Mehnat shartnomasini o`zgartirishni rasmiylashtirish


Download 82 Kb.
bet1/9
Sana07.02.2023
Hajmi82 Kb.
#1175867
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASINI O`ZGARTIRISHNI RASMIYLASHTIRISH


MEHNAT SHARTNOMASINI O`ZGARTIRISHNI RASMIYLASHTIRISH
Reja:


1. Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o`zgartirish.
2. Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini o`zgartirish.


Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o`zgartirish.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 88-moddasida mehnat shartlarini belgilash va o`zgartirishning umumiy tartibi bayon etib berilgan.


Ma`lumki, mehnat shartnomasi hamma vaqt turli shartlarni o`z ichiga oladi.
Mehnat shartlari deganda, mehnat jarayonida kechadigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi.
Ijtimioy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqti hamda ta`til muddati va boshqa shartlar kiradi. Texnika, sanitariya, gigiena, ishlab chiqarish, maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari hisoblanadi.
Xodimning mehnat faoliyati doimo muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni bajarish bilan bog’liq bo`lib, mehnat shartnomasida muayyan shartlar ko`zda tutiladi. Ayni vaqtda xodimning mehnat faoliyati aniq ish joyida amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasining shartlarini tashkil etuvchi yuqoridagi omillarning o`zgartirilishi mehnat shartnomasining ham o`zgartirilishini anglatadi. Mehnat shartnomasini o`zgartirish umumlashgan atama bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga qamrab oladi:
- mehnat shartlari;
- xodimning mehnat vazifasi;
- ish joyining o`zgartirilishi.
Mehnat kodeksining 88-moddasiga binoan, mehnat shartlari mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Ushbu modda mazmunining tahlili mehnat shartnomasining shartlarini quyidagi guruhlarga ajratib qarash imkonini beradi:
- qonun hujjatlari tomonidan markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan shartlar;
- jamoa kelishuvi yoki korxonaning lokal tarzdagi hujjatlarida qayd etilgan shartlar;
- mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan shartlar.
Umumiy qoidaga ko`ra, mehnat shartlarini o`zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo`lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasiga kiritilgan mehnat shartlarini o`zgartirishga taraflardan birining talabi bilan MKning 89-, 90-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yo`l qo`yiladi.
Mehnat shartlarini o`zgartirish qo`yidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin:

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling