Mehnat unumdorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari
Download 228.29 Kb.
|
Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kurs iwi 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili.
- 3- rasm . 2020 yil 1 yanvar holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi, % 16
3. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari. Mehnat unumdorligi-korxona faoliyati samaradorligini umumlashtirivchi ko`rsatkichdir. Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi- uning o`sish imkoniyatlarini, ya`ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tahlil jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
Mehnat unumdorligining osish sur`atlari; Mehnat unumdorligini o`sish bo`yicha ishlab chiqarish rejalarini bajarilish darajasini; Turli omillarning mehnat unumdorligiga ta`sir darajasini; Mehnat unumdorligini ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga ta`siri. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlashga yo`naltirilgan. Aniqlangan imkoniyatlardan foydalanish natijasida mehnat unumdorligini o`sishi quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: Ishlovchilar soning mutloq kamayishi; Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshishi; Talabga ega bo`lmagan mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatish; Mehnat unumdorligi o`sishining ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash korxonaning bazis davrdagi faoliyatini o`rganishdan boshlanadi. Mehnat unumdorligini pasayish sabablaridan biri ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik rivojlanish rejasini bajarmasligidir. Shuning uchun tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasining bajarilishini joriy qilingan chora-tadbirlar soni, ishlab chiqarish xarajatlar xajmi, har bir tadbirdan haqiqatdagi olingan iqtisodiy samara bo`yicha baholash muhimdir. Bunday reja bajarilishini tahlil qilish uchun joriy qilinganlik haqidagi aktlardan foydalanib, ularda chora-tadbirlar mazmuni, ishlab chiqarish harajatlari, joriy qilish muddatlari, iqtisodiy samara ko`rsatilgan bo`ladi. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishning vazifalari quydagilardan iborat: mehnat unumdorligining haqiqatdagi ko`rsatkichlarini reja va bazis ko`rsatkichlardan farq qilish sabablarini aniqlash: u yoki bu chetlanishlarga sabab bo`lgan har bir omilni foydani o`sishi yoki kamayishiga ta`sir qilish darajasini aniqlash; amaldagi oshirilgan tashkiliy texnik chora-tadbirlar haqiqatdagi samaradorligini belgilash; ishlovchilarni va mehnat sarfini qisqartirishning foydalanilmagan imkoniyatlarini aniqlash; umuman korxona va uning bo`linmalari bo`yicha mahnat unumdorligi holatini baholash; korxona foydasini oshirish uchun aniqlangan rezervlardan foydalanish bo`yicha tashkiliy texnik chora-tadbirlar ishlab chiqish. Tahlil uchun axborot bazasi bo`lib mehnat bo`yicha mehnat bo`yicha yillik va davriy hisobotlar (sttistik va buxgalteriya hisobotlari, kadrlar bo`limi ma`lumotlari va boshqalar) xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalardagi xojalik yurituvchi subeyiktlarning faoliyatida mehnat unumdorligi muhim ahamyatga ega. Chunki mehnat unumdorligi tarmoq yoki korxonaning kelajakdagi belgilab beradi. Mehnat unumdorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo`lib keladi. Ayniqsa hozirgi payitda bu masala yanada keskin qo`yilmoqda. Buning sababi shundagi, mehnat unumdorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda unumdorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikirlar muvjud. Ayrim olimlar mehnat unumdorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to`rtinchilari esa qo`shimcha mahsulot deb ko`rsatadilar. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish kuchlarining oshish mehnat unumdorligi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqarish kuchlari o`z-o`zidan oshavermaydi. Ular ishlab chiqarish munosabatlarining har bir bosqichda asta-sekinlik bilan oshadi. Aynan mana shu munosabatlarning takomillashishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga turtki bo`ladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish kuchlari qanchalik yuqori darajada bo`lsa, mehnat unumdorligi ham shunga mos ravishda bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, mahnat qurollarining takomillashishi, ishlab chiqarish jarayoni bilan bo`lgan tajriba, malaka va ko`nikmalarning oshishi, nihoyat, raqobatbardosh mahsulotlarning yaratilishiga olib keladi. Bu xususda, V.I.Indelmenov “Zamonaviy va takomillashgan ishlab chiqarish vositalari hamda nisbatan uyqori malakali hodimlari o`z ichiga qamrab olgan ishlab chiqarish kuchlari mehnat unumdorligini oshirish kafolatidir. Bu eng avvalo, mehnat sarflari birligiga to`g`ri keladigan mahsulot birligining oshishda va ishlab chiqarish tannarxining pasayishda namayon bo`ladi9.” Lekin, ikkinchi tomondan, mehnat unumdorligi ham o`z navbatida ishlab chiqarish kuchlariga ta`sir qiladi. Ishlab chiqarishga sariflanayotgan mahnat takomillashgan va unumdorligi qanchalik yuqori bo`lsa, ular tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalari sifati ham mahsulot miqdori ham shunchlik yuqori bo`ladi. Shunday ekan, ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirishda malakali mehnat va yuqori ishlab chiqarish tajribasiga ehtiyoj tug`iladi. Bu ishlab chiqarish kuchlari va mehnat unumdorligi o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikning bir tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundaki, mehnat unumdorligi “insonlar o`rtasida muayan bir mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste`mol qilish bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarda yuzaga keladigan munosabatlar”ni namayon qiladigan ishlab chiqarish munosabatlariga bog`liqdir. Kishilar moddiy boyliklarni yaratish jarayonida ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Shuning uchun ham ular nafaqat tabiatga, balki bir-birlariga ham ta`sir o`takzadilar. Natijada ular o`rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi. Bundan xulosa qilish mumkunki, iqtisodiy munosabatlar mehnat va uning unumdorligiga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Agar iqtisodiy munosabatlar eskirsa, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ham, mehnat unumdorligining o`sishi ham to`xtaydi. Yangicha iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish kuchlarini harakatga keltiuvchi dvigetel va mehnat unumdorligi oshishning garovi bo`lib xizmat qiladi. Ta`qidlash joizki, mehnat unumdorligi har qanday iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish kuchlari darajasi va iqtisodiy munosabatlar tavsifi bilan bevosita bog`liq. Fan-texnika taraqqiyoti, mashinalashga ishlab chiqarishning amalyotga keng miqyosda qo`llanilishi, yollanma mehnat eksplutatsiyasi jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga imkoniyat yarati. Buning natijasi mehnat unumdorligi ham oshdi. Shunday qilib, umumiqtisodiy qonunlar tarkibiga kiruvchi mehnat unumdorligining oshib borish qonuni jamiyat taraqiyotining barcha bosqichlarida ish vaqtini tejash ob`ektiv zaruriyat ekanligini ko`rsatadi. Lekin vaqtni tejash, uning miqyosi va qo`llanilishi ishlab chiqarish hususiyatlardan kelib chiqqan holda har xil bo`ladi. Bu turli xil ishlab chiqarish usullaridagi aniq bir iqtisodiy shart-sharoitlar bilan bog`liq. Bundan ko`rinadiki, hususiylikdan umumiylikka o`tish jarayoni amalga oshadi. Gap shundaki, ishlab chiqarish munosabatlari huddi insonlar o`rtasidagi muayyan bir mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste`mol qilish bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarda yuzaga keladigan munosabatlar kabi mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash darajasiga bevosita ta`sir qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlarining qay darajada bo`lishi ish vaqtining tejalishi uchun muayyan bir shart-sharoit yaratadi. Ayrim holatlarda iqtisodiyotda ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan noratsional yoki samarasiz foydalanish natijasida mamlakatda ishsizlik oshib ketadi yoki aksincha. Iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga qanchalik keng imkoniyat yaratsa, iqtisodiyotda mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, yillar o`tishi bilan iqtisodiy munosabatlar ham o`zgaradi, bu esa ishlab chiqarish usullari va shart-sharoitlariga ta`sir qiladii, natijada mehnat unumdorligi ham shunga mos ravishda o`zgaradi. Hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyot sharoitda mehnat unumdorligining oshib borish qonununi bilish va undan tog`ri foydalana olish xayotiy zarurdir. Ushbu ko`rsatkichni turli sohalarda turlicha aniqlashi bo`yicha bir qancha yondashuvlar mavjud. Chunki har bir soha va tarmoqning o`ziga xos hususiyatlari ushbu ko`rsatkochlarni aniqlashga bo`lgan yondashuvlarni ham turlicha bo`lishini taqazo qiladi. Ammo barcha holatlarda ham bitta metadologik yondashuv bor. Uning mazmuni yaratilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmini uni yaratishda ishtirok etgan xodimlar soniga bo`lishi yo`li bilan aniqlanadi. Biroq natija ko`rsatkichi uchun qaysi holatda qanday ko`rsatkichni olish va xodimlar sonining ham qaysi turini olish masalasi hamisha muommo bo`lib kelgan. Ushbu ko`rsatkichlarning aniqlik kiritish mazkur ko`rsatkichning ta`rifiga nazar tashlashni maqsadga muvofiqdir. Ammo iqtisodiy adabiyotlarda uning ta`rifiga deyarli to`xtatilmagan. Faqat mehnat unumdorligi ko`rsatkichining qanday aniqlashi va uning mazmunigagina ahamyat berilgan. Bu borada xam bir qancha fikirlar aytilgan. Masalan E.A.Markaryan, G.P.Geresimenko va S.E.Markaryanlarning mehnat unumdorligini aniqlash yo`lari bo`yicha quydagicha qarashlar mavjud: "Bu“da ikkinchi ko`rsatkich bilan ifodalash tavsiya qilingan: Bitta xodimga va bitta ishchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan maxsulot”10 G.V.Savitskaya mazkur tushunchaga quydagicha ta`rif bergan “Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlar tizimida ifodalanadi, deb ko`rsatgan va asosiy umumlashtirilgan ko`rsatkich sifatida bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot olingan” O`zbekistonlik iqtisotchi olim Q.X.Abdurahmonov “mehnat unumdorligi” tushunchasiga bir muncha kengroq quydagicha ta`rif bergan: “mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat sarfiga nisbatan, ya`ni mehnat sarfi bieligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan o`lchaniladi” A.V.Vaxobov, A.Ibrohimov va N.Ishankulovlar mehnat unumdorligi tushunchasiga bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida yondashib, ular tomonidan berilgan ta`rifda mehnat unumdorligiga – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko`rsatkich sifatida qatatilgan va uni ifodalash uchun ham ko`rsatkichlar tizimidan foydalanish lozimligi uqtirilgan. Bunda bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha ishlab chiqarilgan mahsulot olingan.11 Professorlar M.Q.Pardaev, B.A.Hasanov va boshqalar “mehnat unumdorligi” tushunchasiga quydagicha yondashgan: “Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, chorak, yil,) ichida bitta xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan belgilanadi”12 Iqtisodchi olimlar SH.R.Xolmo`minov, X.M.Xakimovlar mazkur tushunchaga bir muncha kengroq yondashib, quyagicha ta`rif bergan: “Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashturuvchi, xususiy va yordamchi ko`rsatkichlar tizimi qo`laniladi. Umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarga bitta ishchining ishlab chiqargan o`rtacha yillik, o`rtacha kunlik va o`rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to`g`ri keladigan o`rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasi kiradi”13 I.T.Abdukarimov, L.G.Abdukarimova va V.V.Smainalar ham mehnat unumdorligini aniqlashga doir tadqiqotlar olib borib, ular quydagicha yondashilganligini ko`rishimiz mumkin. “Mehnat unumdorligi btta xodim tomonidan bir vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ifodalaydi va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (natural va qiymat ko`rinishida) o`rtacha bvand bo`lgan xodimlar soniga bo`lishi yo`li bilan aniqlaniladi”.Ko`rinib turibdiki, mehnat unumdorligini turli sohada turli olimlar aniqlashda turlicha yondashganlar. Bizning fikrimizcha, ularni nazariy jihatda bir xil holatga keltirib olish uchun ushbu ko`rsatkichning nafaqat aniqlash yo`llarini, balki nazariy jihatdan uning ta`rifini ham ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki mehnat unumdorligi ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Ushbu kategoriyaning nechog`lik amal qilishini bilish uchun uning ko`rsatkichlari aniqlaniladi. Agar mehnat unumdorligiga iqtisodiy kategoriya deb qaralsa, unung ta`rifini ishlab chiqish zarur, agar uning ko`rsatkich deb qaralsa, ushbu korsatkichlarning aniqlanishi yo`llarini qarab chiqish lozim. Taxlillarimiz shuni ko`rsatadiki, mamlakatimizada hozirgi kungacha nashr qilingan iqtisodiy adabiyotlardan ushbu masalaga, ya`ni makrodarajada mehnat unumdorligining ta`rifiga juda kam etibor qaratilgan. Ammo ushbu iqtisodiy kategoriya o`z mohiyatini yo`qotgan emas. Shuning uchun ham mehnat unumdorligining to`laroq ta`rifini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu nuqtai-nazardan biz ushbu kategoriyaning ta`rifini milliy darajasiga mos holda ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq deb topdik. Milliy iqtisodiyotda mehnat unumdorligi deganda, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida band bo`lgan xodimlar tomonidan muayyan vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmi yoki yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt birligi bilan o`lchanilishi tushiniladi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sariflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quydagicha aniqladi: MU =M/V(1) Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga, ya`ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.14 Ushbu ta`rifni nazariy jihatdan quydagicha asoslash mumkin. Birinchidan, mehnat unumdoligi hamisha ishlab chiqarish yoki hizmat ko`rsatish sohalarida band bo`lgan xodimlarning o`rtacha mehnat natijasini ifodalaydi. Shu tufayli unda yaratilgan maxsulotning ishlab chiqarishda band bo`lgan xodimlarga to`g`ri kelishi o`z aksini topgan. Ikkinchidan, iqtisodiyotda band bo`lgan xodimlarning mehnat natijasi malum bir vaqt birligida bajarilgan bo`lishi kerak. Shu tufayli ta`rifda xodimlarning ma`lumbir vaqt birligi olingan. Mahsulot xajmini muttasil oshirish va shu asosda xalqning turmush farovonligini oshirishdagi eng muhim omil bu – mehnat unumdorligini doimiy ravishda oshirib borishdir. Hukumatimiz qarorlari asosida ishlab chiqilgan ko`plab dasturlar ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda mehnat unumdorligi hal qiluvci ahamyat kasb etishi chuqur ilmiy tarzda tahlil qilib berilgan. Tadqiqotlar ko`rsatadiki, mehnat unumdorligini oshirish yo`llari juda ko`p va xilma-xildir. Bunda asosiy e`tiborni ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish evaziga avtomatlashtirish va mehanizatsiyalashtirish, innovatsiyalar hisobga yangi mashina va texnalogiyalarni joriy qilish, ishlayotgan dastgahlarni zamonaviylashtirish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqishini divsrsifikatsiya qilish, unda mehnatni ilmiy tarzda tashkil etishni yaxshilash, ish vaqtdagi yo`qotishlarni bartaraf qilish, xorij va o`zimizdagi sinalgan ilg`or ishlab chiqarish tajribalridan foydalanish, mehnatga haq to`lash va moddiy rag`batlantirish tizimini to`g`ri tashkil qilish kabilarga qaratishni taqazo qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda, mikrodarajada mehnat unumdorligini hisoblashda asosan quyidagi uchta ko`rsatkichni qo`llash mumkunligini qayd etilgan: Natural ko`rsatkichalar. Shatli-natural ko`rsatkichlar. Pul (qiymat) ko`rsatkichlar.15 Yuqoridagi ko`rsatkichlarning ma`lum darajada ijobiy va salbiy tomonlar mavjud. Masalan, natural ko`rsatkichlar bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo`llanilishi mumkin. Unda mehnat unumdorligi tonna, metr, dona va h.k. ko`rsatkichlar orilai hisoblaniladi. Bunga neft yoki ko`mir qazib chiqarishni misol qilib olish mumkin. Ushbu mahsulotlarning miqdori natural holda massa yoki hajm birliklarda ifodalanadi. Masalan, paxta yoki don yetishtirishda ham natural ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Bunda paxta yoki don yetishtirishda tonna yoki tsenterlarda ifodalash mumkin. Paxta yetishtirishda nafaqat mehnat unumdorligi, baki hosildorlikni ham tsenterdan ko`rsatish mumkin. Yengil yoki yuk avtomabillarini ishlab chiqarishni esa bir rusumda bo`lsa donalarda o`lchash ham mumkin. Ta`kidalsh joizki, keyingi yillarda mahsulotni ishlab chiqarish va mos ravishda mehnat unumdorligini ham natural yo`luvchilarni takomillashtirish yuzasidan ancha ishlar qilindi. Masalan, xom ashyodan yaxshiroq foydalanish maqsadida qog`oz ishlab chiqarish tarmog`ida qog`oz ishlab chiqarish oldingidek tonnalar emas, balki kvadrat metrlarda o`lchanadi. Natural ko`rsatkichlar hozirgi erkin iqtisodiyotga asoslangan bozor munosabatlari sharoitda xo`jalik mexanizmining eng zarur elementlardan biriga aylanib bormoqda. Chunki xodimlarga ham ishbay ish haqi to`lanishida asosiy o`lchov vositalaridan biri sifatida natural ko`rsatkichlardan foydalanish keng qo`llanilmoqda. Bunday yondashuv har bir kishining mehnat natijsini real ifodalash imkonini beradi va xodimlarni to`g`ri rag`batlantirishga erishiladi. Ammo natural ko`rsatkichlarning ayrim kamchiliklari mavjud. Bularga quyidigilarni kiritish mumkin:
agar korxona turli xil mahsulotlar ishlab chiqarilsa, ularning umumiy tarzda baxolash uchun natural ko`rsatkichda aniqlash qiyin; bir xil mahsulot ishlab chiqarilgan taqdirda ham ularning navi va o`lchami har xil bo`lganda ham ushbu korsatkichdan foydalanib bolmaydi. Shu tufayli ushbu ko`rsatkichning takomillashgan o`lchovlaridan biri bo`lgan shartli – natural ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Chunki ushbu ko`rsatkich orqali turli xil o`lchamdagi mahsulotlarni yagona o`lchovga keltirish mumkin. Bunga misol qilib, ot kuchi birligiga keltirib hisoblangan avtomabillar, traktorlarning matorini aytish mumkin. Bulardan tashqari, shartli bankada ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarini oladigan bo`lsak, uni ifodalash uchun quyidagilarni inobatga olish lozim. Masalan, kichik korxonada bir kunda 500 ta 3 litirlik, 250ta 2litrlik va 600ta 1litrlik bankada konserva ishlab chiqiladi. Agar ularning hammasini qo`shadigan bo`lsak, 1350ta banka (500+250+600) ishlab chiqarilganilgi to`g`risida xulosa qilish mumkin. Ammo bu notog`ri bo`ladi, chunki ularning har biri turli o`lchamga ega. Shu tufayli 2 litrlik bankaga moslashtirib, shartli banka misolida oladigan bo`lsak natija quyidagicha chiqadi: {(500*3):2} + {(250*2):2} + {(600*1):2} = 750 + 250 + 300 = 1300 dona. Ishlab chiqarilgan bankalar soni shartli natural, ya`ni taqqoslanadigan holda 1350 emas, balki 1300 ta ishlab chiqarilganligini ko`ramiz. Xuddi shunday hisob-kitoblarni boshqa bir qancha o`lchamlarda ham keltirish mumkin. Ammo hamma mahsulotlarni ham natural o`lchamda ifodalanishi qiyin. Shu tufayli universal o`lchov birligi sifatida qiymat ko`rsatkich qo`llaniladi. Bunga bir qancha sabablar bor: Birinchidan, iqtisodiy mexanizimlar va ularning harakati va umumlashgan ko`rsatkichlari qiymat o`lchovi amalga oshiriladi. Ikkinchidan, turli soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar ham pulda ifodalaniladi va mos ravishda to`lovlar ham shu o`lchamda amalga oshiriladi. Uchinchidan, turli mahsulotlar ishlab chiqariladigan korxonalarda natural va shartli – natural ko`rsatkichlarni qo`llash mumkin bo`lmagan joyda mehnat natijasini baholash uchun qiymat o`lchovidan foydalaniladi. Shu nuqtai-nazarda qiymat ko`rsatkichlari turli xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda oldin ham qo`llanilgan, hozir ham qo`llanilmoqda va keyin ham xuddi shunday bo`ladi. Chunki ushbu ko`rsatkich universal ko`rsatkich sifatida iqtisodiyotning makro va mikro darajalarida qo`llanilib keladi. Ta`kidlash joizki, qiymat ko`rsatkichlari korxona va birlashmalar ishini baholashda, uning natijalar bo`yicha moddiy rag`batlantirishda, ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashda, mehnat unumdorligini qiyosiy jihatdan tahlil qilishda muhim rol o`ynaydi. Korxonalarning ishlab chiqargan mahsuloti, bajarilgan ishi va ko`rsatilgan hizmatlari hajmi, mahsulot tannarxi va foyda ko`rsatkichlari ham qiymat o`lchovi aniqlanadi. Mehnat unumdorligi, asosiy vositalar samaradorligi va mahsulotga ketgan materiallar sarflari ham qiymat o`lchovida ifodalanadi. Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot ham, ular o`rtasidagi nisbat ham, realizatsiya qilingan tovarlar va sof mahsulot ham qiymat ko`rsatkichlarida hisoblanadi. Qiymati ko`rsatkichini qo`llashda ikkita shartini hisobga olish lozim. O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili. Bozor isloxotlari sharoitida mehnat unumdorligining ish bilan bandligini ta`minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy faol aholi tarkibida ish bilan band aholi soni yil sayin ko`patib bormoqda. Bunday o`sish tendensiyasi mamlakatimizning barcha hududlariga xos hususiyatga aylanmoqda. Xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda xizmatlar oʼsishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi toʼplamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini oʼz ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki koʼrsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar - yakuniy isteʼmolchilarga ham koʼrsatilishi mumkin. Hozirgi kunda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri boʼlgan xizmatlar sohasining oʼrni juda katta ahamiyatga egadir. Bu ishlab chiqarishning murakkablashuvi, bozorni kunlik va shaxsiy talabdan kelib chiqqan holda tovarlar bilan toʼldirish, jamiyat hayotini yangilovchi ilmiy-texnologik taraqqiyotning jadal oʼsishi bilan bogʼliqdir. 2020 yil 1 yanvarь holatiga xizmatlar sohasida faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shugʼullanuvchi korxona va tashkilotlar ulushi (38,6 %) yuqoridir. Buning sababi ushbu faoliyatning yuqori daromadliligi va ketgan xarajatlarni tez qoplay olishida. 3-rasm. 2020 yil 1 yanvar holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi, %16 Начало формы Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,8 % ga tengdir. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,9 % ga yetdi. Axborot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 % ni tashkil etdi. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 % ni tashkil qiladi. Конец формы Kichik tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega va shunga ko‘ra, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sishi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan, 2020 yil 1 yanvar holatiga ularning soni 46,2 mingtaga ko‘paydi va 199,9 mingtani tashkil etib, ularning o‘sishi 30,0 % ga oshdi. Joriy faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy natijalarini va xizmat ko‘rsatish korxonalarining istiqbolli rivojlanishini yaxshilash zarurati, bu ko‘p jihatdan miqdoriy va sifat holatiga, moddiy (asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar), ishchi kuchi (korxona xodimlari) kabi resurs potensialining tarkibiy qismlaridan foydalanish samaradorligi, xizmatlar va xizmatlar bozorida professional ishtirokchilarning tobora ortib borayotgan raqobatidan, manbalar shakli va hajmidan, axborot va moliyaviy manbalar xizmat ko‘rsatish sohasining turli tashkiliy-huquqiy tuzilmalarining resurs tarkibiy qismlarini ko‘paytirish uchun moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga bog‘liqdir. Download 228.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling