Mehnat tarbiyasi. Reja: Tarbiya haqida tushuncha. Mehnat tarbiyasi haqida tushuncha


Download 14.92 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi14.92 Kb.
#1159841
Bog'liq
Mehnat tarbiyas-WPS Office


Mehnat tarbiyasi.
Reja:
1.Tarbiya haqida tushuncha.
2.Mehnat tarbiyasi haqida tushuncha.
3.Alloma va mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlari.
4Mehnat tarbiyasining maqsadi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi. Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining Tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda Tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning Tarbiyasi bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi Tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan. Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, „mehnat taʼlimi“, „kasbga yoʻnaltirish“, „politexnik taʼlim“, „kasb taʼlimi“ singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin. Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-yil 29-avgust)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodga kasbiy ta’lim-tarbiya berish jarayonni mukammalashtirish uchun kasb-hunar pedagogikasining umum bashariy yutuqlari bilan birgalikda milliy pedagogikamizning yutuqlari, Markaziy Osiyo mutafakirlarining pedagogik qarashlaridan foydalanish muhum ahamiyat kasb etadi.
“Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyatlar paydo bo’ldiki-degan edi Prezdentimiz I.A.Karimov –biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz tomirlariga qaytib, o’tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog’imiz kerak” (I.A.Karimov: O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtsodiy istiqbolining asosiy tamoyilari, -T.: “O’zbekiston” ;1995. -9 b.) Shu ma’noda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishda, ayniqsa milliy hunarmandchilik va zamonaviy industrial kasblarda o’ziga xis mehnat mazmuniga etibor qaratish talab etiladi. Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunarli kishilarni hunardmand deb atashgan hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy holatini hunarmandchilik bilan bog’lagan. Chunki Markaziy Osiyonong qo’li gul ustalari yaratgan san’at durdonalari kishilarga zavq beradi. Zero har bir davr hunarmandchilik namunalarida insonlarning go’zallik tuyg’ularini tarbiyalaygdigan o’sh davrning g’oyalari, maqsadlarida orzuvlari ifodalangan. Har bir hunarmand o’z huarini faqat o’ziga xos mehnat mazmunlari bilan boyitib, hunarini rivojlantirib kelgan. Shunda har bir usta o’z davrida hunarning mehnat mazmunida yangi qurollarini ijod qilib boyitgan. Shuning uchun buyuk ajdodlarimiz o’z asarlarida har bir hunarga xos fikrlarda ifodalaganlar. Ulardan biri bunday degan edi : “Ey inson agar dono bo’lay desang , hunarmand bo’lishni o’yla, hunarmandchilik sababidan izzat-hurmatga erishasan agar hunardan bebahra bo’lsang quruq soyasiz daraxtga o’xshab qolasan. Ey farzand aqlu farosatli va ilmu hunarli kishilar bilan do’st bo’l. Hunarsiz kishida xosiyat bo’lmaydi. Mehnatdan, ilmu hunar o’rganishdan uzoqlashma”. Axloqshunos olim Majid Havofiy hunarmandchilik to’g’risida bunday degan edi: Kasb va hunarmandlarni ezozla, hunarmandchilikka ruju qo’ygan xalqning hurmat va e’tibori oshadi”. Payg’ambar Dovut alayhissalom temirchilik, al-Farobiy bog’bonlik shoir Sakkokiy pichoqchilik shoir Zavqiy esa mahzido’zli bilan tirikchilik o’tkazgan. Bobomiz Xo’ja Baxoviddin Naqishband ham hunarmandchilik bilan shug’ullanib, Turkistonda birinchilikdan bo’lib odamlarni hunar o’rganishga va hunarmandchilik bilan shug’ullanishga chorlaganlar. Bugun sharq mutafikirlarining kasbiy ta’lim-tarbiya usullariga qayta-qayta murojat qilishimiz zaruratga aylanmoqda. Sharq qomusiy olimlari pedogogika va kasbiy pedogogika muammolariga kasb talimi tarbiyasini maqsadlari, mazmuni shakli va usulariga doir e’tibor bilan qaratgan. Ular aqliy va jismoniy mehnat jarayonida shaxsning shakllanishiga qatiy ishonganlar. Al-Kindiyning fanlar klassifikatsiyasida kasbiy talimda muntazamlikda davriylik etakchi bo’lishligi takidlanadi. Sharq mutafakkirlari xalqimiz manaviyati, oilada yoshlar tarbiyasining yaratuvchilik rolini chuqur his qilgan holda, ularning dono fikrlarini asarlari orqali ifodalaganlar.
A. Donish bilim va hunar egallamay, o’zining nasl – nasabi bilan maqtanib yuradigan yoshlarni qatiy tanqid qiladi. Uning fikricha bunday yoshlar biror ijobiy fazilatga ega emas, ular hosil bermaydigan mevali daraxtga o’xshaydi, undaylarning jamiyatga foydasi tegmaydi, aksincha zararli ta’sir ko’rsatadilar.
Boshqa buyuk sharq mutafakkirlari mehnat va kasb to’g’risidagi fikrlarini quyidagicha ifodalaydi:
A. Navoiy: “Umrni zoya etma mehnat qil mehnatning saodatini kalitini bil.”
X. Dehlaviy: “Ba’zi kun yoshlar safida bo’za ammo, ish tadbirini keksadan izla. ”
Al-Beruniy: “ Har shirin jon qilsa harakat, harakatga qarab topar barakat.”
X. Dehlaviy: “O’ylasang hayotning salohiyatining, harakatga o’ydagi mehnatning ham mohiyatini.”
X.Dehlaviy: “Ishni ko’rib ko’plar shimranadi, ko’proq bajarganini eng yaxshi deng. ”
Shunga o’xshash misralarni sharq mutafakkirlari asalarida juda ko’plab topishimiz mumkin.
Katta avlodlarga o’zlarida kasb-hunar yuzasidan to’plagan bilimlarini o’rgatib borgan taqdirdagina shu jamiyatda rivojlanish bo’lishi mumkin. Shunday ekan, mustaqil Respublikamizda tarkib topayotgan demokratik asosdagi jamiyatni rivojlantirish yangi avlodga kasb hunar yuzasidan tajribalarni egallab olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmoq lozim. Kattalar kasb-hunar tajribalarini egallab olgan yosh avlod, uni tajribalar, kashfiyotlar va ixtirolar bilan kengaytiradi, boyitadi, rivojlantiradi va takomillashtiradi. Shu tufayli kasb hunardan tajribalar to’planib boradi, bilimlar ko’nikmalar tizimlari hosil bo’ladi. Bir avlodning boshqa bir avlodga kasbiy mehnat tajribalarini o’rgatishi kasb hunar tarbiyasi jarayonida sodir bo’ladi. Keng ma’nodagi kasb-hunar tarbiyasi deganda, biz insonning muayyan bir ijtimoiy-iqtisodiy mehnat funksiyalarini bajarishga tayyorlash uchun unga aniq bir maqsadga qaratilgan va tizimli holda ta’sir ko’rsatishini tushunamiz. Yangi avlodlar mehnat tarbiyasi vositasida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy hayotning turli sohalarida qatnashishga tayyorlanadilar. Fan, texnika, texnalogiya, madaniyat, ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlarning uzviy holatda rivojlanib borishiga qarab kishilarning tajribasi ham ortib xilma-xil bo’lib borgan. Bu esa ana shu tajribani yosh avlodga o’rgatishni qiyinlashtiradi. Tajribalardan malumki yaxshi kasb –hunar tarbiyasini olmagan o’quvchi bilan ishlash ancha muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Buning asosiy ildizi oiladagi “ ota- kasb” va “Ustoz-shogird” kabi ijobiy muhit yaratilishi ota bilan onaning hamkorligining mavjudligidan kelib chiqadi.
Shu o’rinda A. Rudakiyning: “Har kimki hayotdan olmasa ta’lim, unga o’rgata olmas hech bir muallim”, degan misralarini keltirish mumkin.
Shunday ekan biz har birimiz hayotdan ta’lim olib kelajagimiz bo’lgan yosh avlodlarni mustaqil davlatimizning ishonchli a’zolari qilib tarbiyalashda Sharq mutafakkirlarining pedagogik merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Insоn, hаr bir hunаrning mоhiyatini, yaхshi vа yomоn sifаtlаrini bilgаnidаginа ungа оid bilimlаrni mukаmmаl egаllаshi, hunаrmаndlаr аhlini qo’llаb-quvvаtlаshi mumkin.
Dаrhаqiqаt, shаrq, mutаfаkkir аllоmаlаri, buyuk mа’rifаtpаrvаr оlimlаr Аbu Rаyhоn Beruniy, Muhammad Хоrаzmiy, Аbu Аli Ibn Sinо, Mirzо Ulugbek, Sufiy, Аhmаd Dоnish, Аbu Nаsr Fоrоbiy, Musliхiddin Sа’diy SHerоziy, Аlisher Nаvоiy kаbilаrning yozib qоldirgаn durdоnа аsаrlаri insоnning аxlоqiy kаmоlоtini ijоdiy аnglаshdа ilhоmbахsh vа tugаlmаs mаnbа bo’lаdi. Ulаr o’z аsаrlаridа yosh аvlоdgа vаtаnpаrvаrlik mehnаtsevаrlik, do’stlikkа sаdоqаt, sоfdillik, haqiqatgo’ylik, mаrdlik vа jаsоrаtlilik kаbi fаzilаtlаrni tаrbiyalаsh zаrurligini qаyd qilаdilаr, ulаrgа tоshbаg’irlik, yovuzlik, tekinхurlik, yalqоvlik, bахillik kаbi yarаmаs оdаtlаr tа’sir ko’rsаtishining оldini оlish kerаkligini uqtirаdilаr.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Masalan:
Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik va o‘z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» rivolasida milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: «Milliy istiqlol mafkurasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir fuqaroning munosib turmush darajasini ta'minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va vatan manfaati bilan o‘zaro uyg‘unlashtirib yashashga undaydi. ... Har bir fuqaroning farovonligi – butun jamiyatning farovonligidir, g‘oyasini ilgari suradi», - deb ta'kidlanishi ham bejiz emas.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Internet materiallari
Www.arxiv.uz
Www.ziyo.com
"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" 2000-2005
Download 14.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling