Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Bunda kombinat ishlab chiqarishining yetakchi tarmoqlaridan bo‘lgan transport sohasining munosib hissasi bor


Download 254.33 Kb.
bet1/12
Sana23.06.2023
Hajmi254.33 Kb.
#1652057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nilufar diplom tayyori.





. Kirish.


Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Bunda kombinat ishlab chiqarishining yetakchi tarmoqlaridan bo‘lgan transport sohasining munosib hissasi bor. Hozirgi kunda sohada 10 mingdan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilishadi hamda 4,2 mingdan ziyod turli rusumdagi avtotransport vositalari va mexanizmlar ishlab chiqarish rejalarini bajarishga safarbar etilgan. Kombinat tizimida Avtomobil transporti ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi, hududiy boshqarmalardagi transport bo‘limlari, 2 ta Avtomobil transporti boshqarmasi, 25 ta avtokorxonalar va avtotransport taʼmirlash sexi faoliyat olib bormoqda.
Kombinat transportchilari joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 153 million kub metr tog‘ jinslarini tashib berib, respublikamiz iqtisodiy ravnaqiga o‘zlarining arzigulik ulushlarini qo‘shishdi. 2020 yilda tog‘ jinslarini tashish ko‘rsatkichi 2019 yilga nisbatan 25 foizga ortiqroq bo‘lishi kutilayapti.
Kombinatda ayniqsa, og‘ir yuk tashuvchi texnikalar imkoniyatlaridan yuqori unum bilan foydalanilayotgani quvonarlidir. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida sohaga texnik va texnologik o‘zgarish, zamonaviy, unumdorligi yuqori bo‘lgan texnika va uskunalarni jalb qilish loyihalari izchil amalga oshirilmoqda. 2017-2020 yillarda og‘ir yuk tashuvchi va tog‘-kon texnikalari tarkibi muntazam yangilanib borildi va bugungi kunda 45 tonnadan 220 tonnagacha bo‘lgan og‘ir yuk tashuvchi avtoag‘dargichlar soni 370 tadan oshdi. Joriy yilning o‘tgan davrida dunyoning Caterpillar (AQSh), Komatsu (Yaponiya) va BelAZ (Belorus) kabi yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 45 tonnadan 90 tonnagacha og‘ir yuk tashuvchi 62 ta avtoag‘dargichlar, shuningdek, frontal yuklagichlar, avtogreyderlar, tirkamali va g‘ildirakli buldozerlar xarid qilindi.
Kombinatda mahalliy avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga yetarli eʼtibor berilayapti va import o‘rnini bosish maqsadida korxonaning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun to‘qqiz oyda respublikamizda ishlab chiqarilgan 224 ta turli avtotransport texnikalari xarid qilindi. Bular yengil avtotransport, yo‘l qurilishi va kon texnikalari, yuk va yo‘lovchi tashuvchi hamda maxsus avtotransport vositalaridir.
Markaziy va Shimoliy kon boshqarmalarining Avtomobil transporti boshqarmalari hududida chet ellik yirik hamkor kompaniyalarimiz “Zeppelin International AG” (Caterpillar) va “IKO Machinery” (Komatsu) bilan birgalikda 2020 yilda haydovchilarning malakasini oshirish uchun kon avtoag‘dargichining dinamik simulyatorini o‘z ichiga olgan maxsus o‘quv majmuasi hamda ko‘chma kon uskunalari keltirilib o‘rnatildi va foydalanishga topshirildi. Yuqori texnologiyali kon uskunalaridan samarali foydalanish bo‘yicha murabbiylar va operatorlar o‘qitildi.
Joriy yil boshida Markaziy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi o‘quv markazida virtual tarzda 3D texnologiyasi asosida gidronasoslarni yig‘ish va yechish chilangarlarini o‘qitish va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan trenajyor foydalanishga topshirildi. Hamkorlar tomonidan kelgusida simulyator uchun qo‘shimcha dasturiy mahsulot, yaʼni yo‘l-qurilish texnikalarining operatorlarini o‘qitishga mo‘ljallangan qo‘shimcha modullarni yetkazib berish rejalashtirilgan.
O‘quv markazini modernizatsiya qilish doirasida NKMK mutaxassislari uchun Caterpillar va Komatsu uskunalarining innovatsion tizimlari, shu jumladan "CAT Product Link" tizimlari bo‘yicha o‘quv dasturi o‘tkazildi.
Avtotransport xodimlarining saʼy-harakatlari bilan 2020 yilning o‘tgan davrida 7 million 461 ming nafardan ziyod yo‘lovchi tashishga erishildi. Ularga kombinatning 500 dan ortiq avtobuslari xizmat ko‘rsatdi, shulardan 64 tasi joriy yilda olingan. Ishchi-xizmatchilarning munosib hordiq chiqarishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va respublika bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirishni ko‘zlab kombinatga sovutish tizimi, audio va video uskunalar, sovutish kamerasi bilan jihozlangan va boshqa qulayliklarga ega 2 ta “Yutong” rusumli zamonaviy avtobuslar keltirildi.
Kombinatning avtotransport korxonalarida bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti. So‘nggi yilda Markaziy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi “Muruntov” koni maydonchasida qaytadan taʼmirlangan va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ichki yonuv dvigatellari uchastkasi foydalanishga topshirildi. “Auminzo-Amantoy” koni maydonchasida avtotransport garaji barpo etilayapti. Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi “Ko‘kpatas” koni maydonchasida zamonaviy yoqilg‘i-moylash laboratoriyasi hamda joriy taʼmirlash uchun mo‘ljallangan binolar qurilmoqda.
Kombinatda 2020 yilda ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va yoqilg‘i-moylash materiallaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Rejaga muvofiq joriy yilda umumiy qiymati 42 milliard 634,8 million so‘mlik 4 ming 177,3 tonna dizel yonilg‘isi, 301 tonna benzin va 118,3 tonna motor moyini iqtisod qilish mo‘ljallangan. Avtotransport korxonalarida iqtisodiy tejamkorlikka erishishni ko‘zlab har bir uchastkada yonilg‘i-moylash materiallaridan oqilona foydalanilganligi evaziga 2020 yilning 9 oyida 33 milliard 715,2 million so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
Kombinat avtotransportchilari oldida yilni yaxshi natijalar bilan yakunlash hamda tog‘ jinslari va boshqa tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, ishchi-xizmatchilarni ish joylariga olib borish va olib kelish yuzasidan rejalarni oshirib bajarishdek masʼuliyatli vazifalar turibdi. Ayni paytda avtotransport korxonalari jamoalari bor kuch va imkoniyatlarini ana shu vazifalarni sharaf bilan bajarish yo‘lida safarbar etayaptilar.

. TEXNALOGIK JARAYON





Download 254.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling