6-bob. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
26. Mehnat shartnomasining 11-bo‘limda belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilmagan taqdirda, bu holat ichki mehnat tartibi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir yil davomida ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinadi.
7-bob. Shartnomaning alohida shartlari
27. Ushbu shartnoma shartlarini o‘zgartirish ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
28. Ushbu shartnoma birinchi yil ishga kiruvchilar uchun asosiy hisoblanadi. Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan hodimlar uchun amaldagi mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisoblanadi.
29. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf bu haqida qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma ravishda xabar berishi shart.
30. Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi.
31.Mehnat shartnomasini bekor qilish vaqtida xodimga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari berilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Ushbu mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi va saqlash uchun har ikki tarafga beriladi.
9-bob. Taraflarning manzillari rekvizitlari
Do'stlaringiz bilan baham: |