Mehnat shartnom a


Download 24.04 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi24.04 Kb.
#1591050
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduhalimova BABM shartnoma

2.9. Ish kunining tartibi: Haftasiga 1 ish kuni, ish vaqti ertalab soat 9-00 dan kech soat 17-00 gacha.
2.10. Har yilida bir marta 36 ish kuni hisobidan asosiy va ______ish kuni hisobidan qo‘shimcha mehnat ta’tili belgilanadi.

III. ISH BERUVCHINING MAJBURIYATLARI
3.1. Xodimga oylik maoshlarini o‘z vaqtida to‘lash.
3.2. Xavfsiz va samarali mehnat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.
3.3. Qonun hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etish.
3.4. Mehnat intizomini ta’minlash.
3.5. Xodimning mehnatini tashkil etish, uni xavfsizlik texnika qoidalari, muassasaning ichki mehnat tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ, mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish.
IV. XODIMNING MAJBURIYATLARI
4.1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Muassasaning Ustavi, muassasaning Jamoa shartnomasi va Ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan mehnat intizomiga qat’iy rioya etish.
4.2. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarining asosiy lavozimlari malaka tavsiflari va Ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomasi muvofiq faoliyat ko‘rsatish.
4.3. Mansab vazifalariga binoan o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarish.
4.4. Mansab vazifalariga bog‘liq barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlarni o‘rganish hamda ularga amal qilish.
4.5. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom» talablarini, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablarini yaxshi bilish va ularga qat’iy rioya qilish;
4.6. Maktabda mavjud moddiy boyliklarni ehtiyotlash hamda ularga zarar etishining oldini olish choralarini ko‘rish;
4.7. Maktabda unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni but saqlanishini ta’minlanishiga xavf-xatar uyg‘otuvchi barcha vaziyatlar to‘g‘risida ish beruvchiga o‘z vaqtida xabar berish;
4.8. Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga DTS talablaridan yuqori darajada ta’lim berishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshirish;
4.9. Ta’lim berishning ratsional usullarini, shu jumladan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rganib borish va pedagogik amaliyotda foydalanish;
4.10. O‘qituvchilar va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, qonunlarga, ota-onaga, mehnatga, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruhida tarbiyalash;
4.11.Axborot havfsizligi talablariga rioya qilish hamda konfedensial ma’lumotlarni oshkora etmaslik.
4.12. O‘z xizmat vakolati doirasida “Ish beruvchi”ning buyruq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish.
4.13. “Xalq ta’limi tizimining rahbar, pedagog va ishchi xodimlarining odob-axloq qoidalari”ga va pedagogik etika qoidalariga, Vazirlikning 2019 yil 28-martdagi 114-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish konsepsiyasi talablariga qat’iy rioya qilish.

Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling