Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLAR UCHUN ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TOLASH VA HISOB-KITOBNI YURITISH
- Tavakkalni qabul qilish
- O’rtoq-hizmatkor qoidasi
BIBLIOGRAFIYA Centers for Disease Control, www.cdc.gov/niosh/ (accessed December 12, 2002). Georgia Tech Research Institute. 1994, December 12-16. OSHA 501 Training. Atlanta, GA: Author. 56 3BOB ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLAR UCHUN ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO'LASH VA HISOB-KITOBNI YURITISH BOBNING MAQSADLARI: Ushbu bobni nihoyasiga etkazgach siz quyidagilarga ega bo'lasiz: · Ishchi-hodimlarga badal tushunchasini tushuntirib berish · Ishchi-hodimlarga badal to'lash evolyutsiyasini ta'riflash · Ishchi-hodimlarga badal to'lashga qo'yiladigan har hil talablarni ta'riflash · Ishchi-hodimlarga badal to'lash uchun normalar asosini tushuntirib berish · Asosiy yozuvlarni qo'llashga qo'yiladigan talablarni aniqlash MUAMMOLI VAZIYAT . Djo Derek ko'pincha ofisda nihoyasiga etkazishning iloji bo'lmagan ayrim detallarni nihoyasiga yetkazish uchun ishdan uyga olib ketadi. Garchi uning ish beruvchisi uyga ish olib ketishini hech qachon rag’batlantirgan bo'lmasa-da, u tajribasi oshayotganligini hisobga oladi va ish bajarilayotgani uchun minnatdor. Kunlardan bir kuni Djo ishdan uyga qaytayotganida avtomobil halokatida jarohatlanadi. Uning ish beruvchisi Djoning fayllari saqlanib qolganidan ajablanadi va unga ishchi-hodimlar uchun mo'ljallangan badal beriladi. ISHCHI-HODIMLARGA BADAL TO'LASH TO'G’RISIDAGI OLDINGI QONUNLAR Ish joyida bahtsiz hodisalarning qurbonlariga badal to'lashga bo'lgan dastlabki intilishlar Hammurapi Kodeksi zamoniga borib taqaladi. Hozirgi zamonlarda esa ish beruvchilarni hodimlar ishda olgan jarohatlari uchun haq to'lashga majbur qilishga urinishlar qilingan. Zamonaviyi bunday harakatlar Prussiya davrigacha kuzatiladi, u erda 1838 yilda temir yo'l ishchilariga, ular ishda olgan jarohatlar 57 uchun zararlarni undirishga ruhsat beradigan qonun qabul qilingan. 1884 yilda Otto fon Bismark dastlabki ishchilarga badal to'lash to'g’risidagi barcha nemis ishchi- hodimlari uchun harakatdagi qonunni kuchga kiritdi. Viskonsin 1911 yilda Qo'shma Shtatlarida dastlabki muvaffaqiyatli ishchilarga badal to'lash to'g’risida qonun qabul qildi. Ishchi-hodimlarga badal to'lash haqidagi qonunlar, ish beruvchini ishchilarga jarohatlari va yo'qotgan vaqti uchun pul to'lashga majbur qilib, ish joyidagi bahtsiz hodisalarning qurbonlariga badal to'lash uchun ishlab chiqilgan. Ishchilarga badal “hatosiz” sug’urta deb hisoblanadi. Ariza berilganida ish beruvchi yoki ishchi tomonidan nosozlikka yo'l qo'yilmaydi. Bu qonunlar qabul qilinguncha ishchi faqat fuqaroviy huquq, umumiy huquq shakliga muvofiq yordam so'rab ish beruvchiga nisbatan da'vo berishi mumkin edi.Umumiy huquqqonun chiqaruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan va kuchga kiritiladigan statut huquqidan farqli ravishda o'tmishdagi sud qarorlariga asoslangan yozilmagan qonunlar to'plamini o'zida namoyon etadi. Umumiy huquqning dastlabki da'volarida ish beruvchilar quyidagi mudofaa qobiliyatidan juda muvaffaqiyatli foydalandilar: • Tavakkalni qabul qilish. Hodimlar ish bilan bog’liq tavakkallarni o'z zimmasiga oladilar va shu tariqa jarohatlar uchun badal olishga har qanday huquqdan mahrum bo'ladilar. • Ehtiyotsizlik. Hodimlar hay darajada aybdor bo'lishlaridan qat'i nazar, o'z jarohatlariga o'zlari sababchi bo'lgani bois, ularga badalni qaytarishga ruhsat berilmaydi. • O’rtoq-hizmatkor qoidasi. Bahtsiz hodisa boshqa hodim yoki hodimlarning hatosi oqibatida yuz bergan bo'lsa, ish beruvchi aybdor hisoblanmaydi. Umumiy huquqning ushbu yuqoridagi uchta mudofaa qobiliyati ishchi- hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi qonunlar har bir shtatda kuchga kirganidan keyin bekor bo'ldi. Ish beruvchilar bu qonun hujjatlarini qabul qildilar, chunki badal to'play olish uchun, hodimlar o'zlarining da'vo berish huquqidan voz kechishlari kerak edi. Hodimlar ham bu qonun hujjatlarini qabul qildilar, chunki u badal to'plash uchun ish beruvchiga nisbatan da'vo berish talabini bekor qildi. 1948 yilga kelib har bir shtat ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risida qonun qabul qildi. O'sha qonunlar qabul qilinganida, ular “ishchilarga badal to'lash” haqidagi qonunlar deb atalar edi. Bugungi kunda ular “ishchi-hodimlarga badal to'lash” to’g’risidagi qonunlar deb ataladi. Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi qonunlar qabul qilinguncha, ishlab chiqarishning pol harajatlari ish beruvchilar tomonidan kiritilmas edi, lekin buning o'rniga ular hodim zimmasiga yuklangan edi. Arraning ochiq polotnosida qo'riqlashni ta'minlash bo'yicha oddiy muammoning echimini loyihalashtirish 58 o'rniga, ish beruvchi hodimga jarohatlanish tavakkalini ziimasiga olishga ruhsat berdi. Mashinalarni qo'riqlashdan ko'ra, hodimni almashtirish arzonroq edi. Ko'pchilik shtatlar qonunlarni bajaruvchi kompaniyalarga da'vo berishni taqiqlaydi, qasddan hujum qilishlar, va jarohatga olib kelishi so'zsiz bo'lgan o'ta havfli sharoitlar bundan mustasno. Bu qoida g’alabaning yutqiziqsiz vaziyati sifatida ishlaydi. Biroq, ayrim shtatlarda hodimlar ishchi-hodimlarga badal to'lash afzalliklarini to'plar va qonunlardagi imkonlar yordamida ish beruvchilarga nisbatan da'vo berishda muvaffaqiyatga erishar edilar. Muvaffaqiyatli misolga amal qilib, hodim shunchak ishchi-hodimlarga badal to'lash jamg’armasiga olgan afzalliklari uchun tovon to'laydi. Bu nisbatan yangi tajriba bo'lib, u achinuvchi jyurilar natijasi bo'lib hisoblanadi, chunki ular ko'p hollarda ish beruvchilar va ularning sug’urta kompaniyalarini naqd pulning tubsiz chegarasiz manbai deb tushunadilar. Bu ayrim hodimlar uchun jozibali mulohaza, chunki bo'nak to'lovi bilan to'lanadigan hech qanday harajat bo'lmaydi, va ular da'vo muvaffaqiyatli yakunlansa, mo'maygina daromad oladilar. Bunday munosabatlar ishchi- hodimlarga badal to'lash to'g’risida qonun hujjatlarining ruhini buzadi, lekin ayri shtatlardagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga hos kamchiliklarning natijasi bo'lib hisoblanadi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling