Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O`quv ishlab chiqarish brigadalari


Download 170 Kb.
bet3/16
Sana14.03.2023
Hajmi170 Kb.
#1266992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

O`quv ishlab chiqarish brigadalari
Bunday sharoitlarda mehnat ta’limi o`qituvchisi odatda o`quvchilarni aloxida o`quvchilar birgadalariga ajratadi, bu birgadalaridagi har biri muayyan o`quv-ishlab chiqarish topshirigini bajaradi. Bu topshiriqlarning o`quv maqsadi va mazmuni bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, bir birgada marten pechiga xizmat qilishiga o`rgansa, ikkinchisi gaz generatorlariga xizmat qilishni, uchunchisi esa nazorat-o`lchash asboblarini kuzatishi va xokazo o`rganishi mumkin. Bunday xollarda o`qituvchi o`quv birgadalarini o`rganiladigan zonalar chegarasida almashtirib turish grafigini tuzishi kerak, toki har bir brigada, masalan, metallurgiya butun bir kompleksiga xizmat qilishdagi hamma ish usullarini bilib o`rganib oladigan bo`lsin.
O`quvchilarni korxona sharoitida o`rgatishning yana bir shakli, ularni ishchilar bri-gadasiga qo`shib o`qitishdir. Bu shaklni, masalan, slesar-remontchi, yiguvchi santexnik, mantajchilar, shuningdek, qurilish ixtisoslari kabi ixtisoslarda qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Bu shakl asosida o`quvchilarga ishlab chiqarish ta’limi berish shundan iboratki, yuqorida aytilgan ixtisoslarga doir ishlab chiqarish birgadalariga umumsleserlikka yoki boshqa biron tayyorgarligi bo`lgan bir yoki bir necha o`quvchi biriktiriladi.Bu holda ish-lab chiqarish ta’limi o`qituvchining vazifasi davri ravishda joriy instruktaj o`tkazib turish, kundalik topshiriqning tavsif va xajmini aniqlab turishi, beriladigan topshiriqning mavzusi tegishli kirish instruktaji va ish natijasiga bagishlangan yaku-niy instruktaj o`tkazishdan iborat bo`ladi. Lekin o`quvchilar turli ob’ektlarga tarqa-tilgan bo`lishi tufayli o`qituvchi xar bir o`quvchiga topshiriq berish va undan ishni qabul qilib olish imkonidan mahrum bo`ladi. Shu tufayli bu holda o`quvchilarni o`qitish (o`rgatish) vazifasi qisman ishchilar brigadasi a’zolariga yoki brigadirning o`ziga topshiriladi. Ishchilar brigadasida ishlovchi o`quvchilarga ish haqi ularning ancha past malakasini va sarf qilgan mehnatini hisobga olib xisoblanadi. O`quvchilar ishchilar brigadasi ba’zan o`qilgan (o`rganilgan) dasturini tizimli ravishda bajarish tamoyili buziladi.Chunki ishlab chiqarish mashgulotlar o`qituvchi ishchilar bajaradigan ishga turini (bu ish turi programmaning ayni davrida o`rganiladigan ishga mos kelmagan taqdirda ham) o`zgartira olmaydi. Lekin o`quvchilarning ish bilan doir ta’min etilib turishi, ilgor texnologiya va ilgor mehnat usullaridan foydalanish imkoniga ega bo`lishi, ishlab chiqarish kabilar bu kamchliklarni qisman bo`lsada qoplaydi.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling