Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Bino unsurlarini erta eskirishi va uni oldini olish


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

12.7. Bino unsurlarini erta eskirishi va uni oldini olish 
Qurilish konstruksiyalari ekspluaatsiya qilishni jarayonida doimiy va 
muvaqqat yuklar keltirib chiqaruvchi kuchlar ta’siridan tashqari atrof muhitning 
tajavvuzkor ta’siri oschtida bo‘ladilar, buning natijasida esa ularning eskirishi 
tezlashadi. Tashqi muhitning tajavvuzkor ta’siri ostida qurilish konstruksiyalarida 
sodir bo‘luvchi eskirish korroziya deb ataladi. Jarayonning mexanizmi bo‘yicha 
koroziya quyidagi turlarga ajratiladi: 
1) 
ximiyoviy: 
2) 
elektroximiyoviy: 
3) 
fizik-ximiyoviy: 
4) 
fizik: 
konstruksiya ashyosning ximiyoviy koroziyasi tajovvuzkor muxit bilan o‘zaro 
ta’sir etish natijasida ashyoning qaytmaydigan o‘zgarishga olib keladi. 
Elektroximiyoviy korroziyaga atmosfera sharoitlarida eksplutatsiya 
qilinuvchi metall konstruksiyalar, hamda isitish, issiq va sovuq suv ta’minoti 
quvur 
o‘tkazgichlari 
tizimi 
va 
er 
osti 
konstruksiyalari 
duchor 


314 
bo‘ladilar.Strukturadagi qaytmas o‘zgarishlar metall- tajovvuzokr muxit chegarasi 
elektr toki hosil bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Eksplutatsiya sharoitlarida 
ko‘pincha konstrkutsiya ashyosi bilan tajovuzkor muhitning o‘zaro ta’siri natijasda 
uning jismoniy buzulishi sodir bo‘ladi. Agar korroziya konstruksiya bunday xodisa 
fizik ximiyoviy korroziya (bir necha komponentlarning ishqorlanishi natijasida 
kristallanishi) deb ataladi. Agar korroziya konstruksiya ashyosida ximiyoviy 
o‘zgarish sodir etmasa, u holda u fizik korroziya deb ataladi. 
Bino poydevor ko‘pincha sanoat oqovalari bilan ifloslangan minerallangan 
grunt suvlari bilan duch kelishi oqibatida suyuqlik poydevor ashyosining 
bo‘shliqlarga kiradi. Grunt suvning satxi pasayishi bilan ashyo bo‘shlig‘idagi suv 
har qanday holda bo‘lmasin yo‘qoladi. Bo‘shliqda faqatgina ma’lum bir miqdor 
tuz va boshqa moddalar qoladi. Bu jarayonning yillar davomiada takrorlanishi 
oqibatida fizik korroziya yuz beradi. 
Korroziya jarrrayoi suyuq tajavuzkor muhitda anchagina tezroq amalga oshadi. 
Konstruksiyaning quruq ashyosiga isbatan changsimon va qattiq zarrrchalardan 
iborat gaz holatidagi muhit tajavvuzkor hisoblanmaydi. 
Biroq qurilish kolnstruksiyasining yuzasida ashyoga nisbatan tajavuzkor 
bo‘lgan mineral moddaning to‘yingan eritmasidan iborat yupqa qatlam hosil 
bo‘ladi. 
Korroziya yuz beradigan joyda yuza qatlami buzulishining va uning 
mustahkamligini pasayishining o‘rtacha yillik tezligi bir necha yillar davomida 
(kamida uch yil) asliy tekshiruv ma’lumotlari ko‘rinishida aniqlanadi. Tajavvuzkor 
muhit tarkibi bir necha gaz bo‘lgan holda tajavvuzkorlik darajasi tajavvuzkorligi 
ko‘proq bo‘lgan gaz bo‘yicha qabul qilinadi. 
Qurilish konstruksiyalaridagi korroziya jarayonlarining hiddati gazli muxitning 
ta’sir darajasiga, hamda ashyoning zichligiga bog‘liq. /ovak ashyolar korroziyaga 
ko‘proq moyil hisoblanadi (ohaktoshlar, betonlar, g‘isht va boshqalar). Zich 
ashyolar (metallar, tabiiy tosh ashyolar) asosan tashqi yuzasidan korroziyalanadi. 
Tajavuzkor gazlar konstruksiyaning zich ashyolariga 2 sm gacha kirishi 
mumkin,beton kabi g‘ovakli ashyolarga esa 10 sm gacha chuqurlashishi mumkin. 


315 
Ashyolarning namligi yuqori bo‘lganida gazlar kislota hosil qilishi, bu esa o‘z 
navbatida konstruksiyani tez buzulishiga olib kelishi mumkin. Kislotalar 
metllarga, sementli betonlarga, silikat g‘ishtlarga va cho‘kindi tog‘ jinslariga 
nisbatan (ohaktosh, dolomit va boshqalar) tajavvuzkor hisoblanadi. Sopol 
buyumlar, g‘isht va suyuq shisha asosidagi betonlar kislota ta’siriga qarshi 
korroziya barqarorligiga ega,shubilan bir vaqtda ular ishqorlardan osongina
emirladi. 
O‘simlik va hayvon yog‘ining qurilish konstruksiyalariga bo‘lgan tajavuzkor 
shundan iboratki, konstruksiya ishga kirgan yog‘ kapillyar so‘riilish natijasida 
ashyo strukturasini qoqiluvchi pona holatda buzadi.
Qurilish konstruksiyalari havodagi namlik bilan va turli sanoat gazlari bilan 
qo‘shilib kuchli tajavuzkor muhit hosil qiluvchi changlardan jula tez 
korroziyalanadi. Turli moddalarning changi qurilish konstruksiyasining yuzasiga 
o‘tirib bug‘ va namlikni o‘ziga tortib oladi va tajavuzkor eritmalar hosil bo‘ladi.
Qurilish konstruksiyalariga nisbatan ta’sir etish tavsifi bo‘yicha tajavuzkor 
muhitlar 2 guruhga bo‘linadi: 
1) fizik faol; 
2) ximiyoviy faol. 
Fizik muhit konsturksiya ashyosida qaytmas o‘zgarishlar keltirib chiqarib 
uning ximiyoviy bog‘lamlarini buzmaydi.
Ximiyoviy tajavuzkor muhit esa fizik muhitdan farqli qaytmas o‘zgarishlarni 
ashyoning strukturasida bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bir vaqtda sodir etadi.
Tajovuzkor muhitning ayrim turiga biologik muhit aloqador. Ko‘pgina 
mikroorganizmlar (bakteriyalar, mikroblar, turli qo‘ziqorinlar) qurilish 
konstruksiyalarining ayrim ashyolariga nisbatan ko‘proq tajavuzkor hisoblanadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling