Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
Muammoli vaziyat
Larri Vilsonning o’g’li motosikl ishtirokidagi avariyada qo’rqinchli tarzda kuyib ketdi. Larri ishlab chiqaruvchiga da’vo qilmoqchi bo’ldi, sug’urta qilinmagan meditsina hisobi, o’g’lining og’riq va azoblari, uni parvarishlash uchun kelajakda kutilayotgan xarajatlar uchun kompensatsiya berishadimi, shuni bilmoqchi bo’ldi. Bu hodisa yuzasidan sudga oshirilmasdan oldin kompaniya bu ishni 750000$ga hal qildi. Jinoiy ishda odatda odam qonunni buzsa, aybdorlik isbotlanmaguncha tomon aybsiz hisoblanadi.Ushbu hodisaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulot sifati uchun javobgarlik holatida dalillar ustunligi asosida tomon yengib chiqadi yoki yengiladi. Bunda tomonlar aybi katta ayamiyatga ega emas. Agar tomonlar shartlar asosida kelishuvga erishishni xohlasalar, tomon eng ishonarli argumentlar bilan yutib chiqadi. Hodisaning bunday turi uchun odatda suddan oldin kelishmoq kerak. U holda qo’shimcha yuridik xarajatlar tejaladi. Biroq, tomonlarning har biri tavakkal qiladi, chunki kompaniya yoki odam hal qilishi uchun moliyaviy jihatdan ko’proq ta’minlangan bo’lishi mumkin.Bu kabi ko’pgina shunday hodisalar hay’atda ko’rib chiqilishi kerak. Haqiqatda, bu hodisaning qiziq va kinoyali qismi baxtsiz hodisaning atrofidagi holat edi.Uilson o’sha kuni qo’shnisidan 15 $ ga motosikl sotib oldi. U 70 motosiklni uyiga olib bordi va yerto’laga surib kirdi. Keyingi safar u motosikl haqida o’ylaganida, yerto’ladan baqirgan ovozni eshitdi, yerto’la polida yotgan olovning ichida qolgan o’g’lini topdi. Javobgar advokatlarining navbatdagi tergovi shuni aniqladiki, Uilson motosiklni sotib olganda, benzin bakining qopqog’i yo’q edi. Shunga qaramay, u uni suv isitkich yonida saqlab qolgan edi. U o’g’lini ogohlantirish uchun hech qanday harakat qilmadi qadam tashlamadi, shu bilan birga u bolaga motosikl bilan o’ynashishga ruhsat ham bermadi. O’g’li motosiklni yurg’izish uchun uni urdi shunda o’zi otilib ketdi. Himoya advokatlari to’kilgan gaz qo’shni suv isitkich bilan yondirilgan deb o’ylashdi. Bola motosikl og’irligi ostida azoblanib yotardi. Bundan tashqari, motosikldan otilib chiqqan gazning tashqariga chiqishi uchun eshiklar ochiq emas edi. Motosikllarni ishlab chiqaruvchining yuriskonsult bilan birga ko’pchilik hodisaga jalb etilganlar ishlab chiqaruvchida javobgarlik yo’q deb taxmin qilishdi.Agar xohlagan odamga da’vo qilinsa, u ham bo’lsa, motosiklni gaz probkasisiz sotgan qo’shni bo’lishi kerak.Hodisa sinovlarga yetib keldi, biroq ishlab chiqaruvchi dalillar bilan isbotlashga qaror qildi. Kompaniya menejerlari va himoya advokatlari hodisa sudga jo’natilishi bilan, hay’at Uilson oilasiga katta naqd pul berish haqida hukm chiqarishlari mumkin edi, deb o’ylashdi. Hatto shunda ham dalillar ustunligi Uilsonni quvvatlantirmadi.Hay’at ko’pincha xatoga bog’liq bo’lmagan holda jarohat olgan kimsalarninng og’ir vaziyatlariga hamdardlik bildiradi. Ular ishlab chiqaruvchida chek- chegarasi yo’q mablag’lar va da’vo qilayotgan jarohat olayotgan kimsalar esa ozgina pul boyliklariga egadirlar, deb his qilishlari mumkin. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi ishni sudga oshirmasdan oldin hal qildi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling