Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
O’lim holatlari
Agar ish joyida baxtsiz hodisa yuz bersa va uning natijasida ishchining o’limi yoki 3ta va undan ko’p ishchi (xodim)ning kasalxonaga tushib qolishi kuzatilsa, barcha ish beruvchilar 8soat davomida baxtsiz hodisa haqida OSHAning eng yaqin offisiga batafsil ma’lumotlarni yetkazishlari kerak(29SFR 1904.8). Ish beruvchi shaxsan OSHAning viloyat ofisiga yoki shtat ofisiga telefon orqali hisobot berishi kerak. Jamoatchilik yo’lida (shosse) yoki quruvchilik zonasida avtomobil avariyasi sodir bo’lsa, xabar berish shart emas. SHAXSIY HAYOT BEZOVTALIGI HOLATLARI Qoida bo’yicha ish beruvchi yaralangan (jarohat olgan) yoki kasal hodiminig shaxsiy hayotini himoya qilishi talab qilinadi. Ish beruvchi xodimning shaxsiy hayotidagi bezovtalik bo’yicha yoza turib, uning ismini OSHA 300 jurnaliga yozmasligi kerak. Ish beruvchi xodimlarning ishi va ismini alohida nomer bilan ro’yhat qilib, hukumat so’ragandagina unga taqdim qilishi kerak. Agar ish bilan bog’liq bo’lgan jarohat yoki kasallik jinsiy tajovuzga olib keladigan tananing intim qismini yoki ko’payish tizimini o’z ichiga olsa; psixik kasalliklarga olib kelsa; VICH-infeksiya, sariq kasalligi(gepatit), sil kasalligiga olib kelsa; birovning qoni yoki boshqa potensial yuqumli materiallar bilan ifloslangan ukol yoki o’tkir jarohatlar natijasida yoki boshqa kasalliklar va jarohatlarda xodim mustaqil ravishda va o’z ixtiyori bilan OSHA 300 jurnaliga uning ismi kiritilmasligini so’rasa, buni shaxsiy hayotining bezovtaligi hodisasi deb hisoblanadi. YILLIK YAKUNIY TALABLARNI JOYLASHTIRISH Yil oxirida ish beruvchilar jurnalning aniqligini tekshirishlari, jurnal 300dagi axborotlarni 300 A ma’lumot shaklida jamlab, ma’lumotlarni tasdiqlab, jurnalni ko’zdan kechirishlari shart.Kompaniya rahbari sertifikatga imzo chekishi kerak. Shunday tarzda axborotlar 1fevraldan 30 aprelgacha joylashtirilishi shart. Ish beruvchi calendar yili yopligandan keyin 5 yil davomida hisobga olish(uchyot) ni yuritishi kerak. Agar biznes sotilgan bo’lsa, hisobotlar ham yangi egasiga topshirilishi kerak. Agar ish beruvchi fevralgacha OSHA 300 ma’lumotlarini (svodka) e’lon qilmasa, yoki svodkani 3 oy davomida (maygachaa0 tasdiqlamasa yoki saqlab o’tirsa odatda sudga jiddiy chaqiruvlar bo’ladi. Bu qoidani buzganligi 67 uchuin muvofiqlashtirilmagan jarima 1000 $ni tashkil qiladi. Agar ma’lumot biror bir jarohat yoki kasallikni aks ettirmasa, sudga chaqiruv chiqarilmaydi. OSHA shaklining nushasi Amerika Mehnat vazirligidan yoki shtatning Mehnat Departamenti- OSH bo’limidan olinishi mumkin. Ular yana onlaynda www.osha.gov. manzilida bor. Shunday qilib, OSHA registratsiya va ro’yhatga kiritishga alohida ahamiyat beradi.Muvofiqlikni ta’minlash uchun mas’ul shaxs ish beruvchining OSHA № 300A nushasi borligini va uni e’lon qilganini va OSHA plakati ish joyida ko’rinarli joyda osib qo’ytilganligi haqidagi hisobotini tekshiradi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling