Mehnat shartnomasini o’zgartirish tartibi va usullar
Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish
Download 47.42 Kb.
|
MEHNAT SHARTNOMASINI
Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish.
MKning birinchi qismiga muvofik, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi buyruq chiqarish uchun asos bo`ladi. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi va imzolangan sanasi ko`rsatiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzolarning haqiqiyligini va qonuniyligini tasdiqlovchi korxonaninig muhri bilan tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasi ish beruvchi nomidan ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxsgina imzolashi mumkin.Masalan, korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi hisoblanadi hamda bevosita u tomonidan amalga oshiriladi. Korxona rahbari ushbu korxonaga ishga qabul qilinayotgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini mulk egasi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida tuzadi va imzolaydi. Ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxsning imzosi shartnomada ish yuritish bo`linmasi, kadrlar bo`limi va boshqalarning muhri bilan emas, balki korxona muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Mehnat shartnomasida imzolangan sana ko`rsatilishi mehnat shartnomasini to`g’ri rasmiylashtirishning zarur sharti hisoblanadi. SHartnomada taraflarning manzillari ko`rsatiladi. Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo`lgan kamida ikki nusxada tuziladi va saqlash uchun taraflarning har biriga beriladi. Ish beruvchi shartnomaning imzo chekilgan va muhr bilan tasdiqlangan nusxasini xodimga berishga majburdir. Nizolar kelib chiqmasligi va tuzilgan mehnat shartnomalarining kadrlar bo`limida hisobga olinishini ta`minlash uchun mehnat shartnomalarini ruyxatga olish daftari yuritgan ma`qul. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi buyruq chiqarish uchun asos bo`ladi. SHartnoma singari buyruqqa ham ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxs imzo chekadi. MKning 82-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, ishga qabul qilish to`g’risidagi buyruq xodimga ma`lum qilinib, bu haqda undan tilxat olinadi. Xodim ishga qabul qilish to`g’risidagi buyruq bilan tanishib, u mehnat shartnomasiga qanchalik muvofiq kelishini aniqlaydi.Ishga qabul qilishni to`g’ri rasmiylashtirish ish beruvchining vazifasi hisoblanadi. Ishga qabul qilishning zarur tartibda rasmiylashtirilmasligi ish beruvchi tomonidan mehnat to`g’risidagi qonunlarning buzilishi deb baholanadi. MKning 82- moddasi oltinchi qismi ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqqatda ishlashga ruhsat etilgan bo`lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtiriladi yoki rasmiylashtirilmaganidan qat`iy nazar, ish boshlangan kundan e`tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanishini nazarda tutadi. Xodimni amalda ishga qo`yilishini shartnoma tuzish deb tan olinishi ish beruvchining ishga qabul qilishni zarur tartibda rasmiylashtirish majburiyatidan ozod qilmaydi (xodim bilan yozma mehnat shartnomasi imzolash, ishga qabul qilish to`g’risida buyruq chiqarish, u bilan xodimni tilxat olib tanishtirish). Ushbu o`rinda buyruqda ham, shartnomada ham, xodim mehnat vazifalarini bajarishga kirishganidan qancha vaqtdan keyin ular rasmiylashtirilganligidan kat`iy nazar, xodim ishni bajarishga qo`yilgan sana ko`rsatilishi kerak. Ishga qabul qilishning to`g’ri rasmiylashtirilishi nafaqat xodimning, ish beruvchining ham manfaatlariga javob beradi. Jumladan, yozma shartnomani rasmiylashtirmasdan ishga qabul qilish keyinchalik shartnoma shartlariga rozi bo`lmasligiga yoki unga o`z vaqtida qayd etilmagan shartlarni (ishga qabul qilishdagi sinov, muddatli mehnat shartnomasi tuzish haqidagi va xokazo) kiritib bo`lmasligiga olib kelishi mumkin. Download 47.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling