Mehnat unumdorligi va mehnatga haq to`lash геология фанлар университети Bajardi: Jononmirzayeva Mahliyo
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Download 1.31 Mb.
|
mehnat iqt
7
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES 245-modda. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilash Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning o‘zida belgilanadi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir. Ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning mehnatiga haq to‘lashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas. O‘z mehnat majburiyatlarini bajargan xodimning mehnatiga soatbay haq to‘lashning eng kam miqdori tegishli kalendar yilda olti kunlik ish haftasidagi ish soatlarining o‘rtacha oylik miqdoriga bo‘lingan, bir oyda mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas. Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ish haqiga ustamalar, boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish, tungi vaqtdagi ish uchun to‘lovlar, tuman koeffitsiyentlariga doir to‘lovlar hamda boshqa kompensatsiyaga oid va ijtimoiy to‘lovlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga kiritilmaydi. 8 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida: 📈 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 920 000 so‘m; 📊 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so‘m; 📊 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so‘m; 🙋 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so‘m; 📍 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so‘m; 🚫 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so‘m; 📄 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 500 000 so‘m; 👥 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so‘mdan iborat. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling