Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.4. Xavozalarni o‘rnatish va foydalanishda xavfsizlik qoidalari
a)Xavozalarning turlari.
Xavozalarning qurilmalari yengil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish oson va tez o’rnatilib yig’ishtiriladigan, ko’p marotaba ishlatilish imkoniga ega bo’lish lozim. Supa – ko’priklar ko’pincha qurilish montaj ishlarini bajarishda ishlatiladi. Ular yigma va blok shaklida bo’ladi. Xavozalarni ishlatish balandligiga qarab 5 metrgacha bo’lgani supa-ko’prik, undan yuqorisi xavoza deb yuritiladi. Qurilishda ko’pincha pardozlash ishlarida xavozalari va supa ko’priklar bilan bir qatorda kajavasimon osma xavozalar va teleskopik minoralar xam keng qo’llaniladi. Bular osma va ilmoqli bo’ladi. b) Xavozalardan foydalanishdagi jaroxatalanish sabablari. Xavozalarda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi uchta guruxga bo’lish mumkin: texnikaviy, tashkilish va psixofiziologik guruxlarga. 1.Texnikaviy sabablarga asosan xavozalar qurilmasidagi mavjud nosozliklar, qurilma qismlarining sifatsiz tayyorlanganligi, yuk ko’tarish qobiliyatirni aniqlanmaganligi, etarli darajada zahiraviy mustahkamligini yo’qligi va boshqalar kiradi. 2.Tashkiliy sabablarga esa havoda elementlarini o’rnatishda va yig’ishtirib olishda hamda foydalanish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar, himoya to’siqlarining va qurilma elementlarini sifatsiz o’rnatilishi ishchining kasbiga mos bo’lmagan ishni bajarishi va boshqalarni misol qilib aytish mumkin. 3.Psixofiziologik sabablarga birinchi navbatda ishchining ruhiy muvozanatining buzulishi ya’ni kayfiyati nosog’lom bo’lishi, uning balandlikda o’zini noxush his etishi, tibbiy nazoratdan o’tmasdan turib xavozaga chiqishi va hokazolar misol bo’la oladi. 334 13.4. Xavozalarni o‘rnatish va foydalanishda xavfsizlik qoidalari Xavozalarni qaysi maqsadga muvofiq tayyorlangan bo’lsa faqat shu yo’nalishda ishlatish lozim bo’ladi. Chunki ularda bajariladigan ishni turiga qarab yuk ko’tarish qobiliyati har xil bo’ladi. Xavozalarni o’rnatishdan oldin ularni ustunlari ostidagi poydevor va uning asosini tartibot loyihasida ko’rsatilganidek tayyorlash kerak, chunki xavozaning ustivorligi uning asosining mustahkamligiga bevosita bog’liq bo’ladi. Ularni o’rnatish jarayonida birorta qismini boshqa bir tasodifiy detal bilan almashtirish yoki qiyshayib qolgan elementlarni o’rnatish taqiqlanadi. Bu shartli talablarni e’tiborga olmaslik foydalanish davrida talofatga olib kelishi mumkin. Xavozaning 4 metr balandlikkacha barcha turlarini ish yurituvchi tomonidan texnik qabul qilingandan so’ng foydalanishga ruxsat etiladi, 4 metrdan baland bo’lgan xollarda esa ularni maxsus majburiy buyruq asosida tayinlangan komissiya tomonidan sinab qurilgandan keyin yozma bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi va shundan keyingina foydalanishga ruxsat etiladi. Xavozalarga ruxsat etilgan miqdoridan ortiq bo’lgan yukni chiqarish xam ularni qulab tushishiga sabab bo’ladi. Xavoza poliga qo’yiladigan yukning miqdori ularda bajariladigan ishning texnalogik xaritasida ko’rsatilgan miqdoridan oshmasligi lozim, masalan, gisht teruvchilar uchun xavozalarda qo’yiladigan yukning 1m 2 250 kgdan oshmaslgi kerak. Xavozalarda eng ko’p tarqalgan baxtsizlik qoidalari odamlarni balandlikdan qulab tushishi bilan bog’liq. Balandlikning xavfli chegarasi 1,1m dan boshlanadi va 5m dan yuqorisi o’ta xavfli xisoblanadi. Odamlarni qulab tushishiga ko’pincha himoya to’siqlarining yo’qligi, qavatlardagi polning notyokisligi va etarli darajada mustahkamlanmaganligi va qolaversa ish jarayonida ishchilar tomonidan xarakatlanish qoidalarini buzilishi sabab bo’ladi. Xavozalarga chikariladigan va ulardan tushiriladigan yuklar chigirlar yoki kutarma kranlar yordamida extiyotkorlik bilan keskin xarakat qilmasdan bajarilishi lozim. Yuk ko’taruvchi chig’irlarni erda o’rnatib xavoza qurilmasi bilan 335 bog’lamagan ma’qul. Chunki bu xolda yukni xarakatidan yuzaga keladigan inersiya kuchining ta’siridan hosil bo’lgan tebranish xavoza qurilmalariga zo’riqish chaqirmaydi. Metal quvirlardan qilingan xavozalar ko’p marotaba (60 marotabagacha) takror ishlatishga mo’ljallangan. Shu munosabatdan uning o’zaro ulanadigan qismlar vaqt o’tishi bilan yemirilib yoki qisman egilishi oqibatida diformatsiya berishi mumkin. Bunday diformatsiyalarni doimiy nazorat qilib turish va ularni o’rnatish oldidan qayta ta’mirlash, xavfsizlikni ta’minlashdagi eng zarur omillardan biri xisoblanadi. Xavozalarning ustivorligi odatda xisoblash yoki tajriba asosida sinov yo’li bilan aniqlanadi. Xavozalarni yuk ta’sirida sinovdan o’tkazilayotganda xavoza elementlarida me’yoridan ortiq qoldiqk diformatsiya xosil bo’lishi, payvand joyidan kuchishi yoki darz ketishi kabi alomatlarning paydo bo’lgan xollarda ulardan foydalanish qatiyan man etiladi. Sinov paytidagi difarmatsiya miqdori vertikal bo’yicha 1 metrga 1,5mm va gorizontal bo’yicha 2,5 metrga 1mm.dan oshmasligi shart. Ko’p qavatli imoratlarda qo’llaniladigan metall qurilmali xavozalar yashin qaytargich moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Xavozalarning zamonaviy turlaridan yana biri osma kajavasimon ko’rinishdagisidir, bu xavozaning konsolga blok orqali simarqon bilan ulangan namuna tasvirlangan. 336 11.1.Tarnov quvurlarini o’rnatishda osma kanatdan foydalanish Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling