Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Ta’lim vositalarining rivojlanish istiqbollari
Download 170 Kb.
|
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi
Ta’lim vositalarining rivojlanish istiqbollari
Kasb-hunar kollejlarining o`quv-moddiy bazalari hozirgi zamon o`quv jarayonida bir necha yo`nalishda rivojlanmoqda: ta’lim oluvchilarning o`quv texnika vositalariga nisbatan ijobiy yondoshuvi va ulardan samarali foydalanishga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish; o`quv ko`rgazma vositalarini qo`llash; o`qitish vositalarining o`zaro aloqadorligi va bogliqligi; Hozirgi paytda to`rtta yo`nalish-dagi yangi informatsion texnologiya o`qish jarayonida qo`llanilmoqda: 1. Nashriyot texnologiyalari. 2. Telekommunikatsiya. 3. Katta maketlar va ommaviy axborot vositalari. 4. Kompyuter robototexnikasi. Hozirgi kunda ilg’or texnologiyalardan foydalanish borasida qator qarorlar qabul qilingan. Ushbu texnologiyalardan foydalanishga tibbiyot xodimlari va psixolog mutaxassislar tekshi-ruvidan so`ng ruxsat berilishi lozim. O`qitish vositalarining afzalligi ularning yuqori texnologik imkoniyatlari bilangina emas, balki eng avvalo o`qitish samaradorligini oshirishdagi pedagogik xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu vositalarning ayrim didaktik imkoniyatlarining ko`rsatib o`tish kifoyadir. Masalan: tabiiy va texnikaga oid fanlarni o`rganish jarayonida yangi infor-matsion texnologiyalar asosidagi o`qitish vositalari tizimi, xususan, asbob va moslamalar majmui o`rganilayotgan shaxsga izlanishni keng ko`lamda olib borish imkonini beradi. Masofadan o`qitish kompyuter texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. O`qitish jarayonini kompleks ravishda tashkil etishga katta ahamiyat beriladi. O`qituvchi-pedagog bu tizimni mukammal bilishi shart. O`qitish vositalari turli xil funktsiyalarini bajarish bilan birga qator imkoniyatlarga ham ega. O`qitish jarayonlari uchta asosiy funktsiyani bajaradi: ma’lumot berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish. O`qitish jarayo-nini ko`rgazmali tashkil etishda kompleksli o`qitish, pedagogik jarayonning barcha asosiy funktsiyalari o`qitish vositalari orqali amalga oshiriladi. O`qitish jarayonini o`qitish vositalari bilan taminlashda iqtisodiy yondoshuv zarur. Tanlangan kasb-hunarning istiqbolli ekanligi va ommaviyligi o`qitish vositalarining kompleksligi asosida loyihalashtirilishi kerak. Ikkinchi, shunday vostilarni tanlash va yaratish kerakki, ular o`quv-tarbiyaviy masalalarini eng kam sarf xarajatlar bilan amalga oshirishni tamin-lasin. O`qitish vositalaridan kompleks foydalanishning samaradorligi ularni qo`llashda ratsional jihozlanishga nisbatan aniq talab va tavsiyalar qo`yilishi lozim. Talab va tavsiyalar esa quyidagilardan iboratdir: Ko`rgazmali qurol, tarqatma material va darsda qo`llanilayotgan o`qitish vositalari kera-gidan ortiq darajada qo`llamaslik; Darsda qo`llaniladigan vositalar (plakat, sxema, model, maket, ulyaj, detal va boshqalar) har doim oldindan ko`rib chiqib tanlab olingan va foydalanish tartibda tayyor bo`lishi kerak; Texnik vosita va boshqa ko`rgazmali qurollarda oldindan ishlatib ko`rish lozim; Individual qo`llash uchun tanlangan didaktik ko`rgazmali qurollar va boshqa qo`llanmalar barcha ta’lim oluvchilar uchun etarli bo`lishi kerak; Ko`rgazmali qurollarning etarli darajada ko`tarishi va eshitilishini ta’minlash; Har bir didaktik materialning qo`llanilish maqsadi va o`rnini aniq rejalashtirib olish. Masofadan o`qitish o`quv jarayonini oliy darajada tashkil etish va o`quv mate-rialini translyatsiya (uzatish orqali) qilish imkoniyatini beradi. Masofadan o`qitishni tashkil qilish turlari quyidagichadir: Saqlanib qo`yilgan o`quv materialini kompyuter o`qitish vositasi yordamida uzatish; Turli masofada joylashgan guruhlarga yagona materialni uzatish; Fan arboblari, pedagog novatorlar, uslubchilarning lektsiya va mashgulotlari tasvi-rini uzatish; Telekonferentsiya va munozaralar jarayon tushirilgan tasvirni uzatish; O`quv uslubiyat materiallarining almashuvini taminlash. Telekommunikatsiya ti-zimlarining qo`llanishi yangi pedagogik va kasbiy bilimlarni eng qisqa muddatda uza-tishni imkoniyatini beradi. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi o`qitishning yana bir yo`nalishini media o`qitishni vujudga keltiradi. Bunda ta’lim oluvchilar turli xil ommaviy vositalari (gazeta, jurnallarni, TV, kino, radio, video va boshqa) mazmunini egallab olishga tayyorlash yo`nalishida olib boriladi. Umuman olganda yangi tashkil qilingan va modernizat-siyalashgan o`qitish vositalarida quyidagi o`ziga xos an’analar mavjud: Qo`llanmalarining sonini qisqartirish (tanlanganlik, keraklilikva yetarlilik); Ularni funkt-sional imkoniyatlarini kengaytirish (ko`plab funktsional tamoyillari); O`qitish vositalarini komplektlashvaular tizimini ishlab chiqish sharoitini yaratish; Ta’lim oluvchilarning mustaqil o`qishi, chunonchi, turli o`qitish darajalarda ilmiy tekshirish va tajriba ishlari majmualarini yaratish; Maxsus yo`naltirilgan modul majmualarni yaratish. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling