Mehnat shartnomasini o`zgartirishni rasmiylashtirish


Download 82 Kb.
bet2/9
Sana07.02.2023
Hajmi82 Kb.
#1175867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASINI O`ZGARTIRISHNI RASMIYLASHTIRISH

birinchidan, qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga asosan mehnat shartlarini o`zgartirish;
ikkinchidan, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartlarini o`zgartirish (MK 89-modda);
uchinchidan, xodimning talabiga ko`ra mehnat shartlarini o`zgartirish (MK 90-modda);
to`rtinchidan, taraflar kelishuvi bilan mehnat shartlarini o`zgartirish.
Qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat shartlari faqat tegishli normativ hujjatlarni qabul qilish yo`li bilan o`zgartirilishi mumkin. Bu o`rinda, birinchi navbatda, ilgari mehnat shartlari belgilangan qonunlar, qonun hujjatlari, qonunosti hujjatlar nazarda tutiladi.
Ilgari mehnat shartlari belgilab qo`yilgan aynan o`sha qonun hujjatida belgilangan tartibda yangi qonun hujjatlariga o`zgartirish kiritilgan taqdirdagina, mehnatning sharti o`zgartirilgan hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka binoan, ko`pgina mehnat shartlari jamoa kelishuvlari, korxonaning lokal hujjatlari, ya`ni jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash to`g’risidagi nizom va boshqa hujjatlar bilan belgilanadi. Bu normativ hujjatning har biriga xos tartibi MK va boshqa normativ hujjatlarda begilab qo`yilgan. MKning 51- va 52-moddalarida jamoa kelishuvlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari bayon etib berilgan. MKning 40-moddasida esa jamoa shartnomasini qabul qilish tartibi ko`rsatilgan. Shuni aytish kerakki, ko`pgina lokal hujjatlar jamoa shartnomasiga ilova tarzida qabul qilinadi.
MKning 174-moddasiga binoan, korxona ichki mehnat tartibi qoidalari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan tasdiqlanadi.
Umumiy qoidaga binoan, mehnat haqidagi kelishuv va shartnomalarning shartlari bir taraflama o`zgartirilishi mumkin emas. SHunga ko`ra, mehnat shartnomasida belgilab qo`ygan mehnat shartlari faqat xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuv bo`yicha o`zgartirilishi mumkin. Bu qoida mehnat shartnomasiga mazkur korxonaning lokal hujjatlarida nazarda tutilgan yoki ushbu shartlar kiritilganida ham joriy etiladi.
Umumiy qoidaga ko`ra, mehnat shartnomasida taraflar shartlashib qo`ygan mehnat shartlarini o`zgartirishga faqat xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuv bo`yicha yo`l qo`yiladi. Shuning uchun qonunda ish beruvchi bilan xodim faqat istisno tariqasida, muayyan holatlar mavjud bo`lgan taqdirdagina, mehnat shartlarini bir taraflama o`zgartirilishi nazarda tutilgan. Mehnat shartnoma taraflaridan birining talabi bilan mehnat shartlarini o`zgartirishga MKning 89, 90-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina yo`l qo`yiladi. MKning 89-moddasiga muvofiq, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishdagi o`zgarishlar, ishlar hajmining qisqarishi kabi sabablar xodimlar soni yoki ish hususiyatini o`zgartirishga olib kelishi oldindan aniq bo`lgan hollardagina o`zgartirishi mumkin.
Ish beruvchi MKning 89-moddasi birinchi qismida ko`rsatilgan holatlardagina mehnat shartlarini o`zgartirishga haqlidir. Bu moddada xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o`zgartirish paytida ish beruvchi tomonidan bajarilishi lozim bo`lgan qator talablar qo`yilgan, bular xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar sifatida muhim o`rin tutadi.
Bu kafolatlar quyidagilardan iborat:

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling