Mеhnat shartnomasi №02/T-23


Download 17.82 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi17.82 Kb.
#1425764
Bog'liq
02. B.Mamatxanov


MЕHNAT SHARTNOMASI № 02/T-23

Toshkent shahri 2023-yil 25-aprel



O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik) nomidan Vazir Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich (keyingi o‘rinlarda - Ish beruvchi) bir tomondan hamda Mamatxanov Baxrom Nabidjanovich (keyingi o‘rinlarda - Xodim) ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. Xodim kasbi bo‘yicha Toshkent moliya instituti huzuridagi Marg‘ilon bank-moliya texnikumi direktori lavozimiga ishga qabul qilinadi.
2. Shartnoma asosiy hisoblanadi.
3. Shartnomaning muddati: nomuayyan
4. Shartnoma bo‘yicha ishlash:
a) ishning boshlanishi: 2023-yil 25-aprel
b) ishning tamom bo‘lishi: ___________
5. Sinov muddati: 3 (uch) oylik sinov muddati
6. Xodimning majburiyatlari:
a) mehnat intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
b) Ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
v) egallab turgan lavozim vazifalari bo‘yicha javobgarlik va mas’ullik;
g) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
d) YTMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
ye) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
j) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
z) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar (shu jumladan, o‘ziga biriktirilgan ta’lim muassasasining bino-inshootlari, texnikalari, jihoz va orgtexnika jihozlaridan belgilangan tartibda foydalanish hamda uning butligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash, odob-axloq qoidalariga rioya etish va h.k.).
7. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
b) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish;
v) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
g) qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
d) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar.
8. Ish kuni rejimi: to‘liq ish kuni, ________________________________
9. Amaldagi mehnatga haq to‘lash tizimi, shakli va shartlariga muvofiq xodimning mehnatiga haq to‘lash quyidagicha belgilanadi:
a) lavozim maoshi oyiga: shtat jadvali asosida (belgilangan lavozim maoshi shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda kafolatlangan bo‘lib hisoblanadi va qonun, me’yoriy hujjatlar, mazkur shartnoma (mehnatga haq to‘lash) shartlari bilan belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin);
b) amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq mehnat shartlari bilan bog‘liq qo‘shimcha, ustama to‘lovlar va kompensatsiyalar belgilanishi mumkin;
v) rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha, ustama to‘lovlar, mukofotlar, hamda o‘zining huquqlari va mavjud mablag‘lari doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan boshqa to‘lovlar ham belgilanishi mumkin.
10. Xodimga:
a) asosiy ta’til (mehnat ta’tili) 15 (o‘n besh) ish kunidan;
b) qo‘shimcha ta’til 9 (to‘qqiz) ish kunidan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili belgilanadi.
11. Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
12. Mehnat shartnomasi ish beruvchi bilan xodimning o‘zaro roziligi asosida taraflarning ixtiyoriy ravishda belgilagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
13. Mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan faoliyat yo‘nalishiga doir munosabatlar boshqa qonun va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi.
14. Mazkur mehnat shartnomasi 2 (ikki) nusxada tuzildi. Bir nusxasi ish beruvchida, ikkinchi nusxasi xodimda saqlanadi. Ikkala nusxa ham teng yuridik kuchga ega.
15. Tomonlarning manzillari va imzolari:


Ish beruvchi:

Toshkent sh. Universitet ko‘chasi, 7-uy.


2023-yil 25-aprel

_________________ I.Abduraxmonov



Xodim:
Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Navro‘z koʻchasi, 588-uy
2023-yil 25-aprel

____________________ B.Mamatxanov





Download 17.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling