Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Korxonaga ekskursiyani tashkil qilish texnologiyasi


Download 170 Kb.
bet6/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

Korxonaga ekskursiyani tashkil qilish texnologiyasi
Ekskursiya mehnat ta’limining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o`quvchilar asbob-uskunalarni texnologiya va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o`rganadi. Korxonaga ekskursiyalar o`quvchilarni korxona bilan uning asbob-uskunalari, mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy va aniq soha tarzida tanishtirish maqsadida ham ishlab chiqarishning aniq masalarining ya’ni asbob-uskunalarining eng ya’ni namunmlarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini ilgor ish usullari va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini o`rga-nish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
Umumiy tanishtirish harakteriga ega bo`lish ekskursiyani ta’limining biror bo`limi (yog´och va metallga ishlov berish xizmat ko`rsatish mehnat va kasb ta’lim biror operatsiyasi va hokozolar) boshlanishidan oldin o`tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag´ishlangan ekursiyalarni dasturdagi biror mavzuni o`tishdan keyin yoki undan oldin o`tkazilgan ma’qul. Ekursiya odatda 15-20 o`quvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda o`tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o`quvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.
Mehnat o`qituvchisi yoki ekskursovod (git) ekskursiya jarayonida o`quvchilarning kuza-tishiga rahbarlik qilib turadi, ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb qilinadi; bular o`rtasida ob’ektiv ravishda mavjud bo`lgan aloqalarni aniqlash va taqqoslash yo`li bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni o`rgatadi.
Masalan o`quvchilar o`quv ustaxonalaridagi mashg´ulotlarda asosan yog´och, metall, gaz-lamaga ishlov berishning qo`lda bajariladigan operatsiyalarini o`rganib oladilar. Tegishli korxonalarga o`tkazilgan ekskursiya jarayonida ular eng yangi stanok jihozlari bilan va yuqori unumli mehnat usullari bilan tanishadilar. O`quvchilar o`quv ustaxonalari va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini taqqoslab, faqat o`quvchilar mehnatining sifatinigina emas, balki mehnat unumdorligini oshirishni ham ta’minlaydigan xilma-xil dastaki va stanok moslamalaridan keng foydalanish yo`li bilan qo`lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash zarur, degan mustaqil xulosalarga keladilar. Bunday ekskursiyalar o`quvchilarda o`zlari qurgan narsalari to`grisida yorqin taassurotlar qoldiradi, ularning bilim doirasini kengaytiradi, bo`lajak ixtisosligiga bo`lgan qiziqishini va mehnatni qayta qurish munosabatini shakllantiradi, bilish faolligini rivojlantirishga imkon beradi va ishlab chiqarish intizom asoslarini qaror toptiradi.
Korxonaga o`tkaziladigan har qanday ekskursiyaning mazmuniga quyidagi aniq, ajratilgan uchta bosqich kirishi lozim:
1. Kuzatish ob’ektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari va vazifalarini aniqlash korxonaga dastlabki tarzda borib ko`rish zarur xujjatlarni ekskursiyani o`tkazish tartibi o`quvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobotlarni shakllarini tayyorlashdan iborat bo`l-gan tayergarlik bosqichi
2. Mehnat o`qituvchi yoki ekskursiyani olib boruvchi (gid) tomonidan ekskursiyani maqsadlari hamda vazifalari korxona hovlisida va boshqa belgilangan joylarda o`zini tutish qoidalari kuzatish obektlari ekskursiya marshruti to`grisida suhbat o`tkazish o`quvchilarning bevosita kuzatishi va zarur vazifalarini bajarishi.
3. Ekskursiyaga yakun yasash ekskursiya jarayonida paydo bo`ladigan masalalarni hal qi-lishga qaratilgan yakunlovchi suhbat o`tkazish bilan cheklanmaydi. Mehnat bo`yicha navbat-dagi mashg´ulotlarda bajariladigan vazifalarni va hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoada erkin ravishda muhokama qilish yo`li bilan ekskursiyaga uzil kesil yakun yasaladi.
Mehnat ta’limidagi frontal, zveno va yakka holatdagi dars texnologiyasi.
Mehnat ta’limi mashgulotlari o`qituvchiga o`quv materialining mazmunidan kelib chiqib, o`quvchilarning o`quv mehnat faoliyatini frontal, zveno va yakka tarzda tashkil etishdan keng foydalanish imkonini beradi.
Chunonchi, mashgulotlarning frontal tarzda tashkil etish guruhidagi barcha o`quvchilar ayni bir xil o`quv materialini bir vaqtda o`rganadilar va bir xil mehnat vazifalarini bajaradilar. Yangi mehnat operatsiyalari va usullarini o`rganish vaqtida bu shakldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U mehnat ta’limi o`qituvchisining mashg´ulotga tayyorgarlik ko`rish ishini osonlashtiradi (mehnat topshiriqlarining bir xil-ligi, o`quvchilarga kirish instruktaji berish shaklida taqsim qilinadigan o`quv materiali, asboblar va moslamalarning cheklangan ro`yxati va hokazolar).
O`quvchilar topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga o`tishga bu shaklning o`rnini boshqasi, ya’ni zveno yoki yakka holdagi shakl holatda boshlaydi, hamda frontallikning buzilishi muqarrar bo`lib qoladi, chunki bir xil o`quvchilar ishda boshqalardan o`zib ketadilar. Shu sababli frontal shakl mashgulotning boshlangich qismidagina saqlanib qoladi va joriy frontal instruktaj o`tkazish vaqtida zarur bo`ladi.
O`quvchilar har-xil o`quv-mehnat topshiriqlar berilganda mehnat mashgulotini tashkil etishning shaklida foydalaniladi. Ishlarning murakkabligiga qarab, ularni bajarish 2-3 o`quvchiga (zvenoga) topshiriladi. Bunday tashkil etish ko`pincha texnik modellarni, o`quv asboblarini tayyorlash vaqtida, otaliq qiluvchi korxona yoki o`z maktabining xilma-xil ishlab chiqarish buyumlarini bajarish vaqtida qo`llaniladi. Tashkil etishning bu shakli o`quvchilarda topshirilgan ish uchun mas’uliyatni his qilish va o`zaro yordam ko`rsatish, jamoatchilik va do`stlik singari muhim shaxsiy sifatlarni tarkib topti-rishga imkon beradi.
Tashkil etishning zveno shakli bir o`quvchiga amalda qiladigan murakkab buyumlarni ijodiy ravishda ixtirochilik qilish va tayyorlash uchun shart-sharoit yaratib beradi. Biroq tashkil etishning zveno shakli bir qancha kamchiliklarga egadir, ya’ni o`qituvchining darsga tayyorgarlik ko`rish ishlari birmuncha ko`payib ketadi, zvenoning xamma a’zolari ham bir xilda gayrat bilan ishlamaydilar, natijada xilma-xil rivojlanishga va mehnat tayyorgarligiga ega bo`ladilar, kirish instruktajni o`tkazish hatto yozma grafik instruktsiyalaridan foydalanganda ham murakkablashib ketadi.
O`quv ustaxonalarida tegishli jihozlar etishmaganda va o`quvchilar maxsus grafik asosida o`qitilganda (tokarlik, frezerlik stanoklarida tikish mashinasida ishlash) yoki o`qituvchi ancha yaxshi o`zlashtiradigan o`quvchilar bir muncha murakkab yakka holda bajaradigan topshiriqlar bergan vaqtda mehnat darsida mehnat mashgulotlarini tashkil etishning yakka holdagi shaklidan yoki zveno bo`lib topshiriqlarni bajarish shaklida foydalanishga to`gri keladi. Bunda o`quvchilarning qiziqishlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olish kerak.
Amaliy mashgulotlarni tashkil etishning yuqorida ko`rib chiqilgan har bir shaklida mehnat bo`yicha mashgulotlarda foydaliniladi yoki ular bitta amaliy mashgulotlarga ham tadbiq qilinishi mumkin. Bu borada mashgulotlar quyidagicha tamoyilga binoan tashkil etilada.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling