Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Mehnat ta’limining ko`rsatmali metodlari
Download 170 Kb.
|
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi
Mehnat ta’limining ko`rsatmali metodlari
Mustaqil kuzatishlar mehnat ta’limining shunday metodikiy, u vaqtida, korxonalarga ekskursiyalar o`tkazish va mehnat usullari bo`yicha mashqlarni o`tkazish vaqtida, mashina-larning konstruktsiyalarini o`rganish hamda texnalogik jarayonlarni bajarish vaqtida tarbiyalab borish zarur. Ko`rsatmali qo`llanmalarni namoyish qilish mehnat va kasb ta’limining o`rganilayotgan ob’ektlarini ko`rsatma hissiy idrok qilishga asoslangan metodidir. Bu metod o`quv materialini bayon qilish jarayonida quyidagilarni ko`rsatishni nazarda tutadi: a) tabiiy namunalar: mashinalar, stanoklar, mexanizmlar, moslamalar, asboblar, za-gotovkalar, materiallar.; b) yassi va hajmdor qo`llanmalar (plakatlar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar, mo-dellar); v) ekranli qo`llanmalar (diapozitivlar, diafilmlar, o`quv video va kino-filmlar). Ko`rsatma qo`llanmalarni namoyish qilish vaqtida muayyan izchillikka amal qilish, o`quvchilar kuza-tayotgan ob’ektni bayon qilinayotgan material mazmuni bilan bog´lash kerak. Tabiiy namunalarni namoyish qilish jarayonida agar ular yirik ob’ektlar (mashinalar, stanoklar, mexanizmlar, moslamalar) bo`lsa, mehnat o`qituvchisi ularni to`gridan-to`gri ish joyining o`zidan turib ko`rsatishi mumkin. Agar tabiiy kuzatishlar ob’ektlari kichik bo`lsa (asboblar, zagotovkalar, materiallarning namunalari), u holda bu materiallarni o`quvchilarga tarqatish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilganda o`quvchilar bu ob’ektlarning tashqi ko`rinishi, tuzilishi bilan yaxshiroq tanishadilar. Ba’zan kuzatish ob’ektini dinamik tarzda, ya’ni harakatda namoyish qilgan foydalidir, bu esa o`quvchilarning ob’ektlarning konstruktiv xususiyatlarini ham, ularning ayrim qismlari o`rtasidagi kinematik boglanishni ham yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi. Yassi va hajmdor qo`llanmalar (ular odatda ancha yirik masshtabda bajariladi) bevosita o`qituvchining ish joyidan turib namoyish etilishi mumkin. Katta hajmdagi qo`llanmalar sodda konstruktsiyaga ega bo`lib, ularning ichki tuzatish va ishlash printsipini ko`rsatish vaqtida osongina bo`laklarga ajraladi, lekin ular kuzatishning tabiiy ob’ektlarini namoyish qilish o`rnini egallay olmaydi. Mehnat darslarida ekranli qo`llanmalarni namoyish qilish o`quvchilarga bayon qili-nayotgan materialni yaxshiroq tushunish va o`zlashtirib olish imkonini, o`qituvchi esa dars-ga tayyorgarlik ko`rish va predmetlarni namoyish qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Masalan, detal tayyorlashning texnalogik jarayonini tushuntirganda o`qituvchi o`quvchilarga diapozitivning tayyor lentasini namoyish qilishi yoki stanok va mashinaning kinematik sxemasini tushintirish vaqtida (ayniqsa tegishli plakatlar mavjud bo`lmaganda) epidiaskop yordamida kitoblarda joylashtirilgan sxemalar va suratlarning slaydlarini namoyish qilish mumkin. O`quv video va kinofilmlardan foydalanish o`quvchilarga hozirgi zamon texnikasining namunalarini yaqqol va harakat qilayotgan vaqtda ko`rsatish, ilgor texnologiya bilan korxo-nadagi mehnatni tashkil etish va uning madaniyati xususiyatlari bilan u erga bormasdan turib tanishish imkonini beradi. Masalan, o`quvchilar cho`yan va po`lat olishdan iborat metallurgiya jarayonini o`rganayotganlarida ko`pincha ana shunday korxonaga ekskursiyaga borish imkoni bo`lmaydi. Mazkur mavzudagi o`quv kinolentasi esa o`quvchilarning tabiiy sharoitlarda xodisalarni va ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita idrok qilishni ta’minlaydi. Bu metoddan texnologiya va mehnat jarayonlarini borishi, mashinalar va ularning ish rejimini o`rganish uchun, stanoklar, mashinalarning ishidagi nuqsonlarini aniqlash, mehnat usullari va ularning elementlarini o`rganish vaqtida foydalanish mumkin. Mustaqil kuzatishlar jarayonida o`quvchilarda texnologiya va mehnat jarayonining borishini to`gri va tez aniqlab olishga oid sensor ko`nikmalar va malakalargina emas, bir-biriga o`xshash xususiyatlar, hodisalar faktlarni guruhlarga ajratishda, ulardagi o`xshash va farq qiluvchi belgilarni topishda, xulosalar va umumiy fikrlar chiqarishda namoyon bo`ladigan intellektual faoliyatni rivojlantirish ham ro`y beradi. O`quvchilarning mustaqil kuzatishlarini quyidagi sxema asosida tashkil etish va o`tkazish maqsadga muvofikdir. 1. O`qituvchining kuzatish ob’ektlarini tanlashi. 2. Kuzatishga oid yakka va zvenoga rejalangan topshiriqlarni tayerlash va berish; bu topshiriqqa kuzatish vaqtida aniqlanishi lozim bo`lgan masalalar aniq ifodalangan bo`lishi lozim. 3. Bevosita kuzatishlarning bajarilishi (kuzatishni qanday olib borish, qanday tizimda va izchilliqia o`tkazish kerakligi haqida yo`l-yo`riq beriladi). 4. Kuzatish natijalarini yozma, grafik hisobotlar tarzida rasmiylashtirish. 5. Kuzatish natijalarini jamoa ravishda muhokama qilish va ularga baho berish. Mehnat ta’lim darslarida mustaqil kuzatishga oid vazifalar o`z murakkabligi, xarakter va mazmuniga qarab o`qituvchi tomonidan turli muddatlarga berilishi mumkin. O`quv ustaxonalarida o`tkaziladigan mashgulotlar vaqtidagi mustaqil kuzatishlarning turlaridan biri sifatida o`quvchilarning ob’ektiv o`quvchilar vaqtini belgilash maqsadida amaliy ishlarni bajarish vaqtida o`z mehnat faoliyatini mustaqil kuzatishni aytish mumkin. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, o`quvchilar har yili yoki bir necha yil mobaynida takrorlanib turadigan eng tipik va izchil ish turlarini bajarish vaqtida o`z faoliyatlarini mustaqil xronometraj qilishlari lozim. Har bir o`quvchi mustaqil xronometraj jarayonida sekundomerdan foydalanib, xro-nometraj xaritasida har bir mehnat operatsiyasiga ketadigan haqiqiy vaqt sarfini qayd qiladi, ulardan butun mahsulotni ishlash uchun ketadigan umumiy vaqt hajmi hosil bo`ladi. Bunday kuzatishlar uzoq vaqt davom etishi (uch oy, yarim yil davom etishi) mumkin. Ular o`quvchilarning o`zi uchun mehnatni rejalashtirish usullarini o`rganish ma’nosida juda foydalidir va o`quv ustaxonalari uchun ham qimmatlidir, chunki tayyorlanadigan buyumga ketadigan ob’ektiv o`quvchilar vaqtini aniqlash imkoni tutiladi, bu hol birinchi navbatda mehnat va kasb ta’limining tashkiliy tomonini yaxshilashga yordam beradi. O`quvchilar yaxshi kuzata bilishlari uchun ularda ana shu sifatni mehnat ta’limining hamma bosqichlarida: ko`rsatma qo`llanmalarni, o`quv filmlarini, buyumlar va mehnat usullari-ning aniq namunalarini ko`rsatish bunday vaqtda bebaho metodik vosita bo`lib xizmat qilishi mumkin. Mehnat darslarida ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalanish metodining samarali bo`lishi quyidagi talablarga rioya qilinishiga bog´liqdir: 1. Ko`rsatma qo`llanmalarni namoyish qilish vaqtida ularning barcha o`quvchilarga yaxshi ko`rinadigan bo`lishini ta’minlash zarur. 2. Ko`rsatma qo`llanmalar o`quv materiali mazmunining eng muhim belgilarini aks ettirish lozim. 3. Bayon qilinayotgan materialning mazmuniga to`la-to`kis muvofiq keladigan ko`rsat-malar namoyish qilish kerak. Ortiqcha kuzatish ob’ektlari bo`lmasligi lozim, chunki ular o`quvchilarning diqqatini chalgitishi mumkin. 4. O`qituvchi ko`rsatilayotgan narsaning o`quvchilar tomonidan idrok etilishi jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim. Mehnat usullarini ko`rsatish mehnat va kasb ta’limining mehnat usullari operatsiyalari, jarayonlari va ularning elementlarini o`rganish vaqtida foydalaniladigan alohida metodidir. Yangi mehnat operatsiyasini o`rganish vaqtida o`qituvchi undan o`quvchilar o`zlashtirib olishi zarur bo`lgan eng muhim mehnat usullarini alohida ajratib ko`rsatishi zarur. Mehnat usulini ko`rsatishni shartli ravishda to`rt bosqichga bo`lish mumkin: 1. O`qituvchining mehnat usulini ish sur’atida ko`rsatishi. 2. Mehnat usulini alohida elementlarga (ish va ish bajarishdagi harakatlarga) ajratish va ulardan har birini sekin sur’at bilan ko`rsatish. 3. Mehnat usulini ish sur’atida takroriy ko`rsatish. 4. O`quvchilarning ko`rsatilgan mehnat usulini (uning elementlarini) sinov tariqasida bajarish bilan o`zlashtirishni tekshirish. Mehnat usulini ko`rsatish vaqtida uning o`quvchilariga yaxshi ko`rinadigan bo`lishini ta’minlash zarur. O`qituvchi mehnat usulini ko`rsatar ekan. Uning ayrim elementlarini qanday bajarish usullarini batafsil tushuntirib berishi lozim, chunki mehnat usulini ko`rsatishning o`zi hali o`quvchilarning o`z oldilariga qo`yilgan vazifalarni anglagan holda to`g´ri tushunib olishlarini ta’minlamaydi. Masalan, o`quvchilarning metallarni qirqish bo`yicha mehnat operatsiyasini bajarishi vaqtida o`qituvchi bu operatsiyadan shunday mehnat usullarini, ya’ni ish o`rnida gavdani qanday tutish, zubilani chap qo`l bilan ushlash, zarb elementlarini (barmoqlar, tirsak va elka bilan) ishlab chiqishni alohida ajratib ko`rsatadi. So`ngra yuqorida ko`rsatilgan bayon qilish metodikasiga amal qilib, ulardan har birini tushuntirib va ko`rsatib beradi. Mehnat usulining elementlarini o`quvchilar yaxshirok, tushunishlariga imkon be-rish uchun ba’zan tushuntirish vaqtida pauza qilish, ayni vaqtda ularning diqqatini ko`rsatilayotgan narsaga qaratish muhimdir. Masalan, o`qituvchi zubilani chap qo`l bilan ushlashni tushuntirar ekan, o`quvchilarning diqqatini uni faqat uchta barmoq bilan ushlashga va uni kaftda qattiq ushlab turmaslik lozimligiga qaratadi. Qolgan ikki barmoq (ko`rsatkich va bosh barmoq) bo`sh bo`lishi, hatto zubilani ham ushlamasligi kerak. O`qituvchi zubilani bunday ushlash ancha samarali, xavfsiz bo`lib, jismoniy kuchni tejashini va ish sifatini yaxshilashini tushuntirib berishi lozim. O`qituvchi boshqa asboblar, uskunalar va mashinalar bilan mehnat va hunar usulini ko`rsatish vaqtida tushunish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan mehnat va hunar usullari va ularning elementlari aks ettirilganligini hamda ularni rangli plakatlardan ham foydalanmogi kerak. O`quvchi-larning yaxshi tushunishi uchun mehnat va hunar usullarini elementlarga bo`lish vaqtida, ularni bajarishda ayniqsa uzoq vaqtgacha cho`ziladigan mashqlarga berilib ketmasligi kerak, chunki bu mehnat harakatlarini birmuncha to`xtatib qo`yishga va ulardan mehnat va hunar usullari va operatsiyalariga o`tishda birmuncha qiyinchilikka sabab bo`lishi mumkin. Mehnat usullarini ko`rsatish vaqtida o`qituvchi o`quvchilarning diqqatini va qiziqishini ko`rsatilayotgan narsaga qaratishi ularni mehnat harakatlarini faol va ongli ravishda o`zlash-tirishga undashi zarur. Mehnat va hunar usullarini ko`rsatishning samaradorligi mehnat o`qituvchilarining malakasiga bogliq bo`lib ularning o`zlari ham bu usullarni nuqsonsiz baja-rishlari talab qilinadi. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling