Ta’limda o`quv-ishlab chiqarish vositalari
Kasb-hunar ta’limi o`quv ustaxonalarida olib boriladigan ishlab chiqarish mazkur o`quv ustaxonalarida qulay vaziyatlarining yaratilishi talab qiladi.
O`quv ustaxonalarining moddiy-texnikaviy jihatdan taminlanishi nihoyatda muhimdir. Moddiy-texnikaviy taminot moslamalarning texnik muhofazalanishiga zamin hozirlaydi.
Sanitariya-gigienik shart-sharoit ustaxonaning tabiiy va sun’iy yoritilishi, sanitar-gigiyenik shartlariga javob berishi va birinchi yordam ko`rsatish vositalarining mavjudligini talab qiladi.
Estetik sharoit ustaxonaning ichki bezagi va moslamalar ranglariga e’tibor berish, o`simlik va gullar bilan bezatilishini taqozo etadi.
Texnik-pedagogik sharoit o`quv ishlab chiqarish xonalarining faoliyat yuritish jarayonini taminlashda bir-biri bilan bogliqligi, ta’lim oluvchilar uchun qulay bo`lgan ish sharoitini yaratish, shaxsiy ish joyi bilan taminlash va mehnatni ilmiy-texnik asosda tashkillashtirishdan iborat bo`ladi.
Ta’lim oluvchilarning ish joyini tashkillashtirish quyidagilarni taqozo etadi:
Ish joyining texnik sozligi;
Etarli darajada yoritilganligi;
Zaruriyat vaqtida avariya signalining ishlashi yoki usta bilan bog´lanish moslamasining mo`tadil ishlashi;
Ishlab chiqarish moslamasini tozalash, sozlash va yigishtirish uchun qulay sharoitning mavjudligi.
O`quv ustaxonasining ustasi uchun ish joyi shunday yoritilgan va tashkil qilingan bo`lishi kerakki, o`quv jarayonida usta o`z faoliyatini ilmiy asosda tashkillashtira olishi, uning mazmun va shaklini ta’lim oluvchilarning ish o`rinlari bilan boglay olishi uning pedagogik faoliyatini samarasini aniqlab beruvchi sifat bo`lishi kerak.
Zamonaviy ta’lim vositalarining turlari va tavsifi
Ta’lim — tarbiya jarayonini sifati va samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’limlanganligiga bogliq bo`ladi.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalarga ta’lim vositalari deyiladi.
Ta’lim vositalari 3 ga bo`linadi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |