Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 170 Kb.
bet1/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi


Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism

  1. Texnologiya fanida o’qitish shakllari

  2. Texnologiya fani o’quv jarayonida ta`lim vositalaridan

  3. foydalanish metodikasi

  4. Texnologiya fanida o’qitish metodlari.

III. Xulosa
IV. Foydalanilgana adabiyotlar

I. Kirish
O`qitish shakli deganda o`quvchilarining aniq mashgulot (dars) dan ko`zda tutilgan maqsadga erishishi uchun mehnat talimi o`qituvchisi rahbarligida o`quv materalini ongli va faol ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan o`quv tarbiya faoliyatini tushunmoq kerak. Shundan keyin mehnat talimida foydalanadigan xilma-xil shakillar masalasini oydinlashtirish zarur. O`quvchilarning o`quv ustaxonasidagi o`quv mehnat talimi ishlarining assosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashgulotdir. O`quv mehnat ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: o`quvchilar tarkibining doimiy va ularning bilim (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bo`lishi, mashgulotning qat’iy jadval asosida, o`quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt davom etishi mehnat ta’limi o`qi-tuvchining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil o`qitish metodlaridan foydalalanish darsni frontal, zvenolab va(yakka-yakka) shaklda olib borish imkoniga ega bo`lishdan iborat deyish mumkin.
Shunday qilib dars o`qitish jarayoniga tashkiliy aniqliq kiritadi va mehnat ta’-limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, o`quvchilarning yuqori unumdorligi bilan o`qishini hamda dam olishini ta’minlashga imkon beradi. Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida o`quvchilarga mehnat qilish yuzasidan qo`yilgan vazifalarni xal etish uchun faqat ayrim darslarni yaxshi tashkil etishni o`zigina kifoya qilmaydi.
Ekskursiya mehnat ta’limining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o`quvchilar asbob-uskunalarni texnologiya va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o`rganadi. Korxonaga ekskursiyalar o`quvchilarni korxona bilan uning asbob-uskunalari, mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy va aniq soha tarzida tanishtirish maqsadida ham ishlab chiqarishning aniq masalarining ya’ni asbob-uskunalarining eng ya’ni namunmlarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini ilgor ish usullari va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini o`rga-nish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
Umumiy tanishtirish harakteriga ega bo`lish ekskursiyani ta’limining biror bo`limi (yog´och va metallga ishlov berish xizmat ko`rsatish mehnat va kasb ta’lim biror operatsiyasi va hokozolar) boshlanishidan oldin o`tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag´ishlangan ekursiyalarni dasturdagi biror mavzuni o`tishdan keyin yoki undan oldin o`tkazilgan ma’qul. Ekursiya odatda 15-20 o`quvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda o`tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o`quvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.
Mehnat o`qituvchisi yoki ekskursovod (git) ekskursiya jarayonida o`quvchilarning kuza-tishiga rahbarlik qilib turadi, ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb qilinadi; bular o`rtasida ob’ektiv ravishda mavjud bo`lgan aloqalarni aniqlash va taqqoslash yo`li bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni o`rgatadi.
Masalan o`quvchilar o`quv ustaxonalaridagi mashg´ulotlarda asosan yog´och, metall, gaz-lamaga ishlov berishning qo`lda bajariladigan operatsiyalarini o`rganib oladilar. Tegishli korxonalarga o`tkazilgan ekskursiya jarayonida ular eng yangi stanok jihozlari bilan va yuqori unumli mehnat usullari bilan tanishadilar.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling