Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari
Iqtisodiy o'sishni ta'minlashda yoshlarni ish bilan ta`minlashning iqtisodiy mexanizmi
Download 289.73 Kb.
|
Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammo-fayllar.org
19.Iqtisodiy o'sishni ta'minlashda yoshlarni ish bilan ta`minlashning iqtisodiy mexanizmi.
Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi: • Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish. • Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi. Yuqoridagi ta’rifl arni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi. Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi. O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Shu ayonki, har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi. Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi. Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo’q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o’sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi. Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati; YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati; YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati; Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. 70 qoidasi deb nomlangan matematikya qinlashivi iqtisodiy o’sishning miqdoriy jihatdan tushunishga yordam beradi. Bundan foydalanib, yillik o’sish foizi berilgan bo’lsa, biror o’lchamni ikki baravar oshishiga olib keladigan yilla sonini 70 soniga bo’lish orqali topish mumkin. Iqtisodiy o’sish modellari va omillari Iqtisodiy o’sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funktsiyasi» kabi mahsulot chiqarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o’sishning ko’pchilik modellarida ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L) va kapital (K) miqdorining o’zgarishi bilan bog’lanadi Iqtisodiy o’sish modellari: Kengaytirilgan Jami Talab Jami Taklif Modeli Quyidagi rasmda biz jami talab – jami taklif modelidan AQSh iqtisodiy o’sishini ko’rsatish uchun foydalandik. (Model qisqa muddatli va uzoq muddatli jami taklif o’rtasidagi farqni ko’rsatish uchun kengaytirilgan). Deylik iqtisodning jami talab egri chizig`i, uzoq muddatli jami taklif egri chizig`I va qisqa muddatli jami taklif egri chizig`I boshida AD1, ASLR1 va AS1ko’rsatilganidek. Narx darajasi muvozanati va real ishlab chiqarish darajasi P1 va Q1 . P1 narx darajasida qisqa muddatli jami taklif AS1 ; u tepaga bukilgan chunki qisqa muddatda narx darajasidagi o’zgarishlar korxonalarni ularning ishlab chiqarishlarini o’zgartirishlariga sabab bo’ladi. Uzoq muddatli istiqbolda lekin narx darajalaridagi o’zgarish iqtisodning real ishlab chiqarishiga ta’sir qilmaydi, uzoq muddatli jami taklifni iqtisodning potensial ishlab chiqarish darajasida Q1 da vertikal qoldiradi. Bu potensial ishlab chiqarish darajasi oldinroq gaplashilgan taklif va samaradorlik omillariga bog’liq. Endi deylik taklif omillaridagi o’zgarishlar (manba va texnologiyalarning miqdori va sifat) uzoq muddatli jami taklif egri chizig`ini o’ngga ASLR1 dan ASLR2 ga suradi. Iqtisodning potensial ishlab chiqarishi real ishlab chiqarishning Q1 dan Q2 ga kengayishida ko’rsatilgandek o’sadi. Jami talabdagi o’zgarishlarsiz va uzoq muddatli jami taklifda ASLR1 dan ASLR2 ga o’sadi, real YIMni kengaytiradi va narx darjasini pastaytiradi. AQShdagi o’sishni jami talab – jami taklif modeli orqali ko’rsatadi. Uzoq muddatli jami taklif va qisqa muddatli jami taklif vaqt o’tishi bilan ASLR1 dan ASLR2 ga va AS1 dan AS2 ga kabi o’sdi. Shu vaqtning o’zida jami talab o’ngga AD1 dan AD2 ga surildi. Bu birlashgan surilishlarning real natijasi real ishlab chiqarishdagi Q1 dan Q2 ga o’sish ko’rinishida ko‘rsatilgan iqtisodiy o’sish bo’ldi, shu bilan birga narx darajasida P1 dan P2 ga o’sish xolatida ko’rsatilgan past inflyatsiya bo’ldi1. 2. E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud bo’lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va maµsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Unga ko’ra investitsiyalarning o’sish sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko’payishining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. 3. R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o’sish sur’ati tushunchasi kiritiladi. Bu faol aµoli soni ko’payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o’sish sur’ati bo’lib, u mehnat va kapital omillarining to’liі bandligini ta’minlaydi. 4. R.Solou modeli - Ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rnini bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish miqiyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi, investitsion lagning mavjud emasligi hisoblanadi. Iqtisodiy o’sishning 6 asosiy elementlari mavjud. Biz ularni taklif, talab va samaradorlik omillari sifatida guruhlashimiz mumkin. Taklif Omillari Iqtisodiy o’sishning 4 omili iqtisodning jismoniy kengayish obiliyatiga bog’liq. Ular: • Tabiy manbalarning miqdori vasifatining ko’tarilishi. • Ishchi kuchidagi miqdoriy va sifat o’sishi. • Kapital resurslar ta’minotidagi o’sish. • Texnologiyalarning yaxshilanishi. Bu taklif omillari – ishlab chiqarishning jismoniy va texnik omillardagi o’zgarishlar–iqtisodning potensial YIMni kengaytirish imkoniyatini beradi. Talab Omili Iqtisodiy o’sishning beshinchi elementi bu talab omilidir: • Taklif omillari, xo’jaliklar, tadbirkorlar tomonidan yaratilgan yuqori ishlab chiqarish potensialiga yetish va hukumat iqtisodning kengayib borayotgan maxsulotlari va xizmatlarini sotib olishi kerak. Bu yuzaga kelganda material zaxiralar va manbalarda rejalashtirilmagan o’sish bo’lmaydi va to’liq bandlik saqlanib qoladi. Iqtisodiy o’sish kengaygan ishlab chiqarish imkoniyatlari tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish foydalarini amalga oshirishda umumiy chiqimlar o’sishini talab etadi. Samaradorlik Omili Iqtisodiy o’sishning 6 elementi samaradorlik omili: • Ishlab chiqarish potensialiga yetish uchun iqtisod iqtisodiy samaradorlikka to’liq bandlik kabi yetishi kerak. Odamlarning yaxshi xayotini maksimallovchi maxsulot va xizmatlar aniq birlashmasini ishlab chiqishda iqtisod o’zining manbalarini eng pastt chiqimli yo’l bilan ishlatishi kerak (ishlab chiqarish samaradorligi) (tarqatma samaradorlik). Ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati mavjud manbalardan foydalanish bilan birgalikda maksimal o’sish imkoniyatlariga yetish uchun yetarli emas. Bundan tashqai talab etilgani bu manbalarning foydalanilshi samaradorligi. Iqtisodiy o’sishdagi taklif, talab va samaradorlik omillari bir biri bilan bog’liq. Yetarli bo’lmagan chiqimlardan kelib chiqqan ishsizlik (talab omili) yangi kapital yig’ilish darajasini kamaytirishi mumkin (taklif omili) va tadqiqotlar uchun chiqimlarni kechiktirishi mumkin (taklif omili). Bunga qarama qarshi investitsiya uchun kam chiqimlar (taklif omili) samarasiz chiqimlarga (talab omili) va ishsizlikga sabab bo’lishi mumkin. Manbalardan foydalanishdagi keng tarqalgan samarasizlik (samaradorlik omili) xizmat va maxsulotlarning yuqoriroq narxlariga aylanishi va o’z o’rnida innovatsiyani pastaytiruvchi va kapital yig’imini kamaytiruvchi (taklif omili) foydani kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy o’sish dinamik jarayon bo’lib unda taklif, talab va samaradorlik omillari barchasi o’zaro aloqada bo’ladi2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: 1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 2) mehnat resurslari miqdori va sifati; 3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 1) Manbalar o’lchami va tarqalishi iqtisodi unumdorlik o’sishining uchinchi va to’rtinchi manbalari bo’lib birgalikda ishlab chiqarish o’sishining 15 foizini bildiradi. 2) Ta’lim Berish va Tayyorlash. Ben Franklin aytganidek “mutaxassislikka ega odam boylikka ega bo’ladi,” buning ma’nosi ilm va tayyorgarlik ishchi kuchi kapital zaxirasiga hissa qo’shsa bilim va ko’nikmalar ishchining unumdorligini ta’minlaydi. Inson kapitalaiga investitsiyalar bu nafaqat rasmiy ta’lim bundan tashqari ishdagi o’rganishga ham bog’liq. Jismoniy kapitalga investitsiyalar kabi inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligi va foyda tushunchalari uchun muhim. Hisoblarga ko’ra 15% unumdorlik o’sishi odamlarning ta’limi va ko’nikmalariga qilingan investitsiyalar. Aholining mehnat sifati ko’rsatgichlaridan biri bu ta’lim, tayyorgarlik darajasidir. 1960 yilda AQSh xalqining faqatgina 41 foiz 25 yosh va undan kata aholisi kamida maktab ta’limiga ega edi; va 8 foizigina kollej yoki kollejdan keyingi ta’limga ega edi. 2004 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 58 va 28 foiz ko’rinishiga keldi. Shunisi aniqki oxirgi vaqtlarda AQShda ta’lim olish ko’proq odam uchun imkoniyatli bo’ldi. 3) Kapital Qiymati. Ishlab chiqarishning o’sishiga ikkinchi asosiy hissa bu kapitalning o’sishi va u 30% ga yaqin unumdorlikning o’sishi bilan tushuntiriladi. Ko’proq va yaxshiroq qurilma va uskunalar ishchilarni unumliroq qiladi. Va davlat foydaning bir qismini saqlab qolish bilan ko’proq kapital oladi va uni zavodlar va uskunalarga investitsiya qiladi. Ba`zi kapital mehnatni o’rnini bosishda ishlatilsada koproq kapital mehnatni to’ldiruvchi hisoblanadi – bu mehnatni unumliroq qiladi. Mehnat unumdorligining asosiy aniqlovchisi har bir ishchi uchun foydalanish imkoniyatidagi capital miqdoridir. Agar kapital maxsulotlar jami zaxirasi va ishchi kuchi miqdori ikkalavi ham berilgan davr mobaynida o’sha ishchining yaxshiroq uskunalar bilan ta’minlanishi va unumdorlikni o’sishi kerak bo’lmaydi. Lekin har bir AQSh ishchisiga kapital asosiy foydalanish imkoniyati bor uskunalar vaqt o’tishi bilan tez o’sdi (2003 yilda bu har bir ishchiga 83 466$ edi). Davlatning AQSh infratuzilmasiga investitsiyalari (avto’yo’llar va ko’priklar, ijtimoiy tranzit tizimlari, oqava suvlar tizimi, suv ta’minoti imkoniyatlari, aeroport, ta’lim va shu kabilar) ham yillar davomida os’di. Bu ijtimoiy kapital (infratuzilma) shaxsiy kapitalni to’ldiradi. Yangi avto’yo’llarga investitsiya qilish shu yo’llar bo’ylab yangi ishlab chiqarishlar va magazinlar uchun shaxsiy investitsiyalar imkonini yaratadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratilgan sanoat parklari ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni jalb etadi. Infratuzilmaga xususiy investitsiyalar ham iqtisodiy o’sishda muhim o’rin tutadi. Bir misol bu yillar davomida aloqa tizimlari bilan bog’liq shaxsiy kapitallarning oshishidir. 4) Texnologik O’sish. Ishlab chiqarish unumdorligining iqtisodiy o’sish uchun muhimligi unumdorlik o’sishiga xossasini qo’shuvchi omillarni kengroq tushuntirilishini talab etadi. Eng katta hissa qo’shuvchi bu texnologik o’sish bo’lib u unumdorlik o’sishining 40% ni tashkil etadi. Iqtisodchi Pol Romerning fikriga ko’ra “insoniyat tarixi bizni iqtisodiy o’sishning asosi bu qancha ko’p ovqat qilish emas uni yaxshiroq retseptlardan foydalangan holda qilishga bog’liqligini o’rgatadi”. Texnologik rivojlanish o’z ichiga faqat innovatsion ishlab chiqarish texnikalarini emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi yangi boshqaruv usullari va yangi tadbirkorlikni tashkil etish yo’llarini oladi. Umuman olganda, texnologik rivojlanish bu yangi bilimlarning ixtirosi bo’lib unumdorlikni rivojlantiruvchi rivojlangan yo’llar bilan manbalarni qo’shish imkoniyatini beradi. Bir marta ixtiro qilingan va qo’llanilgan yangi bilimlar yaqin orada barcha tadbirkorlar va korxonalar uchun nisbatan pastroq narxlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Texnologik rijojlanish shuning uchun butun iqtisod orqali tarqalib unumdorlik va iqtisodiy o’sishni o’stiradi. Texnologik rivojlanish va kapital kiritish yaqindan bog’liq chunki texnologik rivojlanish odatda yangi qurilmalar va uskunalarga investitsiyalar uchun imkoniyat yaratadi. Aslida texnologik rivojlanish yangi kapitalda o’z aksini topadi. Masalan, yangi kompyuterlar olinishi sanoatga tezroq va kuchliroq yangi texnologiya kompyuterlarini olib kiradi3. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda» Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potentsialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi. Milliy boylik va uning tarkibi Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi, va ko’mir kabi boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin4. Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi. Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarish-ning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish-da yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi. Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada 1664 yilda U. Petti hisoblagan. Bu kursatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSHda 1805 yilda va Rossiyada 1864 yilda hisoblangan. O‘zbekiston Respulikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. Umuman, Evropada qo‘llanadigan MXT konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi. 1) Tabiiy resurslar. 2) Inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklari. 3)Moliyaviy resurslar. Download 289.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling