Nizomiy nomidagi tdpu pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 304-guruh talabasi Xo’jaaxmedov Jasurbekning Psixologik xizmat fanidan bajargan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti
Download 172.09 Kb.
|
Xojaaxmedov.J ps xiz slay
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Psixologik xizmatning ilmiy-amaliy asoslari.
Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 304-guruh talabasi Xo’jaaxmedov Jasurbekning Psixologik xizmat fanidan bajargan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti.Mavzu: O’zbekistonda psixologik xizmatni rivojlanishi.Reja:1.O’zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishi.2. Psixologik xizmatning ilmiy-amaliy asoslari.3.Psixologik xizmatning tashkiliy faoliyat asoslari.Barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi Oʼzbekistonda ham psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini oʼrganish, tahlil va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlar koʼlamiga maʼlum tartibda baho bermay turib, Oʼzbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr- mulohaza yuritib boʼlmaydi. Oʼzbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedalogiya fani va pedalogik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Аrxivdan olingan maʼlumotlarga qaraganda, mazkur yillarda taʼlim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish oʼquvchi va oʼqituvchi faoliyati bilan bogʼliq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, oʼsha davrdagi Sobiq ittifoq mafkurasi va Xalq taʼlimi oʼrtasida paydo boʼlgan ayrim obʼektiv va subʼektiv ziddiyatlar oqimi umumtaʼlim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedalogik xizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yoʼqqa chiqardi Natijada, pedagogik psixologiya yoʼli bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday boʼlsa-da, Oʼzbekistondagi umumtaʼlim tizimi bilan bogʼliq izlanishlar va psixologik tadqiqotlar toʼxtab qolgani yoʼq. Аyniqsa, P.I.Ivanov, V.E.Chudnovskiy, M.G.Davletshin, M.Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun maʼlum darajada asos boʼlib keldi. Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bogʼliq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi.Shuningdek, 60-70 yillarda Oʼzbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.А.Tokar-eva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini oʼrganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Аyniqsa, 1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid, 1973 yilda Аndijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.А.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin (bu haqdagi batafsil maʼlumotlarni OʼzPFITI Аrxivida saqlanuvchi shu yillardagi hisobotlar hujjatidan olish mumkin). Binobarin, mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy islohot-larning samarali boʼlishini taʼminlash, ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha boʼgʼinlarida inson omilidan foydalanish, har bir shaxs imkoniyatlarini toʼla-toʼkis yuzaga chiqarish masalasi Oʼzbekiston psixologlari oldiga psixologik xizmat bilan bogʼliq quyidagi vazifalarni amalga oshirish masʼuliyatini yukladi: –aholi oʼrtasida psixologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish; –har bir shaxs imkoniyatini jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni Oʼzbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnopsixologik tamoyillariga moslashtirilgan eng ilgʼor testlar, metodikalar asosida oʼrganish, tahlil qilish va bu borada tegishli xulosalar chiqarish; –xodimlarni tanlash va psixologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga yoʼnaltirishda maʼmuriy tashkilotlarga koʼmaklashish, shuningdek barcha boʼgʼindagi rahbar xodimlarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabiga mos psixologik savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli "ijtimoiy psixologiya" kurslarini tashkil etish; –fuqarolarning kasbiy yoʼnalishlarini aniqlash va mehnat birjalari faoliyatini rejalashtirishda faol yordam koʼrsatish; –qator yoʼnalishlarda aholiga sotsial-psixologik xizmat koʼrsatilishini taʼminlash: Jumladan; individual psixologik xizmat; ishlab chiqarish va mehnat jamoalariga psixologik xizmat; oilaviy hayot tizimida psixologik xizmat; xalq taʼlimi tizimida psixologik xizmat; ichki ishlar tizimida psixologik xizmat; sport va sogʼlomlashtirish tizimlarida psixologik xizmat; tibbiyot tizimida psixologik xizmat; transport tizimida psixologik xizmat. Download 172.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling