Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati
Korxonalarda mehnatni tashkil qilish rejalarini joriy qilishda ruhiy-fiziologik va sanitariya-gigiena tadbirlarining taxminiy samaradoligi
Download 68.1 Kb.
|
6-мавзу
Korxonalarda mehnatni tashkil qilish rejalarini joriy qilishda ruhiy-fiziologik va sanitariya-gigiena tadbirlarining taxminiy samaradoligi
4-jadvaldan ma’lum bo‘lishicha, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyatini o‘stirish korxona iqtisodi, unda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ammo bu ijtimoiy-iqtisodiy samara tez sur’atlar bilan va birdaniga amalga oshavermaydi, korxona va uning xodimlariga asta-sekin, sezilmasdan ta’sir qiladi. Ishxonalarda ishlab chiqarish madaniyati texnikaning va ishni tashkil qilishning yuksak darajada bo‘lishi hisobigagina emas, balki ish bajaruvchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirib borish hisobiga ham yaratiladi. Jumladan, dushxonalar, echinish, kiynish xonalari, dam olish va hordiq chiqarish xonalari, kiyim shkaflari, oshxonalar shu hisobga kiradi. Tikuvchilik va to‘qimachilik korxonalarida xotin-qizlarning mehnat qilish sharoitiga alohida e’tibor berilishi kerak. Korxonada qulay mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat jarayonini oqilona tashkil qilish va boshqarish uchun texnik, tashkiliy-iqtisodiy, ruhiy-fiziologik, huquqiy, umumta’lim va tarbiyaviy tadbirlar majmuini bir yo‘la amalga oshirish zarur. Bu tadbirlarga bir tomonlama qarash, ulardan faqat ba’zi birlarinigina tanlash yoki vaqti-vaqti bilan shug‘ullanish korxonada mehnatni tashkil qilishga va uning tadbirlarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va unga nisbatan jamoatchilik e’tiborini susaytiradi. Ayni vaqtda bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlarini chuqur tushungan holda xo‘jalikni boshqarishning murakkab mexanizmalridan biri bo‘lgan mehnatni tashkil qilishda mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish madaniyatini har tomonlama yaxshilash muhim vazifa bo‘lib qoladi. Download 68.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling