rdamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga
olinadi (reglamentlashtiriladi).
Normativlar mehnat buyumlari va mehnat vositalaridan foydalanish
darajasini, mahsulot birligi, maydon, og’irlik, hajm birligiga resurslar sarfini
xarakterlaydigan ko’rsatkichlardir. Masalan, metalldan foydalanish koeffitsienti, 1m2 maydondan olinadigan mahsulot miqdori, ular foizi, mahsulot chiqish foizi. Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib koeffitsientlarda belgilanadi ( masalan, jihozning yuklanish koeffitsienti, sutning yoglilik darajasi).
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda,
aylanma mablag’lar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy
normativlar deb yuritiladi. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni va ahamiyatini quydagicha tasvirlash mumkin:

Me’yor va normativlar quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
­ mehnat sarfi me’yorlari
­ material sarfi me’yorlari
­ vaqt me’yorlari (asosiy, yordamchi va h.k.)
­ mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari.
­ ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari
­ atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari
­ loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari
­ kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari
Me’yor va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik-iqtisodiy
va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari
o’zgarishi, shuningdek, ilmiy texnik taraqqiyot ta’sirida amaldagi me’yor va
normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik, iqtisodiy va fiziologik jihatdan asoslangan
bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik me’yorlarning o’zaro teng kuchli va
optimalligini ta’minlashini ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining
o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni
bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi.
Me’yorlarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va demolish
reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.
Korxonaning normativ bazasi me’yor va normativlarning quyidagi asosiy
guruhlarini qamrab oladi:
1. Kalendar - reja normativlari;
2. Xom – ashyo va materiallar sarf me’yorlari;
3. Yoqilg’i- energetic resurslar sarfi me’yorlari;
4. Jihozlardan foydalanish normativlari;
5. Ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish normative;
6. Mehnat sarfi me’yori;
7. Moliyaviy me’yor va normativlar.
Shunday ekan mehnat unumdorligini o’sishi va tejamkorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri bo’lib mehnatni oqilona me’yorlashtirish hisoblanadi. Mehnatni to’g’ri me’yorlashtirish hisobiga katta kapital mablag’lar sarf etmasdan mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish asosida xarajatlar bo’yicha tejamkorlikka erishish ta’minlanishi mumkin. Me’yorlashtirish asosini sarf o’lchovini belgilash tashkil etadi.Shuning uchun uni ham iqtisodiy, texnik va psixofiziologik jihatdan asoslash zaruriyati ob’ektiv ravishda paydo bo’ladi.
Mehnat unumdorligi; omillar; ichki va tashqi omillar; mehnat unumdorligini oshirishning moddiy-texnika, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy omillari; mehnat unumdorligini oshirish rezevlari; jonli mehnatdan foydalanishni yaxshilash rezevlari, asosiy va aylanma fontlardan yanada samaraliroq foydalanish rezevlari; zahira va nobud bo’lish rezevlari; joriy va istiqbol rezevlari; xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezevlari; umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar.

Download 60.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling