Risk tushunchasi


Download 1.96 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1316140
  1   2   3
Bog'liq
IQTISODIY FAOLIYATDA TADBIRKORLIK RISKINI SUG’URTALASH

  • IQTISODIY FAOLIYATDA TADBIRKORLIK RISKINI SUG’URTALASH
  • Tadbirkorlik faoliyati doimo ham bir xilda muvaffaqiyatli amalga oshavermaydi. Ayrim holatlarda tadbirkor rejalashtirgan ishlarini amalga oshira olmay qolishi, o‘zi ko‘zlagan daromad yoki foydani olmasligi mumkin.
  • Chunki tadbirkorlik faoliyati va uning natijasini oldindan to‘liq va aniq belgilab bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, tadbirkorlikning asosiy xususiyatli belgilaridan biri – riskka borish hisoblanadi.
  • Tadbirkorlik riski – resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘lgan holatdan chetga chiqish va buning oqibatida resurslarni yo‘qotish xavfi.
  • Tadbirkorlik riski bu boradagi faoliyatning barcha turlari – mahsulot ishlab chiqarish, tovarlar sotish va xizmat ko‘rsatish; tovar-pul va moliyaviy operatsiyalar; tijorat; ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin.
  • Demak, tadbirkorlik riski rejalashtirilgan tadbir amalga oshmay qolgan holda zarar yoki ziyon ko‘rish ehtimoli. U boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato yoki ko‘zda tutilmagan holatlar oqibatida ham kelib chiqishi mumkin.
  • Risk tushunchasi xalqaro ahamiyat kasb etadigan tushuncha bo‘lib, o‘zbek tilida xavf, xatar, tahlika va tavakkalchilik degan mazmunni anglatadi.
  • RISKLARNING ASOSIY TURLARI
  • Tadbirkorlik riskini juda ko‘p turlarga, masalan, tabiiy iqlim, siyosiy, xo‘jalik, transport va boshqalarga ajratish mumkin. Biz uning uchta asosiy turini – ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion riskni ko‘rib chiqamiz.
  • Ishlab chiqarish riski korxonaning xo‘jalik yuritish faoliyati bilan bog‘liq. Bunda korxona o‘zining majburiyatlarini bajarmaslik ehtimoli tushuniladi. Masalan, korxona buyurtmachi yoki xaridorlar oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini bajarmasligi, o‘z tovar va xizmatlarini sota olmasligi, ular narxlarini to‘g‘ri belgilay olmasligi, bankrotlikka yuz tutishi mumkin.
  • Moliyaviy operatsiyalar tavsifidan kelib chiqqan holda yuzaga keluvchi zararlar
    Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling