Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 170 Kb.
bet2/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

II. Asosiy qism
Texnologiya fanida o’qitish shakllari
O`qitish shakli deganda o`quvchilarining aniq mashgulot (dars) dan ko`zda tutilgan maqsadga erishishi uchun mehnat talimi o`qituvchisi rahbarligida o`quv materalini ongli va faol ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan o`quv tarbiya faoliyatini tushunmoq kerak. Shundan keyin mehnat talimida foydalanadigan xilma-xil shakillar masalasini oydinlashtirish zarur. O`quvchilarning o`quv ustaxonasidagi o`quv mehnat talimi ishlarining assosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashgulotdir. O`quv mehnat ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: o`quvchilar tarkibining doimiy va ularning bilim (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bo`lishi, mashgulotning qat’iy jadval asosida, o`quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt davom etishi mehnat ta’limi o`qi-tuvchining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil o`qitish metodlaridan foydalalanish darsni frontal, zvenolab va(yakka-yakka) shaklda olib borish imkoniga ega bo`lishdan iborat deyish mumkin.
Shunday qilib dars o`qitish jarayoniga tashkiliy aniqliq kiritadi va mehnat ta’-limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, o`quvchilarning yuqori unumdorligi bilan o`qishini hamda dam olishini ta’minlashga imkon beradi. Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida o`quvchilarga mehnat qilish yuzasidan qo`yilgan vazifalarni xal etish uchun faqat ayrim darslarni yaxshi tashkil etishni o`zigina kifoya qilmaydi. To`g´ri va uygun tashkil etgandagina darsning mazmuni va to`la maqsadga muvofiq, ochilishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga o`xshash xar xil dars turlarini qo`llash mumkin:
1) Kombinatsiyali (o`qitish jarayonining hamma zvenolarini o`z ichiga olgan) dars:
2) Operatsiyalarni o`zlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish mehnat priyomlarini o`r-ganishga) bagishlangan dars:
3) Kompleks ishlarni bajarishga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan ilgari o`rganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) bagishlangan dars:
4) Kontrol-tekshirish sinov, topshiriqlari va malaka olishga bagishlangan dars (chorak oxirida,yarim yillik, o`quv davrida).
Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan o`quv ustaxonasida tashkil etilishini e’tiborga olib shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, o`quvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning bajarilishiga qarab) darsni tashkil etish shakli ham tanlanadi (ishni-darsni frontal-butun sinf uchun, zvenolab, yakka-yakka va aralash turdagi).
Masalan, o`quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bo`lsa (bolga, tayyorlash kalit yasalpva hokozo). Darsning frontal shaklini qo`llash mumkin. Bu xolda o`qituvchi o`quvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va hamma o`quvchilarga nisbatan qo`yiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnalogiyasining to`gri bajarilishini kuzatib boradi.
O`quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga yakin lekin xarakteri ya’ni konstruktsiyasi boshqa-boshqa bo`lgan hollarda darsni zvenolab tashkil etish ma’qul, masalan, tokarlik stanogini yig´ish (murakkab mahsulot vositasida o`rgatib-o`qitish)da master ishni uzellarga ajratadi (uzatishlar qutisidezliklar qutisi, keyingi skoba va shunga o`hshash ) va har bir uzelni 2-3 kishilik zvenoga topshiradi. Yigish operatsiyalariga oid hamma umumiy ma’lumotlarni master frontal instruktaj tarzida o`quvchilarga aytib beradi, har bir uzelning o`ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning o`ziga aytadi. O`qitishning bu shaklidan foydalanganda masterning ish hajmi, ayniqsa joriy instruktajda, frontal formadagidan ko`ra ancha ortadi.Biroq bun-dagi xilma-xil ishlar sonning ko`p bo`lishi (stanokning turli uzellari), o`quvchilarda professional bilimlarning o`sishigagina emas, balki politexnik bilimlari doi-rasining kengayishiga ham yordam etadi.
Individual (yakka) o`qitish shaklini sinfdagi ko`pchilik o`quvchilar konstuktsiyasi har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bo`lgan ishlarni bajarganlarida qo`llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan:o`quv ustaxonasi uchun xilma-xil mayda buyurtmalardan,yoki dona xisobi uncha katta bo`lmagan turli-tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bo`lishi mumkin. Bunday hollarda master tayyorlanishi kerak bo`lgan buyumlarning tayyorlanish texnalogiyasi analiz qilib chiqib, o`quvchilarga frontal instruktaj tarzida umumiy belgilarni (ma’lumotlarning) va yakka shaklni qo`llaganda aytiladigan ma’lumotlarni oldindan ajratib qo`yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan ma’lumotlar ko`proq bo`ladi.Ko`ramizki, darsni individual shakl asosida tashkil etganda, master ko`proq tayyorgarlik ko`rishi kerak bo`lar ekan, bunda darsning induvidual shakli va induvidual instruktajdan iborat ikkita tushunchani bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual instruktajni har qanday shaklda tashkil etilgan darsda qo`llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida kamroq, induvidual shakldagi darsda esa ko`proq bo`ladi.
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida ko`rsatib o`tilgan uchchala dars shakllarining elementlaridan tarkib topadi.
Shuni ham ta’kidlab o`tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy shakllarni ham qo`llash mumkin. Masalan, o`quvchilar brigadasi shaklidagi o`qitish ishlab chiqarish sharoitida, dars shaklini qo`llash mumkin bo`lmagan hollarida qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim ko`pincha ko`mir koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xo`jaligiga tegishli ko`pgina ixtisos ishchilarini ta-yyorlashda qo`llash mumkin.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling