Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Elektron darsliklardan foydalanish


Download 170 Kb.
bet11/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

Elektron darsliklardan foydalanish
Elektron darsliklar o`zida turli o`quv fanlariga oid o`quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarni jamlab, kompyuter texnologiyasi vositasida ta’lim jarayonini tashkil etish va samarali ta’lim metodlarini qo`llash orqali fanlarga oid o`quv materiallarining samaradorligi o´zlashtirilishini ta´minlashga yo´naltirilgan o´quv adabiyoti bo´lib to´rt toifaga bo´linishi mumkin.
1-toifa: o`quv materialini faqat verbal (matn) shaklida taqdim etadigan
2-toifa: o`quv materialini verbal (matn) ikki o`lchamli grafik shaklida taqdim etadigan:
3-toifa: ma’lumot uch o`lchamli grafik ko`rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida taqdim etiladigan
4-toifa: material ovozli va uch o`lchamli fazoviy ko`rinishda bo`lib o`rganuvchini “ekran olami” da stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi obektlarga nisbatan harakat-lanish tasavvurini yaratadigan elektron darslik.
Barcha toifadagi elektron darsliklar o`quv jarayonining samaradorligini oshirishda va talabalarning mustaqil bilim olishlari hamda masofaviy o`qitishni tashkil etish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Ammo, mehnat ta’limi yo`nalishi o`quv rejasida ko`zda tutilgan fanlar, shu jumladan “Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo`llash metodikasi” fani bo`yicha 3 toifadagi, yani axborot-pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan multimediali elektron darsliklar muhim ahamiyatga ega. Chunki multimediali vositalar o`quv jarayonida quyidagi muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga ega:
- differentsial va individual o`qitish jarayonini tashkil etish;
- o`qish jarayonini baholash, teskari aloqaning mavjudligi;
- o`zini o`zi nazorat qilish va tuzatib borish;
- o`rganilayotgan fanni namoyish etish va ularning dinamik jarayonini ko`rsatish;
- fan mavzularida animatsiya, grafika, multpipkatsiya, ovoz kabi komp’yuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
- multimedia vositalaridan o`quv jarayonida dasturli vositalar yordamida foyda-lanish. O`quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini (virtual stendlar, virtual labora-toriyalar) yaratish uchun zamin hozirlaydi.
Elektron darslikdan foydalanishdan asosiy maqsad yangi axborot ta’lim metodini shakllan-tirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo`llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligi, sifati va unumdorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o`quv manbalari elektron-o`quv darsliklarini keng qo`llash, ularning ma’lum ma’no-da kutubxonalarini tashkil etish, ta’limning masofadan o`qitish usullarini joriy etish va umum-jahon elektron o`quv tizimiga kiritishdan iborat.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling