Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


  Yozib borilayotgan (qayd qilinayotgan) ishlab chiqarish jarohatlari


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

64 
Yozib borilayotgan (qayd qilinayotgan) ishlab chiqarish jarohatlari 
va kasalliklari 
 
Ish beruvchi axborotni olgandan keyin jarohat yoki kasallikni yozib qo’yish 
uchun 7 kun davomida OSHA 300 jurnalidagi va Xulosa Hisoboti 301 dagi har bir 
yozilayotgan jarohat yoki kasallikni o’qib, ko’zdan kechirishi lozim. 
Noto’g’ri sharoit va tartibsizliklar natijasida sodir bo’lgan jarohat va 
kasalliklar yozuvlarda qayd etiladi. Jarohatlar cheklanmagan hodisalarda sodir 
bo’ladi, masalan biror joyini kesib olish, sinish, paylarning cho’zilishi va 
amputatsiya. Kasalliklar o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin, ular 
cheklanmagan,teri kasalliklari, nafas olishning buzilishi yoki zaharlanish ham 
shular jumlasidandir. Jarohatlar agar yangi bo’lsa, ish bilan bog’liq bo’lgan 
hodisalar ham 1904 qism ro’yhatinig bitta yoki undan ko’p mezonlariga to’g’ri 
kelgandagina ro’yhatga kiritiladi. Jarohat bilan kasallik o’rtasidagi farq qanday 
hodisalar ro’yhatdan o’tkazilishini aniqlash uchun ortiq omil emas. 
Quyidagi bitta yoki undan ko’p holatlarga olib keladigan ish bilan bog’liq 
bo’lgan turli jarohat va kasalliklar ro’yhatdan o’tishi shart: 
 
-O’lim 
-Ishdan uzoqdagi kunlar 
-Cheklangan ish 
- Boshqa ishga o’tish 


65 
-Tez yordam ko’rsatilmagan davolash 
-Hushini yoqotish 
-Jiddiy jarohat yoki kasallik diagnozi 
 
Tez yordam holatlari 
 
Agar hodisa tez yordam bilan hal qilinsa, u ro’yhatga olinishi shart emas. 
Ro’yhatga olish maqsadida “tez yordam” faqatgina davo choralarini bildiradi 
(bu ro’yhatga kirmagan har qanday davolash ro’yhatni yuritish uchun tez 
yordam hisoblanmaydi): 
- Ko’p miqdorda retseptsiz sotiladigan dorilarning qo’llanilishi 
- qoqsholga qarshi emlashni o’tkazish 
- teri ustidagi yara(jarohatlar)ni tozalash, yuvish, nam tortishini kuzatish 
- bandajlar, leykoplastirlar, doka bog’ichlar va boshqalarning, yoki kapalak 
bandaj yoki steril taxta (tasma) lar kabi qoplamalarning qo’llanishi 
- issiq yoki sovuq terapiya (davolash muolajasi) ning o’tkazilishi(qo’llanishi) 
- mahkam qilib ushlab turadigan har qanday bo’lmagan vositalarning, masalan 
elastik bintlar, belni o’rab turadigan moslama(o’rov)lar, qattiq bo’lmagan orqa 
belbog’lar va boshqalar 
- baxtsiz hodisa qurboni bo’lgan ishchini vaqtinchalik immobilizatsion qurilmalar 
yordamida tashish 
- pufakdagi suyuqlikning quritish yoki bosimini pasaytirish uchun qo’l yoki oyoq 
tirnog’ini parmalash(olib tashlash) 
- ko’z bog’ichlarining qo’llanishi
- ko’zga kirgan yot jismni olib tashlashda yuvish (sprinsivaniye) yoki paxta 
tampondan foydalanish 
- ko’zdan tashqari boshqa organlardagi oskolka yoki yot jismni olib tashlashda 
yuvishdan, pinsetdan, paxta tampondan yoki boshqa oddiy vositalardan 
foydalanish 
- barmoq himoyalovchilarini qo’llash 
- massajlardan foydalanish 


66 
- issiqlik urishini yengillashtirish uchun ko’p suyuqlik ichish 
Yozuvlarni kiritish maqsadida davolash shifokor yoki sog’liqni saqlashning 
litsenziyali boshqa mutaxassisining faqatgina ko’rib qo’yishi va tavfsiyalari uchun 
qabuliga kirishini o’z ichiga olmaydi. Shuningdek rentgen, qon tahlili kabi 
diagnastik muolajalar, faqatgina diagnostic maqsadlarda ishlatiladigan retsept 
bo’yicha beriladigan dorilar(masalan ko’z qorachig’ini kengaytiradigan ko’z 
tomchilari) han\mda tez yordam ro’yhatida bor har qanday davolash ro’yhatga 
kiritilmaydi.(www.OSHA.gov) 

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling