Xodimlarning ayrim toifalari bilan mehnat shartnomasi tuzish xususiyatlari.
MKning 77-moddasiga muvofiq ishga qabul qilishga o`n olti yoshdan yo`l qo`yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarining o`quvchilarini ularning soғliғiga hamda ma`naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta`lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o`qishdan bo`sh vaqtida bajarishi uchun — ular o`n besh yoshga to`lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o`rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo`l qo`yiladi.
O`smirlarni ishga qabul qilishning ko`pgina hususiyatlari ular mehnatni muxofaza qilish haqida davlatning alohida g’amxo`rligi bilan bog’liqdir. Masalan, umumiy tartibdan farq qilgan holda o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishning zarur sharti, u qanday ishga qabul qilinayotganligidan kat`iy nazar, uning tibbiy ko`rikdan o`tishi hisoblanadi va davriy tibbiy ko`riklari mehnat munosabatlarida voyaga etmaganlarning sog’ligini muhofaza qilishga qaratilgan muhim kafolat hisoblanadi.
Ana shu maqsadlarda MKning 241-moddasiga muvofiq o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’ligi, xavfsizligi yoki odob-ahloqiga ziyon etkazishi mumkin bo`lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
O`smir qabul qilinayotgan ishdan qat`iy nazar, o`n sakkiz yoshga to`lgunicha u bilan to`liq moddiy javobgarlik to`g’risida shartnoma tuzilishi mumkin emas(MKning 203- moddasi).
Mahalliy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtirish tartibida belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarni ish beruvchi bunday ish yo`qligi sababli ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |