Mehnat shartnomasini o’zgartirish tartibi va usullar


Ishga qabul qilinishida talab etiladigan xujjatlar


Download 47.42 Kb.
bet3/6
Sana22.11.2023
Hajmi47.42 Kb.
#1793960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASINI

Ishga qabul qilinishida talab etiladigan xujjatlar.
Ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro`yxati MKning 80-moddasida ko`rsatilgan. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
- pasport yoki uning o`rnini bosadigan boshka xujjatni, o`n olti yoshgacha bo`lgan shaxslar esa, - tug’ilganlik to`g’risidagi guvoxnoma va turar joyidan ma`lumotnomani;
- mehnat daftarchasini (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno), o`rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o`rniga asosiy ish joylaridan olgan ma`lumotnomani; - harbiy xizmatga majburlar harbiy biletni, chaqiriluvchilar harbiy hisobda turganlik haqidagi guvoxnomani;
- qonun hujjatlariga muvofiq, maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo`lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o`rta maxsus o`quv yurtini bitirganlik to`g’risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi. Ishga kiruvchi shaxsdan qonun hujjatlarida ko`rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ishga kiruvchi tomondan pasport yoki uni o`rnini bosuvchi hujjat taqdim etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: - ishga kiruvchining shaxsi va ishga qabul qilishga yo`l qo`yiladigan yoshi haqida ishonch hosil qilish;
- uning harbiy majburiyatga munosabatini aniqlash; - ushbu joydan ro`yxatdan o`tganligi haqida ishonch hosil qilish. O`rindoshlik yo`li bilan ishga kiruvchi shaxslar mehnat daftarchasi o`rniga asosiy ish joyidan ma`lumotnoma taqdim etadilar.

Ayni vaqtda ish beruvchining ishga kiruvchidan, agar u talabgor bo`lgan ish maxsus bilimlarni talab etmasa, ma`lumoti to`g’risida hujjatlarni taqdim etishni talab etish g’ayriqonuniy hisoblanadi. MKning 80-moddasida ko`zda tutilmagan hujjatlarni ishga kiruvchidan talab qilish, agar ularni ishga kirishda taqdim etish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo`lsagina, qonuniy hisoblanadi.


O`n besh yoshgacha bo`lgan ishga kiruvchi shaxslardan ish beruvchi o`qish joyidan ma`lumotnoma talab qilishga haqlidir, chunki amaldagi qonun hujjatlari ushbu yoshda faqat o`quvchilargina ishga qabul qilinishiga yo`l qo`yadi.
Ishga qabul qilishda talab etiladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar ro`yxati lokal tartibda kengaytirilishi mumkin emas.

Download 47.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling