Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O`quvchilarni malakali ishchiga biriktirib qo`yish


Download 170 Kb.
bet4/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

O`quvchilarni malakali ishchiga biriktirib qo`yish
Ishlab chiqarish mashgulot shaklining yana bir turi o`quvchilarni malakali ishchilarga biriktirishdan iborat bo`lib, bunda o`qitish asosiy ishdan ozod qilinmagan instruktor tomonidan amalga oshiriladi. Bir instruktorga bir vaqtning o`zida ikkitadan ortiq o`quvchi biriktirilmaydi. O`qitishning bu shaklini ijobiy tomoni shundan iboratki, bu usul bilan bevosita ilg´or texnika-texnalogik bilan ta’minlangan ishlab chiqarish tsexlarida istalgan hunar bo`yicha ishchilar tayyorlash mumkin. Bunda instuktor uchun o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini va ularning sifatlarni e’tiborga olib turib, eng samarador o`qitish usullarini qo`llashga imkon bo`ladi.
Biroq bunda o`zining asosiy ishi bilan ham shug´ullanishga majbur bo`lgan instruktor o`ziga biriktilgan o`quvchilarga tegishli e’tibor berish imkonidan mahrum bo`ladi, ishlab chiqarish ta’limining borishini har kuni nazorat qila olmaydi.
O`quvchilarni shtatli ish joylarida o`qitish
Ishlab chiqarish ta’limining maxsus shakli - o`quvchilarning shtati ish o`rnilarida (iste’mol mahsuloti ishlanadigan ish o`rnilarida) o`tkazadigan praktikasidir. Bu shakl ta’limining oxirigi oylarida, korxona sharoitida o`tkaziladi. Bu shaklda o`qitishda har bir o`quvchi shtatli joyda ishlab, maxsulotga korxona tomonidan qanday talablar qo`yiladigan bo`lsa, o`sha talablarga to`la amal qilib buyum tayyorlaydi. Bu holda o`quvchi buyum ishlab chiqarish vaqt normasini bajarishga xam majbur bo`ladi. o`quvchi tayyorlagan mahsuloti korxonaning texnik kontrol bo`limi xodimlari qabul qilib olib. O`quv ishlab chiqarish faoliyatini shu xilda tashkil etish o`quvchilarni ayni ixtisos ishchilari ishlaydigan sharoitda mehnat qilishiga odatlantiradi. O`qituvchi o`qitish shakillarini va metodlarini ayni ish o`rniga qo`yiladigan talablarga moslashtirib tanlashi shart: Agar ayni ish o`rnida ishlab chiqarish ta’limi dasturi to`la bajarilmaydigan bo`lsa, o`qituvchi oldindan tuzib qo`yilgan grafik asosida o`quvchini boshqa ish o`rniga ko`chirishi shart.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling