Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO'LASH TO'G’RISIDAGI


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO'LASH TO'G’RISIDAGI 
ZAMONAVIY QONUNLAR 
Ishchi-hodim jarohatlansa va to'lov amalga oshirilishini talab qilsa, u avval, 
qoida bo'yicha, uch kundan o'n to'rt kungacha kutish davrini boshidan kechirishiga 
to'g’ri keladi. To'lov ish va oylik maosh yo'qotilgan kundan boshlab orqaga qaytib 
amalga oshirilishi yoki amalga oshirilmasligi ham mumkin. To'lov qilish 
boshlandi-mi, u oylik maoshning uchdan ikki qismi bilan cheklanadi yoki AQSH 
shtatiga bog’liq ravishda har oy uchun dollarlarda berilgan summa bilan 
cheklanadi. To'lov cheklangan vaqt oralig’igacha uzaytiriladi va maksimal pul 
summasini tashkil etadi. Hodimlar ma'lum vaqt oralig’ida ishsiz qolishlari sababli, 
ko'pincha turmush darajasining pasayishidan azob chekadilar, shunda sud jarayoni 
jozibali tanlov bo'lib tuyulishi mumkin. Agar ishchilarga oylik maoshiga teng 
miqdorda to'lov olishga ruhsat berilganda edi, bu ular ishga qaytmasligi uchun zo'r 
tashviq bo'lgan bo'lar edi. Hatto oylik maoshning uchdan ikki qismi to'langanda 
ham, ayrim hodimlar ishlamasdan to'lov olishni davom ettirish uchun o'zlarini 
kasalga solishlari mumkin. 
 
Jarohatlar quyidagi usullardan biri bilan tasniflanadi: 
Qisman: bunda hodim hali ham ishlashi mumkin, lekin jarohati tufayli 
barcha mehnat majburiyatlarini bajara olmaydi, bu ko'pincha barmoq sinishi yoki 
oyoq barmog’ining ajralishi kabi hollarda yuz beradi. 


59 
To'liq: bunda hodim mehnatga yoki ish joyida muhim majburiyatlarini 
bajarishga qobiliyatsiz bo'ladi, bu ko'pincha belning og’ir jarohatlanishi yoki ko'r 
bo'lib qolish kabi holllarda yuz beradi. 
• Vaqtincha: bunda hodim to'liq tiklanishi kerak, oyoq yoki qo'lning sinishi, 
paylarning shikastlanishi hollaridagi kabi. 
Doimiy: bunda hodim jarohat oqibatlaridan butun umr azob chekadi, 
chopilib ketgan qo'l yoki oyoq, ko'r bo'lib qolish yoki garang bo'lib qolish kabi 
hollar shular jumlasiga kiradi. 
Aniq hollar vaqtincha qisman, vaqtincha to'liq, doimiy qisman, doimiy to'liq 
deb tasniflanadi. Boshqa toifadagi to'lovlar ayrim jarohatlari bor hodimlar uchun 
qayta o'qitadigan undaydigan imtiyozlarnio'z ichiga oladi. Bunday to'lovlar 
cheklangan vaqt oralig’ida, jarohatlanganlarga qo'shimcha bilim olish yoki 
o'qishlariga yordam berish uchun to'lanadi. Kasbiy reabilitaciya hizmatlari to'liq 
mehnat qobiliyatini yo'qotganlik uchun doimiy to'lovga haqqi bor hodimlarga 
taklif etilishi mumkin va ular kasbiy reabilitatsiya dasturiga qatnashadilar. Ishlab 
chiqarishdagi bahtsiz hodisalarda halok bo'ladiganlar orasida tirik qolganlarga 
ham shuningdek to'lov huquqi taqdim etilishi mumkin. 
Hatto bir nechtagina ishchi-hodimlari bor kompaniyalar ham ishchi-
hodimlarga badal to'lash uchun sug’urtalashlari shart. AQSH ning ayrim shtatlari 
kompaniya hatto bir nafar qisman band hodim uchun ham to'lovlar qilinishini talab 
etadi. Tegishli moliyaviy resurslarga ega yirik kompaniya, o'z o'zini 
sug’urtalashdan kutiladigan zararni qoplashi uchun, sotil olinadigan ishchi-
hodimlarni sirtqi tashuvchidan badal to'lash uchun sug’urtalashga qo'yiladigan 
talabga bir nechta istisnolardan biri bo'lib hisoblanadi.

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling