Mehnat resruslarining shakllanishi va ulradan foydalanish muammolari
-mavzu. Xorijda ish xaqini tashkil etish
Download 103.85 Kb.
|
mexnat iqtisodiyoti
20-mavzu. Xorijda ish xaqini tashkil etish.
Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ish haqining xilma-xil tizimlari qo’llaniladi. Bu tizimlarning hammasi mehnatga haq to’lashning keng tarqalgan asosiy ikki turi-ishbay va vaqtbay haq to’lashga asoslanadi. Ishbay haq to’lash shakli yaqin o’tmishda ham ko’pgina korxonalarda keng qo’llanib kelingan, u vaqtda mashina-qo’l mehnati va qo’l mehnati ustunroq bo’ladi. Xuddi shu davrda mehnatni normallash keng joriy qilinib, normalarning ancha zo’r berishni talab qiladigan mashhur Teylor tizimi vujudga kelgandi. Biroq, sanoatda ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va ayniqsa, avtomatlashtirishning rivojlanib borishiga ko’ra ish haqini tashkil etishning ishbay shakli asta-sekin o’rnini vaqtbay shaklga bo’shatib bera boshladi. Hozirgi vaqtda mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli va uning tarkibiga kiruvchi vaqtbay–mukofotli shaklining salmog’i AQShda qariyb 70%, Buyuk Britaniyada taxminan 60%, Frantsiyada 80%ni tashkil etadi.Ishchilar mehnatiga haq to’lashning xorijdagi asosiy tizimlarini tarixiy izchillikda quyidagi guruhlarga kiritish mumkin. Ana shunday tizimlarning birinchisi mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi bo’lib, uni mashhur muhandis-tashkilotchi F.Teylor asrimiz boshlarida ishlab chiqqan. Bu tizimga ko’ra, haq to’lashning oddiy ishbay shaklidan farqli o’laroq, texnikaviy jihatdan asoslangan ishlab chiqarish normalarini uddalagan ishchilar mehnatiga oshirilgan tarif stavkalari asosida haq to’langan. Bu normalar bajarilmagan taqdirda tarif stavkasi birmuncha kamaytirilgan. Ko’rinib turibdiki, Teylor tizimi ishchilarda mehnat unumdorligini oshirishdan jiddiy moddiy manfaatdorlikni vujudga keltiradi, shu bilan birga, mazkur tizim mahsulot ishlab chiqarishning ancha qattiq jiddiy normalariga asoslangan bo’lib, ularni faqat malakali va tinimsiz ishlaydigan ishchilargina uzlkusiz mehnat jarayoni sharoitida oshirib bajarilishi mumkin. Teylor tizimi va uning o’zgartirilgan shakllaridan, faqat AQShda emas, balki bir qator iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham keng qo’llaniladi. Bu tizim asosida amerikalik olimlardan - K.Bart va D.Merriklar mehnatni normalashning murakkab tizimini va unga mos keladigan rag’batlantirish tizimini ishlab chiqdilar. Ishbay-mukofotli bo’lgan va ko’p jihatdan : Teylor tizimiga o’xshash bo’lgan Bart-Merrikning mukofotlash tizimida nazarda tutilishicha, kam va o’rtacha malakaga ega bo’lgan ishchilar normalarni 60-80% atrofida bajaradi. Normalarning 83-100% oralig’ida bajarilishi moddiy rag’batlantirishga arziydigan yutuq hisoblanadi. Normalarning 100% dan oshirib bajarilishi hisob-kitob stavkasini 20% oshirish bilan rag’batlantiriladi, tegishli ravishda ishbay ish narxlari ham qayta ko’rib chiqiladi va ish haqi ham sezilarli ravishda ortadi. Bart-Merrik tizimida yana bir o’ziga xos qat’iy shart bo’lib, normani 60% bajarish quyi chegara hisoblanadi, bundan chetga chiqish ishchini yetarli malakaga ega bo’lmagan yoki muayyan mehnat vazifasini bajarishga layoqatsiz sifatida ishdan bo’shatishga olib keladi. Bu shart shartnoma-kontrakt tuzish chog’ida ishchiga ma’lum qilinadi.Teylor va Bart-Merrik tizimining umumiy xususiyatlarini o’zida mujassam etgan Gant tizimi AQShda keng tarqalgan tizim hisoblanadi. U mehnat vaqtbay va ishbay haq to’lash shakllarining qo’shilishdan iborat bo’lib, unda mehnatga haq to’lash tizimi shartlari nazarda tutiladi: -mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy asoslangan tig’iz normasi 100% gacha bajarilganda, mehnatga haq to’lash vaqtbay asosida, soatlik tarif stavkalari bo’yicha ishbay hisob-kitob stavkalariga nisbatan 10-15% kamaytirilgan holda amalga oshiriladi; -mahsulot ishlab chiqarish normalari 100 va undan yuqori foiz bajarilganda mehnatga mahsulot birligi va ish birligi uchun belgilangan narxlar asosida ishbay haq to’lanib, bu narxlar to’liq ishbay hisob-kitob stavkalari asosida hisoblanadi (ya’ni vaqtbay haq to’lashga nisbatan 10-15% yuqori stavkalar bo’yicha); -alohida aniq va mas’uliyatli ishlarni bajarganlik uchun hisob-kitob stavkalari 40% gacha oshirilishi mumkin. Amerikadagi haq to’lashning asosiy tizimlari o’zining barcha o’zgarishlari bilan Yevropaning bir qator rivojlangan davlatlarida ham tatbiq etilgan. Buyuk Britaniyada qo’llaniladigan Atkinson va Ellingxemning haq to’lash tizimlarida Gant tizimi qoidalari o’zlashtirilgan bo’lib, faqat mehnatga haq to’lash mezonlari va shartlari turlichadir. “Atkinson tizimi bo’yicha mehnatga vaqtbay haq to’lashda texnikaviy asoslangan tig’iz normalarning 75% gacha bajarilishi nazarda tutiladi. Normani 100% qilib bajargan ishchi 105% ishbay haq, 138% vaqtbay stavka oladi. So’ngra belgilangan norma oshirib bajarilganda rag’batlantirishning boshqa shkalasi tatbiq etiladi. Normani oshirib bajarishning har bir foizi uchun hisob-kitob tarif stavkalarini 5%gacha oshirishni nazarda tutadi. Masalan, normalar 110% (10x5); 115% bajarilganda-75% (15x5), 120% bajarilganda-ikki baravar ko’paytiriladi. Ellingxem tizimi ko’p jihatdan Atkinson tizimiga o’xshaydi, lekin undan to’lovlari, ustama haqlari va ayrim rag’batlantirish shartlari bilan farq qiladi. Bu tizimga muvofiq, mehnatga vaqtbay haq to’lash ishlab chiqarish normalari 80% gacha bajarilganda amalga oshiriladi. Ishchi belgilangan normani 100% qilib bajarganda, mehnatga haq to’lash ishbay ishlovchining to’liq stavkasi bo’yicha amalga oshiriladi va bundan tashqari bu stavkaning 80% miqdorida ustama haq to’lanadi. Ellingxem tizimida belgilangan normalar 100% dan oshirib bajarilgan taqdirda, mehnatga haq to’lashning ikkinchi, ortib boruvchi shkalasi amal qiladi, uning shartlariga muvofiq, ishbay ishlovchilarning hisob-kitob stavkalari oshirib bajarilgan normaning har bir foizi uchun taxminan 2,5% oshiriladi. Masalan, norma 10% oshirib bajarilganda stavka hisob-kitob stavkasidan 35% yuqori (10-10x25) bo’ladi, agar norma 20% oshirib ado etilsa, stavka 60% (10-20x2,5) ko’paytiriladi. Biroq, shu narsani yana bir bor ta’kidlash joizki, Atkinson tizimida ham, Ellingxem tizimida ham, Teylordan keyingi barcha haq to’lash tizimlarida bo’lganidek, nihoyatda tig’iz (jiddiy) normalar tatbiq etiladi, ularni, faqat yetarli malakaga ega bo’lgan xodimlargina bajara oladi, oshirib bajarishni eng katta tajribaga ega bo’lgan ayrim ishchilargina uddalay oladi. Ish haqi kamida har yarim oyda bir marta, ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar boshqacha bo’lishi ham mumkin. Ish haqi to’lashning avans avans va avanssiz tartibi mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Avans miqdori ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida kelishuv asosida belgilanadi. Download 103.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling