18 yoshga to‘lmagan shaxslarga — 30 kalendarь kun;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendarь kun.
Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonunchilikka muvofiq uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi.
pedagoglarga - 48 kalendarь kun;
pilotlar (uchuvchilar) - 45 kalendarь kun;
deputat, senatorlar, sudьyalar - 36 kalendarь kun;
prokuratura organlari xodimlari, qutqaruv xizmatlari, bojxona xizmati xodimlari, ichki ishlar organlari xodimlariga - 30 kalendarь kun.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yoki boshqa normativ hujjatlarda belgilanganidan tashqari, mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berish nazarda tutilishi mumkin.
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarga (137-modda);
og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.
Korxonalarda qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) belgilanadi.
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendarь bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.
Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |