Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O`quvchilarni tanlagan ixtisosi bo`yicha o`qitish


Download 170 Kb.
bet5/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

O`quvchilarni tanlagan ixtisosi bo`yicha o`qitish
Ammo kasb-hunar kollejida (o`quv kombinat, maktab) o`quvchilarni ular tanlagan ixtisos bo`yicha o`qitish uchun moddiy baza bo`lmasa, o`quvchilarni korxonadagi o`quv sexlarida va maxsus ajratilgan uchastkalarda o`qitish formasidan foydalanish mumkin. Bu forma o`quvchilarni o`quv ustaxonalarida o`qitish formasiga o`xshaydi, farq shundaki korxonada o`quvchilarga korxona xodimi asosiy vazifadan ozod qilingan instruktor raxbarlik qiladi. Bundan tashqari ish ob’ektlari sifatida korxona tsexlarning buyurtmalari ham bajariladi. Bu esa o`quvchilarni ayni korxonaning unumli mehnatiga yondoshtirish uchun eng ma’qul tadbirdir. Biroq bunda kirish instruktaji, joriy va yakuniy instruktaj o`tkazish uchun zarur sharoitning bo`lmasligi, o`qitish formasining samara-dorligini kamaytiradi.
Nihoyat, sinfdan tashqari mashgulotlar uyushtirishning so`nggi shakli texnik ijrochilik to`garaklaridir. Sinfdan tashqari mashgulotlarning tashkiliy formalarini o`rganishga kirishishdan avval ishdagi bu bosqichning o`quvchilar professional maxoratini o`stirishdagi axamiyatini aniqlab olish kerak. Gap shundaki, o`quvchilarning darslarda oladigan bilim, o`quv va malakalari faqat programmada belgilangan minimumdan iborat bo`ladi. Holbuki, ko`pchilik o`quvchilar zamonaviy texnikaga qiziqadilar. Shu sababli ularning turli texnika to`garaklarda qatnashuvlari texnikaga doir bilimlarini o`z qiziqish va qobilyatlariga muvofiq ravishda rivojlantirishga imkon beradi. Xuddi shu texnika to`garaklarida ayrim o`quvchilarning mohirligi konstruktorlik va texnik ijodchiligi namoyon bo`ladi.
Shunday qilib, o`quvchilarning texnik ijodchilik to`garaklarida jiddiy shug´ullanishi o`zlari tanlagan hunarni muvaffaqiyatliroq va sifatliroq egallashga yordam etadi. Texnika to`garaklari “Mohir qo`llar„ (“qo`li gullar„), “Aviomodelchilar” „Kema-modelchilar” konstruktor va boshqa nomlar bilan tashkil etilishi mumkin. Bu to`ga-raklarning tashkilotchilari va rahbarlari, ishlab chiqarish masterlar va o`qituvchilar bo`lishi mumkin. Bunda to`garaklarga kimlarni yozish ishni qanday tashkil etish, to`garak ishlarining natijalarini qanday tashviqot tashkil kerakligini alohida eslatib o`tishimiz lozim. Faqat to`garak ishlarini tashviqot qilishning eng ma’qullari (ko`rgazmali texnika kechalari, texnikaga bagishlangan olimpiyadalar, devoriy gazetalar, lektsiyalar, suhbat, konkurs va hokozo)gina texnika ijodligi to`garaklariga o`quvchilarning ko`plab jalb qilishi mumkin.
Savollar:
1) Mehnat ta’limida qanday o`qitish shakllarini bilasiz ?
2) Malakali ishchiga biriktirib o`qitish deganda nimani tushunasiz?
3) O`qitishni frontal, zveno, yakka-yakka, aralash shaklari qay vaqtda qo`llaniladi ?
Tayanch iboralar: o`qitish shakllari; malakali ishchi; o`quv sexlar.
Mehnat ta’limining tashkiliy shakllari:
Mazkur mavzu yuzasidan DTS va dasturi o`zlashtirish lozim bo`lgan materiallar:
1) Masalaning kontseptual asoslari.
2) Amaliy mashgulot (dars) kasb ta’limi sohasidagi ishning asosiy shakli.
3) Laboratoriya ishlarida olib boriladigan tadqiqotlar va ularning texnologiyalari.
4) Korxonaga ekskursiyani tashkil qilish texnalogiyasi.
5) Mehnat ta’limidagi frontal, zveno va yakka holatdagi shakllari ularni tashkil etish texnologiyasi.
DTS va dastur yuzasidan uddalashi lozim bo`lgan ishlar:
1) Mazkur mavzudagi kontseptual asoslarning shakllanishini ma’lum modelga keltirib, uni ta’riflay olishni.
2) Amaliy mashgulotni olib borish texnologiyasini ishlab chiqishni.
3) Laboratoriya ishlarida olib boriladigan tadqiqotlar maqsadini tashkil etilishini hamda texnologiyasini ishlab chiqishni.
4) Korxonaga ekskursiyani olib boriladigan texnologiyasini ishlab chiqishni.
5) Mehnat ta’limi tizimidagi darslarning har bir shaklini model holatiga keltirib, ularni asoslash va ta’rifini dars maqsadi bilan uzviyligini isbotlanishni.
Sh. Mazkur mavzuga doir matnlar.
1. Amaliy mashgulot (dars) mehnat ta’lim sohasidagi ishning asosiy shakli;
Mehnat ta’limi tizimidagi darslarning har bir shaklini model holatiga keltirib, ularni asoslash va ta’rifini dars maqsadi bilan uzviyligini isbotlanishni.
Sh. Mazkur mavzuga doir matnlar.
1. Amaliy mashgulot (dars) mehnat ta’lim sohasidagi ishning asosiy shakli.
Tashkiliy shakl deganda o`qituvchining qo`yiladigan maqsadga erishishi uchun o`quv-chilarning mehnat va o`quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish usulini tushunmoq kerak.
Mehnat ta’limining asosiy-tashkiliy shakli sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin.
1) Amaliy mashglot.
2) Amaliy laboratoriya tadqiqoti.
3) Korxonaga ekskursiya o`tkazish.
4) O`quvchilarning mashgulot jarayonida 3-4 boladan iborat bo`lgan ishlab chiqish.
5) O`quv tsexlarida va maxsus ajratilgan uchastkalarda o`qitish.
6) O`quv-ishlab chiqish amaliyoti.
7) Mehnat mashgulotlarini tashkil etishning frontal, zveno va yakka holdagi shakllari.
Amaliy mashgulot jarayonida dastur mavzusining mazmuni ochib berilgan, mehnat ta’limi va tarbiyaning maqsadlari va vazifalari amalga oshiriladi.
Demak, amaliy mashgulot deganda o`quvchilarning o`quv materialini faol, ongli va mustaxkam o`zlashtirilgan maqsadida mehnat o`qituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jamoa, ham yakka holda ish turlarini o`z ichiga oladigan o`quv mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak.
Mehnat sohasidagi amaliy mashgulotlar turli xilda bo`lishi, ya’ni yangi texnik-texnologik ma’lumotlarni mehnat operatsiyalarini o`rganishga, bilimlarni, mehnat ko`nikmalari va mala-kalarini mustahkamlashga, nazorat-tekshirish ishlar, korxonalarga ekskursiyalar o`tkazish va hokazolarga bag´ishlangan mashg´ulotlar bo`lishi mumkin. Lekin o`quv ustaxonalarida o`tkaziladigan amaliy mashgulotlarning turlari xilma-xil bo`lishiga qaramasdan, ularning hammasi quyidani umumiy talablarni qondirish lozim:
1) Mashgulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifodalangan bo`lishi lozim.
2) Mashgulotning tarkibini didaktik jihatdan ketma-ket (bilim ko`nikma, malaka, mahorat) va o`quv materialining mazmuniga to`liq javob beradigan bo`lishi kerak.
3) Amaliy ishlarning ob’ektini to`gri tanlanishi, ijtimoiy foydali qiymatga ega bo`lishi va o`rganiladigan mehnat operatsiyalari va usullarining talablariga muvofiq kelishi zarur.
4) Mashgulotning foydalaniladigan mehnat ta’limi metodlari dars talablariga va o`quv materialining mazmuniga to`liq javob berish lozim.
5) O`quv ustaxonalarida mashgulotning tashkiliy-metodik tuzilishi o`quv o`quvchilar bilan jamoa va yakka holda ish olib borishni nazarda tutish kerak
6) Mehnat ta’limi bo`yicha amaliy mashgulotlarda o`tkaziladigan ta’lim ishlari tarbiyaviy tavsifga ega bo`lishi, ya’ni maktab va KHK o`quvchilarida qayta ko`rish ma’naviy sifatlarni tarkib topishiga yordam berishi lozim.
Mehnat sohasidagi amaliy mashgulotlar turlarining xilma-xilligiga qaramasdan, ulardagi umumiy didaktik elementlarni ham ta’kidlab o`tish kerakki, bular o`quvchilarni navbatdagi o`quv materialini o`zlashtirish uchun jalb qilishga qaratilgan mashg´ulotlarni uyushtirish; o`quvchilar ilgarigi mashgulot o`zlashtirgan bilimlar, mehnat ko`nikmalari va malakalarining darajasini tekshirish yangi materialni tushuntirish va mehnat operatsiyalarini hamda amaliy ishlarni bajarish vaqtida va mehnatida usullarini ko`rsatib berish; o`quvchilarning yangi mavzuga oid operatsiyalari va ishlarni bajarish vaqtida ularning bilimi, mehnat usullari darajasini aniqlash; mehnat usullarini mashqlari bilan mustahkamlash va ularni dastlabki mehnat ko`nikmalari darajasiga etkazish. Bunda mehnat o`qituvchisining puxta nazorot qilishga erishish; amaliy topshiriqning mustaqil bajarilishi va o`tgan mashgulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
Yuqorida sanab o`tilgan elementlar amaliy mashgulotning tarkibini tashkil etadi. Shunday qilib, amaliy mashgulot tarkibi deganda didaktik elementlarning qat’iy izchilligi va o`zaro boglanishidagi nisbatni tushinish kerak, ular esa mashgulot maqsadlari va o`quv materiallarining mazmuni taqozo qiladi.
Amaliy-laboratoriya ishlarida olib boriladigan tadqiqotlar va ularning texnalogiyalari
Amaliy laboratoriya tadqiqotlar mehnat mashgulotning shunday turidirki, unda maktab va KHK o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida maxsus uskunalar, asboblar, aparatura yordamida turli tadqiqotlar, tajribalar, kuzatishlar olib boradilar, o`lchamlarini amalga oshiradilar.
Amaliy-laboratoriya tadqiqotini faqat umumiy ta’lim fanlari yuzasidagina emas, balki mehnat ta’limi bo`yicha o`tkazish ham maqsadga muvofiqdir, o`quv ustaxonalari, maxsus kabinetlar, laboratoriyalar o`quv tajriba uchastkalar va hokozolar amaliy laboratoriya tadqiqot uchun baza bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Amaliy laboratoriya tadqiqoti o`quvchilarga turli jihozlar, asboblar, moslamalar bilan ishlay olish ko`nikmasini hosil qilish imkonini beradi: o`lchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqish hamda to`gri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqishni o`rgatadi. Masalan, VII sinfda „metallarga termik ishlav berish”, degan mavzuni o`rganish vaqtida o`quvchilar po`latning termik ishlov berishdan oldin va keyingi fizik-mexanik xossalarini (turli asboblar, moslamalar yordamida va charxlash vaqtida chiqargan uchqunga qarab po`latning qattikligini, mustah-kamligini, egiluvchanligini); termik ishlov berish rejimini (isish darajasini muhim va toblovchi muhim xususiyatlari va hokozolarni) tekshiradilar.
Amaliy laboratoriya tadqiqoti laboratoriya jihozlarini, asboblarini. Tekshiriladigan ob’ektlarni o`quvchilar uchun topshiriq kartochkalarini va hisobot shakllarini tayyorlash yuzasidan kata va sinchikovchilik bilan ish olib borishni talab qiladi. Amaliy laboratoriya tadqiqoti ham frontal, ham zveno, ham yakka usulida o`tkazilishi, shu bilan birga unda o`quvchilarga yakka instruktaj berish ham ko`zda tutilishi kerak.
Amaliy laboratoriya tadqiqoti natijalari jamoa ravishda muhokama qilinadi va shundan keyin o`quvchilarga baholar qo`yadi.
Shuni ham aytish kerakki ko`pgina didaktik omillar va metodlariga kiritishga moyildirlar haqiqatdan ham ular o`z mazmuni va ta’rifiga qarab o`tkinchi tavsifga egalar, ya’ni bir gal ular ta’limning tashkiliy shakli sifatida (bu mashg´ulotlar to`liq, dars bag´ishlanganda), boshqa holda esa ular ta’lim metodlari sifatida maydonga chiqadi, bu unchalik uzoq davom etmaydi va dars hamda mashgulotning tarkibiy qismi bo`ladi.
Bu borada kasb ta’limi bo`yicha amaliy-labaratoriya tadqiqoti ta’limining tashkiliy shakli sifatida qarab chiqiladi.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling