Mehnat resruslarining shakllanishi va ulradan foydalanish muammolari


-mavzu.Korxonada qo‘llanilayotgan mukofotlash tizimining tahlili va uni takomillashtirish


Download 103.85 Kb.
bet19/23
Sana09.11.2023
Hajmi103.85 Kb.
#1759847
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
mexnat iqtisodiyoti

18-mavzu.Korxonada qo‘llanilayotgan mukofotlash tizimining tahlili va uni takomillashtirish.

Xodimlar olishi mumkin bo‘lgan mukofotlar rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi turlarga bo‘linadi. Soliq kodeksining 372-moddasiga binoan rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlarga quyidagilar kiradi. yillik ish yakunlari bo‘yicha pul mukofoti; kasb mahorati, murabbiylik uchun ustamalar; ta'tilga qo‘shimcha haqlar va moddiy yordam; ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti; mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar. Rag‘batlantiruvchi mukofotlar korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan. Shu bilan birga, qo‘llab-quvvatlovchi mukofotlar ishdagi yutuqlar uchun xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimidan tashqari to‘lanadi (Mehnat kodeksining 180-moddasi). Demak, oylik ish haqi, mukofotlar, ustamalar va to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa barcha turdagi rag‘batlantirish jamoa shartnomasi yoki boshqa mahalliy hujjatlar bilan tartibga solinadi.


Oʻzbekiston Respublikasi da pul va natura koʻrinishidagi, yakka shaxslarga yoki jamoaga beriladigan M.lar mavjud. M.lar oʻzining darajasiga koʻra: davlat M.lari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining M.lari, korxona, muassasalarning oʻz xodimlariga beradigan M.lari, xalqaro M.larga; shakliga kura esa — ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, qimmatbaho sovrinlar, pul M.lari va boshqalarga boʻlinadi.
Davlat M.lari fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, fantexnika, sanʼat va adabiyot hamda boshqa soqalarda ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritganligi, taraqqiyotga katta hissa qoʻshganligini rasman eʼtirof etilishini bildiradi. Davlat M.larining turlari, takdirlanish shartlari, tartiblari qonunlar va boshqa rasmiy hujjatlarda belgilab qoʻyiladi. Oʻzbekistonda fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Raphon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, badiiy ijod sohasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, tasviriy va amaliy sanʼat, xalq hunarmandchiligi soxasida Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, adabiyot va sanʼat sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. "Davlat mukofotlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1995 yil 22 dekabr)ga koʻra, "Oʻzbekiston Hahramoni" unvoni, Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari, faxriy unvonlari va Faxriy yorligʻi davlat M.lari hisoblanadi (qarangOʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, Faxriy unvonlar).
Ayrim shaxslarni jamiyat hayotidagi salmoqli hissasini taqdirlash maqsadida Jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining M.i ham taʼsis etiladi (mas, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, rassomlar uyushmasi yoki b. jamoat birlashmalarining M.lari).
Korxona, muassasalarning oʻz xodimlariga beradigan M.lari — mehnat intizomkpch mustahkamlashning asosiy h^kuqiy usullaridan hisoblanadi. Korxonada xodimlarni M.lash ichki mehnat tartibi qoidalari, M.lashga oid ichki nizomlar, boshqa lokal meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. U moddiy va maʼnaviy tusda boʻladi. Moddiy yoʻsindagi M.lar jumlasiga qimmatbaho buyum bilan yoki pul koʻrinishida beriladigan M.lar kiradi. Pul M.i korxonada ish qaqi toʻlash tizimida nazarda tutilgan (ish natijasiga koʻra muntazam berib boriladigan) va ish haqi tizimida nazarda tutilmagan (bir martalik) M.larga boʻlinadi. Ish haqi toʻlash tizimida nazarda tutilgan (shu jumladan, korxona yillik ish natijalariga koʻra tulanadigan "oʻn uchinchi" va hatto "oʻn toʻrtinchi" oylik deb ataluvchi) M.larni berish mezonlari, shartlari, tartiblari korxonaning bevosita oʻzida ish beruvchi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishib tasdikdanadigan ichki meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Korxonalarda tashakkur eʼlon qilish, hurmat kitobiga nomini yozish, korxona faxriy unvonlarini berish va h.k. shakllardagi maʼnaviy ragʻbatlantirishlardan foydalanilishi mumkin. Xodimlarni mukofotlashda qar bir xodimning korxona yutugʻiga qoʻshgan qissasini alohida va munosib baholash ish samaradorligini oshirishga taʼsir qiladi
Mukofotlar to‘lash ko‘rsatkichlari va shartlari korxonadagi mukofotlash tizimidagi eng asosiy va zarur elementlar hisoblanadi. Xodimlarga mukofotlar to‘lash ko‘rsatkichlari soni har xil bo‘lishi mumkin. Asosiysi, korxonaning o‘zi, har bir alohida bo‘linma, bo‘lim yoki xodimlar guruhi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Quyida xodimning toifasiga qarab eng keng tarqalgan ko‘rsatkichlarni keltiramiz: Rahbar – butun korxona ish natijalari uchun; Ma'muriy va boshqaruv xodimlari – boshqaruv apparati har bir alohida bo‘linmasi faoliyatini hisobga olgan holda korxona faoliyati natijalari uchun; Ayrim bo‘limlar yoki sexlar xodimlari – xodimning o‘ziga xos mehnat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda bo‘linmalarning ish natijalari uchun (umuman butun korxona ko‘rsatkichlaridan qat'i nazar). Mukofotlash shartlari nazorat funksiyasini bajaradi va mukofotlar to‘lanadigan ko‘rsatkichlar xodimning qolgan faoliyatidan ajralmasligi uchun zarur bo‘lib, u mukofotlarni to‘lashda hisobga olinmaydi. Agar xodim mukofotlash shartlarini bajarmasa yoki ularni qisman bajarsa, u holda u kamroq miqdorda mukofot oladi yoki umuman uni olmaydi. Misol uchun, mukofot quyidagi hollarda kamayishi mumkin: lavozim majburiyatlarini sifatli bajarmasa; vazifani topshirish muddatini buzsa; nosoz mahsulot chiqarsa; mehnat intizomini buzsa va hokazo.



Download 103.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling