Mehnat muhofazasi 1 Pereezdda poyezdlar harakati xavfsizligini ta‘minlash


Pereezdlar orqali harakatlanish qoidalari


Download 36.11 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi36.11 Kb.
#1626727
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza

5.2 Pereezdlar orqali harakatlanish qoidalari
Transport vositalarining haydovchilari temir yo'llarni faqat temir yo'l kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina)larga yo'l berib kesib o'tishlari mumkin. Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.
Temir yo'l kesishmasiga kirish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qat'i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda;
shlagbaumning bor-yo'qligidan, uning holatidan qat'i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani boshidan ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa);
kesishmadan keyin hosil bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to'xtashga majbur bo'ladigan hollarda;
agar ko'rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan bulsa.
Bundan tashqari:
kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish;
shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish;
kesishma orqali zanjirli qishlok ho'jaligi, yo'l qurilishi va boshqa mashina va mexanizmlarning yurib o'tishi (mexanik transport vositalariga yuklab olib utish ruxsat etiladi);
temir yo'l distantsiyasi boshlig'ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarini olib o'tish taqiqlanadi.
Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumgacha kamida 5 metr, shlagbaum bo'lmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak. Temir yo'l kesishmasida majburan to'xtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo'shatish choralarini ko'rishi kerak. Agarda kesishmani bo'shatishni iloji bo'lmasa haydovchi:
imkoniyati bo'lganda yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga to'xtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo'l yoqasi bo'ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi bo'lsa uni yo'l yaxshi ko'rinmaydigan tomonga) yuborishi;
transport vositasining yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi;
poyezd ko'ringanda to'xhtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.
Eslatma: To'xtash ishorasi qo'lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
Umumiy xatar ishorasi bitta uzun va uchta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi.
Pereezdlar temir yo’l va avtomobil transporti harakatining jadalligiga bog’liq ravishda to’rt toifaga bo’linadi. Pereezdlarning toifasini belgilash, saqlanishini ta’minlash va xizmat ko’rsatish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasiga muvofiq belgilanadi.
Barcha I va II toifadagi pereezdlar, shuningdek, bo’ylama elektr ta’minoti liniyalari bilan jixozlangan uchastkalarda yoki yaqinida boshqa turdagi uzluksiz elektr ta’minoti manbalari mavjud bo’lgan III va IV toifadagi pereezdlar elektr yoritgichlar, zarur hollarda esa o’tayotgan poyezdlarni ko’rikdan o’tkazish uchun projektor qurilmalari bilan jixozlanishi lozim.
Pereezdlarning uzluksiz elektr ta’minoti va tashqi yoritilishi vazifasi elektr ta’minoti distansiyasiga yuklatiladi.
Pereezdlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi.
Transport vositalari haydovchilarini pereezdga yaqinlashganligi to’g’risida ogohlantiruvchi pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jixozlangan yoki navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar boshqariladigan turga kiradi.
Pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jixozlanmagan va navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan pereezdlar boshqarilmaydigan turga kiradi.
Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar poyezd lokomotivlari va maxsus harakat tarkibi mashinistlari bilan radio aloqaga, eng yaqin stansiya yoki post bilan, dispetcherlik markazlashuviga ega bo’lgan uchatskalarda esa – poyezd dispetcheri bilan to’g’ridan-to’g’ri telefon aloqasiga ega bo’lishi kerak.
Pereezd signalizatsiya qurilmalari, avtomatik shlagbaumlar, telefon va radio aloqaning soz holatda ishlashi va saqlanishi signalizatsiya va aloqa distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Pereezdlar belgilangan tarzda to’shama hamda ustunchalar yoki panjara bilan chegaralangan, o’tish joylariga ega bo’lishi shart. Pereezdlarga yaqinlashadigan joylarda ogohlantirish belgilari bo’lishi kerak: poyezdlar keladigan tomondan – hushtak chalish lozim ekanligini bildiruvchi «S» signal belgisi, avtomobil yo’li tomonidan esa yo’l harakati qoidalariga muvofiq DATK yo’riqnomasida ko’zda tutilgan belgilar bo’lishi lozim. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan, poyezdlar kelishi tomonidan ko’rinish darajasi qoniqarsiz bo’lgan kesishmalar oldida qo’shimcha «S» signal belgisi o’rnatilishi lozim. «S» signal belgilarini o’rnatish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi.
Yuk ortilgan yoki yuksiz yirik o’lchamli va og’irligi katta transport vositalari, sekin yuradigan mashinalar va avtopoyezdlarning pereezddan o’tishi har bir alohida holda faqat yo’l distansiyasi boshlig’ining ruxsati bilan yo’l ustasi yoki yo’l brigadirining kuzatuvi ostida, elektrlashtirilgan uchastkalarda tashilayotgan yukning balandligi 4,5 metrdan ortiq bo’lgan paytda, shuningdek, elektr ta’minoti distansiyasi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi.
Kesishma bo’yicha navbatchi xodim pereezdda poyezdlar va transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlashi, shlagbaumni o’z vaqtida ochishi va yopishi hamda belgilangan signallarni etkazishi, o’tayotgan poyezdlarning holatini kuzatishi lozim. Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi nosozlik aniqlangan hollarda poyezdni to’xtatish uchun chora ko’rishi, poyezdning oxirini belgilovchi signal bo’lmagan hollarda esa bu to’g’risida stansiya navbatchisiga, dispetcherlik markazlashtirish bilan jixozlangan uchastkalarda esa poyezd dispetcheriga xabar qilishi kerak.

Download 36.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling