Mehnat shartnomasi 2023-05-01 Buxoro shahri


Download 21.36 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi21.36 Kb.
#1650299
  1   2

7/1- SON O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASH TO‘G‘RISIDA
MEHNAT SHARTNOMASI

2023-05-01 Buxoro shahri
1. Korxona (mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilot, muassasa, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari Buxoro davlat pedagogika instituti rektori (direktori) Daminov Mirzohid Islomovich nomidan, keyingi o‘rinlarda «Ish beruvchi» deb ataladi va Buxgalteriya bo‘limi buxgalteri Xakimova Shahribonu Baxodurovna keyingi o‘rinlarda «Xodim» deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
2. Xodim Xakimova Shahribonu Baxodurovna
(familiyasi, ismi va otasining ismi)
Reja-moliya bo'limi
(korxona tarkibiy bo‘linmasi, sex, bo‘lim, uchastka, laboratoriya va shu kabilarning nomi)
3. kasbi bo‘yicha iqtisodchi lavozimiga 0.5 hissa ichki o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinadi.
(ХALIKK bo‘yicha kasb, lavozimining to‘liq nomi, razryad, malaka toifasi)
4. Shartnoma muddati asosiy xodim ishga qabul qilingunga qadar
( asosiy xodim ishga qabul qilingunga qadar, o’quv yuklamalarini bajargunga qadar, asosiy xodim ishga chiqqunga qadar)
5. Shartnoma bo‘yicha ishlash
– boshlanishi 01.05.2023 yil
– тamom bo‘lishi asosiy xodim ishga qabul qilingunga qadar
6. Sinov muddati 0
(sinovsiz, sinov muddati)
7. Xodimning majburiyatlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hamda boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
b) Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi,
d) Ish beruvchi, yuqori turuvchi organ va tashkilotlarning buyruqlari, topshiriqlari, qarorlari, ko‘rsatmalarini bajarish (bunday buyruq, topshiriq, qaror, ko‘rsatma yaqqol qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno);
e) mehnat va texnologiya intizomi (Ustav, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq kodeksi va boshqa lokal hujjatlar)ga rioya qilish;
f) ish beruvchining qonuniy talablarini bajarish;
g) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
h) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
i) XALIKK, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
j) qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
k) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
l) institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda qoʻyilgan maqsad va vazifalarga rioya qilish; Shuningdek:
- xodim atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi shart;
- Institutning boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi dalillarni aniqlasa, ushbu ma’lumotlarni tegishli vakolatli organlarga xabar berishi lozim;
- xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va institutning ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rish, manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘ziga ma’lum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilish shart;
m) oʻzi toʻgʻrisidagi shaxsiy ma’lumotlarning haqqoniyligini zimmasiga olish;
n) Ish beruvchining ruxsatisiz oshkor qilib bo‘lmaydigan (konfidensial) ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni uchinchi shaxsga bermaslik, shuningdek, shaxsga oid ma’lumotlarni va xizmat doirasida foydalanilgan axborotlarni sir saqlanishiga rioya etish;
o) institut professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlar ish vaqti davomida o‘zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalariga rioya etish va boshqa xodim va talabalarga nisbatan xushmuomalada bo‘lish.
p) axborot xavfsizligini ta’minlash, jumladan, internet tarmoqlaridan faqat soha bo‘yicha foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardan ish faoliyatidan chetga chiqqan holda foydalanmaslik;
q) xodim o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta'sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik majburiyatini oladi;
- lavozim vazifalarini halol bajarish;
- ommaviy jamoat ishlarida bevosita ishtirok etish;
- o‘zining xizmat vazifalarini o‘z vaqtida, to‘liq, halol va vijdonan bajarish;
r) Xodim qabul qilgan boshqa majbuyiyat _____________________________________________
8. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hamda boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
b) ishga qabul qilish chogʻida xodimni Ustav, Ichki mehnat tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, mehnatini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlikni ta’minlash qoidalari, Lavozim yo‘riqnomasi, jamoa shartnomasi va boshqa ichki lokal hujjatlar bilan tanishtirish;
d) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;
e) ish haqi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda to‘lash;
f) xizmat vazifalarini bajarishda zarur xavfsiz va samarali mehnat sharoitlarini yaratishni ta’minlash, uni kasbiy kompetensiyalarini oshirish;
g) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
h) qonunchilikka va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
i) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
j) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
k)Ish beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
9.Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
10. Ish kuni rejimi
Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling