MAVZU: SONLARNI YAXLITLASH
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Sonlarni yaxlitlash haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: Olingan bilimlarni xayotda qo’llay olish. O’quvchilarni o’zaro xurmat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning xotirasini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalanilgan metodlar: an’anaviy
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Navbatchi axborotini tinglash
O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish
Uy vazifasini tekshirish
Asosiy qism
Sonlarni yaxlitlash fizika, matematika, texnikaning amaliy masalalarida har hil kattaliklarning taqribiy qiymatlari bilan ish ko‘rishda foydalaniladi.
O (nisbiy atom massasi) 15,9994≈ 16
g (erkin tushish tezlanishi) 9,80665 m/s²≈ 9,8 m/s²
¶ (C/d) 3,141592≈ 3,14
x ≈ a
a son x sonning taqribiy qiymati ekanini anglatadi.
Masala. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yer maydoning yuzi
25m² ga, uning bo‘yi 8 m ga teng. Maydonning enini toping.
∆ Maydonning eni ℓ metr bo‘lsin, u holda
ℓ = 25:8 = 3,125
Amalda bunday natija, odatda o‘ndan birgacha yaxlitlanadi,
ya’ni ℓ ≈ 3,1 ga teng.
5,34319 ≈ 5,34
25,9124 ≈ 26
12,7542 ≈ 12,8
Agar birinchi tushirib qoldirilgan raqam 5 dan kichik bo‘lsa, u holda kami bilan yaxlitlash kerak, agar bu raqam 5 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, u holda ortig‘i bilan yaxlitlash kerak.
birliklargacha;
o‘nliklargacha;
yuzliklargacha…
o‘ndan birgacha;
yuzdan birgacha;
mingdan birgacha…
Sonni yaxlitlang
№ 299
Sonlarni navbati bilan 0,001, 0,01, 0,1 gacha, birliklargacha, o‘nliklargacha, yuzliklargacha, mingliklargacha yaxlitlang:
№ 303
Do'stlaringiz bilan baham: |