Mehnat shartnomasi (kontrakt) {date day}«{date month}»{date year} yil


Download 26.86 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1313301
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)

8. Ish beruvchining majburiyatlari;
8.1. xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yoʼriqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
8.2. mehnat va ishlab chiqarish intizomini taʼminlash;
8.3. ish haqini oʼz vaqtida toʼlash;
8.4. xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni oʼqitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti toʼgʼrisida yoʼl-yoʼriq berish;
8.5. ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
8.6. qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
8.7. jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
8.8. ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
8.9. Xodimni yuqori tashkilotlarga rahbar vazifalarga va hukumat mukofotlariga tavsiya qilishi.
8.10. Mazkur shartnomaning 7-bandi talablari bajarilmaganda ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi.

9. Ish kuni rejimi:
9.1. Olti kunlik ish haftasi boʼyicha.
10. Mehnatga xaq to’lash.
10.1. Аmaldagi mehnatga haq toʼlash tizimi, shakli va shartlariga muvofiq xodimning mehnatiga haq toʼlash belgilangan smeta xarajatlari xamda shtatlar jadvali boʼyicha toʼlab boriladi.
10.2. Belgilangan tarif stavkasi qonun, meʼyoriy hujjatlar, jamoa shartnomasi, mazkur shartnoma bilan belgilangan tartibda oʼzgartirilishi mumkin.
10.3. Аmaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bogʼliq qoʼshimcha, ustama toʼlovlar va kompensatsiyalar.
10.4. Ragʼbatlantirish xususiyatiga ega boʼlgan qoʼshimcha toʼlovlar, mukofotlar hamda oʼzining huquqlar va mavjud mablagʼlari miqyosida ish beruvchi tomonidan belgilanadigan boshqa toʼlovlar toʼlab boriladi.

11. Xodimga:

Asosiy mehnat taʼtili qonunchilikdagi tartibga qarab

Qoʼshimcha taʼtil qonunchilikdagi tartibga ko‘ra belgilanadi.

Ish xaqi toʼlanmaydigan taʼtil Mehnat kodeksining 150-moddasiga asosan.
12. Xodim bilan ish beruvchi mazkur shartnoma ilovasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi qoidalarning asosiy shartlariga rioya qilishga kelishib oldilar.
13. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga xaq to’lash hususiyatlari, ijtimoiy ximoya, imtiyozlar, kafolatlar va xokazolar bilan bog’liq bo’lgan boshqa shartlari.
13.1. SHARTNOMANI BEKOR QILISH SHARTLARI:
13.2. Mazkur shartnoma bir tomondan shartnoma bandlari bajarilmaganda, tashkilot tugatilganda yoki mulk shakli oʼzgarganda muddatidan oldin bekor qilinadi.
13.3. MEHNAT SHARTNOMASINING BOSHQA SHARTLARI:
13.4. Qoʼshimcha “Xodim” bilan “Ish beruvchi”ning oʼzaro mehnat munosabatlari Oʼz.Res. Mehnat Kodeksi xamda amaldagi qonun xujjatlari asosida tuziladi.
13.5. YAKUNIY QOIDALAR
13.6. Mazkur shartnomaga barcha qoʼshimcha oʼzgartishlar, ular agar yozma shaklda va ikki tarafdan imzolangan boʼlsa haqiqiy hisoblanadi.
13.7. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, har biri bir xil huquqiy kuchga ega.





Tomonlarning manzillari va imzolari:
Ish beruvchi:
Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Manzili: Qarshi shahar, “Cho‘lquvar” MFY




[[QR]]

Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang.







Imzolovchi F.I.SH.

{signed_by}







Imzolangan sana

{signed_date}







Hujjat kodi


Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling