Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfsizlik mutaxassisi ayblash uchun joy
Manbalar
Brauer, Roger L. 1990. Safety and Health for Engineers. New York: Van Nostrand Reinhold. Bureau of National Affairs. 1973. The Consumer Product Safety Act: Text, Analysis, Legislative History. Washington, DC: Author. Colangelo, V. J. and Thornton, P. A. 1981. Engineering Aspects of Product Liability. Metals Park, OH: American Society for Metals. Hammer, W. 1972. Handbook of System and Product Safety. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall. Seiden, R. M. 1984. Product Safety Engineering for Managers: A Practical Handbook and Guide. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall. 81 5BOB HODISA SABABLARI VA ULARNI TEKSHIRISH: NAZARIYA VA QO’LLANILISHI Bob maqsadlari Ushbu bob tugaganidan so'ng siz quyidagilarga ega bo'lasiz: • Hodisa sabablari nazariyasini tushunish foydasini tushuntirib berish • Hodisa sabablari nazariyasi bilan bog'liq atamashunoslikni aniqlash • Xavfni baholashda ishtirok etadigan faoliyatlarni aniqlash • Turli hodisa sabablari nazariyalarini solishtirish va farqlash • Hodisaning tergov maqsadini tushuntirish • Hodisa tergoviga jalb qilingan bosqichlarni sanab chiqish Kirish Ish joyidagi xatar oldini olish, aniqlash, baholash va boshqarishda yordam qilishni nazorat qilish xavfsizlik va sog'liqni saqlash mutaxassislari mas'uldirlar. Majburiyatlari ob'ektlarda yuzlashiladigan xatarlar bo’yicha boshqarish guruhiga maslahat berishni o'z ichiga oladi. Mutaxassis keyin yo'qotishlar sodir bo’lishidan avval xavflar bilan bog'liq xatarlarni bartaraf etish uchun boshqaruvni chaqirtiradi. Hodisa sabablari nazariyasini bilish mutaxassisga tashkiliy xavfsizlik muammolari bo'yicha axborotni yana puxta eslab qolish va muloqot qilish imkonini beradi. Xavfsizlik va sog'liqni saqlash bo’yicha kam tajribaga ega xodimlar tsexda moy oqib tushayotgan dastgoh yonida yurib, yaqinlashayotgan xavfni anglashi mumkin. Birmuncha tajribali mutaxassislarda esa bir necha savollar paydo bo’ladi: • Moy qanday xususiyatlarga ega? • Ushbu moyda yong'in xavfi bormi? • U salomatlik uchun xavfli emasmi? • Operatorlar qanday qilib oqishlarni bartaraf etishadi? • Sog'liqni saqlash xavfini bartaraf etish uchun eritgich ishlatiladimi? • Ushbu mahsulotlardan foydalanish uchun xavf-hatar aloqa dasturlari, treyning va shaxsiy himoya uskunalari zarur bo'ladimi? 82 • Xavflilik darajasi kamroq bo’lgan moylar va eritmalar o’rnini bosuvchi sifatida e’tirof etiladimi? Presslaydigan dastgoh himoyalanganmi? • Presslaydigan dastgohning ishlashi bilan bog'liq takrorlanadigan harakat yoki boshqa ergonomik xavf bormi? Beriladigan savollar ro’yhatini ushbu oddiy misolda berilgan bir necha signallardan kelib chiqib, yanada kengaytirish mumkin. Mavjud qo'shimcha ma'lumot va tajriba ko’proq bo’lsa, xavfsizlik va sog'liqni saqlash xavfi shunchalik ko'proq oldindan ko’rinishi va tan olinishi mumkin. Hodisa sabablari bilan bog’liq oddiydan murakkabigacha bo’lgan ko'p nazariyalar mavjud. Ba'zilar xodimlar va ularning harakatlari yoki harakatsizligi baxtsiz hodisalarga qanday hissa qo’shishiga e'tibor berishadi. Boshqalar esa boshqaruv va uning baxtsiz hodisalarga olib boradigan vaziyatlarni oldini olish majburiyatlariga e’tibor qaratishadi. Nazariyalar- bu faktlar emas; ular - kelajakda mavjud bo'lishi mumkin munosabatlarni oldindan bashorat qilish vositalari. Baxtsiz hodisalar tasodifan paydo bo’ladigan voqealar emas, balki ular muayyan sabablarga egadirlar. Ular tasodifiy voqealar emas; ular, odatda, oldindan va oldini olish mumkin bo'ladigan voqealardir. Bir yoki bir necha nazariyalarni qo'llash orqali mutaxassis baxtsiz hodisalarni oldindan bashorat qilishi va ularning yuzaga kelishini yoki takrorlanishini oldini oladigan harakatlarni boshlash ehtimoli ko'proq bo'ladi. Baxtsiz hodisalar tizim kamchiliklari yoki tashkilotning boshqaruv muammolarini ko’rsatib beradi. Boshqaruv tizimi baxtsiz hodisalar atrofidagi barcha o'zgaruvchilarni nazorat qiladi. U ish muhitini yaratadi. U e’lonlar joylashtiradi, ishga yollaydi, joylashtiradi, o’qitadi va ishchilarni nazorat qiladi. Boshqaruv tizimi bajarilishi kerak bo’lgan ish uchun mukofotlaydi va tartibi buzilganda jazolaydi. Agar ishchi halokatli xato qilsa, OSHA ham, sud ham, ehtimol, boshqaruv sistemasini javobgar qiladi. Jamoatchilik fikri baxtsiz voqea sodir bo'lgan vaziyatlarda kamdan-kam hollarda boshqaruv tizimiga yon bosadi. Baxtsiz voqea tekshiruvida boshqaruv tizimi xodimni aybdor qilishi mumkin. Bu ko’pincha uchuvchi xato sindromi deb ataladi; boshqacha qilib aytganda, uchuvchi o'lganligi, yarador bo’lganligi yoki zaif va o’zini himoya qila olmaydigan deb hisoblangani uchun ayblanadi. Xavfsizlik mutaxassisi ayblash uchun joy Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling