Mehnat shartnomasi tushunchasi ishga qabul qilish rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasi tushunchasi va uning ahamiyati
Download 70.5 Kb.
|
Mehnat shartnomasi tushunchasi ishga qabul qilish rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasi tushunchasi va uning ahamiyati.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasida ko`rsatilishicha, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni, ichki mehnat tartibiga bo`ysungan taraflar kelishuvi, mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi mazmun-mohiyati jihatidan ko`p qirrali bo`lib, birinchidan, fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish shakli; ikkinchidan, mehnatga oid huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaruvchi va muayyan vaqt davomida amal qilishni ta`minlovchi asos; uchinchidan, mehnat huquqining instituti sifatida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, mehnat shartnomasi fuqarolarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o`tkazish hamda ishdan bo`shatishga oid normalar majmuini tashkil etadi. Mehnat shartnomasi, avvalo, fuqarolar tomonidan ularni Konstitutsiyada belgilangan mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishning asosiy shakli hisoblanadi. Mehnat shartnomasining tushunchasi muhim ahamiyatga ega bo`lib, u shartnomaning asosiy belgilarini o`z ichiga qamrab oladi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, bu tushuncha mehnat shartnomasiga yaqin bo`lgan boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan farqini ajratib olish imkoniyatini beradi. Darhaqiqat, mazkur shartnomalarning amalda qo`llanishi fuqarolarning mehnat faoliyati bilan uzviy bog’liq bo`lgani sababli uni tuzgan hodimlarga nisbatan mehnat haqidagi qonunlar tatbiq etiladi. Shunday qilib, mehnat shartnomasi, birinchidan, xodim hamda ish beruvchining erki va maqsadini ifoda etuvchi kelishuvdir; ikkinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim qandaydir bir ishni bir marta bajarish majburiyatini emas, balki muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo`yicha biror bir ishni, aniqroq aytganda, muayyan mehnat vazifasini bajarish majburiyatini oladi; uchinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim ma`lum mehnat vazifasini muayyan korxona, muassasa, tashkilotda bajarish majburiyatini oladi. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling