Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Konstruksiyalardagi himoya qoplamalari. Ularning turlari va


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

12.8. Konstruksiyalardagi himoya qoplamalari. Ularning turlari va 
vazifasi
Qurilish konstruksiyalarining himoya qoplamalari ularni tajavuzkor muhitning 
ta’siridan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan. Darz hosil bo‘lish, fakturaning 


316 
buzulishi, ifloslanishi, rangini yo‘qotish va shu kabilar keltirib chiqaruvchi 
qoplamaning himoya va bezak hossalarini yo‘qolishi bino ekspluatatsiya qilishga 
topshirilganidan so‘ng birinchi yillardanoq boshlanadi. Agar himoya qoplamasini 
o‘z vaqtida qayta tiklanmasa, u holda tashqi tajavuzkor muhit ta’siri ostida 
konstruksiyaning o‘zi buzila boshlaydi. U holda binoning belgilangan hizmat 
muddati ichida ekspluatatsiyaviy yaroqliligini ta’minlash uchun talay mehnat va 
mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.
Himoya qatlami umrboqiyligining aytarli darajada etarli emasligining bosh 
sabablaridan biri turli muhitlarda konstruksiyani himoyalash mexanizmini yaxshi 
o‘rganilmaganligi, qoplama hizmat muddatini va qayta tiklash davriyligini hisobiy 
aniqlashning ishonchli usullarining yo‘qligi hisoblanadi.
Himoya qoplamalarining ishonchliligi va umrboqiyligini belgilab beruvchi 
asosiy omillar adgeziya, o‘tkazib yuborish, himiyaviy barqarorlik, fizik-mexaniq, 
dielektrik va bir qancha shu kabi xossalarni hisoblash qabul qilishgan.
Himoya qatlamlarining, shu jumladan konstruksiyalarning yuza qatlamini 
buzilishini keltirib chiqaruvchi bosh omil quyidagi ta’sirlar natijasida kelib 
chiquvchi kuchlanish hisoblanadi: 
1) Konstruksiya, xususan uning himoya qoplamasi kirishish va ko‘pchish 
jarayonlari holatida namlikning notyokis taqsimlanishi; 
2) Haroratning notyokis taqsimlanishi; 
3) Konstruksiyaning yoki uning himoya qoplamasining hususiy og‘irligi; 
4) Konstruksiyaga bo‘ladigan shamol yuklanishi; 
5) Mexaniq ekspluatatsiya yuklari. 
Agar keyingi 3 turdagi ta’sirlar hisoblashlarda yuzalarga olib va qo‘llansalar, 
birinchi, ikkinchi turdagi ta’sirlar muxandislik hisoblarida xozircha deyarli hisobga 
olinmaydi. Binobarin o‘tkazilgan tadqiqodlardan shu narsa ma’lum bo‘layoptiki 
birinchi, ikkinchi tur namlanish va harorat o‘zgarishni ta’siri ostida yuzaga 
keluvchi kuchlanish buzilishda asosiy omil bo‘lib qolayapti. 
Qoplamalarning himoyalanish mexanizmining 3 turini ajratish mumkin: 
1) adgeziyali; 


317 
2) to‘siqli; 
3) aralash.
Himoya mexanizmi adgeziyali bo‘lgan qoplamalar uchun qoplamaning 
konstruksiyaga bo‘lgan adgeziyasini, uning elastikligi, mexaniq mustahkamligini 
va harorat o‘zgarishida barqarorligini ta’minlash muhim hisoblanadi. Bunday 
qoplamalarda tashqi muhit namligini o‘zgarishini keltirib chiqaradigan ichki 
kuchlanish nomaqbul hisoblanadi. Atrof muhit havosining nisbiy namligi 60-65% 
dan pasayish qoplamalarda ichki kuchlanishning rivojini va mexaniq buzulish 
natijasida ularni ishdan chiqilganini keltirib chiqaradi. Plyonkalarni namlik 
bo‘yicha ekspluatatsiya qilishda eng qulay rejim 65% atrofida bo‘lgani 
hisoblanadi.
To‘siqli mexanizmga ega bo‘lgan qoplamalar uchun himoya plyonkasining 
diffuzion tavsifi katta ahamiyatga ega. Bunday plyonkalarning mexinik 
xossalarining yuqori bo‘lishi shart, zero tajavuzkor muhitning ta’sir etishida uning 
butunligini saqlash muhim hisoblanadi.
Amaliyotda ko‘pincha himoya mexanizmi aralash bo‘lgan qoplamalar 
uchraydi. Bunday qoplamalarning qo‘llanishi plyonkalarning adgeziyali, mexaniq 
va diffuzion sifatlari birday ahamiyatga ega bo‘lganligi ba’zan plyonka qalinligini 
oshirish yo‘li bilan to‘siqli sifatni ta’minlashga intiladilar. Biroq plyonka 
qalinligini oshirish adgeziyani pasayishiga va plyonkaning himoya sifatlarini 
yomonlashuvchiga olib keladi.
Himoyalanish mexanizmidan qat’iy nazar qoplama sifatining muhim 
ko‘rsatkichi IK- spektroskopiya usuli bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan ularning 
ximiyaviy barqarorligi hisoblanadi.
Adgeziyali himoya mexanizmiga ega bo‘lgan qoplamaning umrboqiyligini 
adgeziya ko‘rsatkichi bilan yoki plyonkaning mexaniq hossalari bo‘yicha aniqlash 
mumkin.
Aralash himoya mexanizmiga ega qoplama uchun umrboqiylikni korroziya 
boshlanishi vaqti bo‘yicha yoki konstruksiya korroziyasining tezligi bo‘yicha 
aniqlash qulay hisoblanadi.


318 
Panellarning tashqi pardozida darzlar vujudga kelishi yuza qatlamining, ba’zan 
esa devor jismini buzilish jarayonidan darak beradi. Hosil bo‘lgan darzlar 
konstruksiya ichiga uni buzish mumkin bo‘lgan namlik, kislorod, tuz changlari, 
tajavuzkor gazlarni o‘tkazib yuboradi. Ayniqsa katta panellarda haroratning 
o‘zgarishidan kelib chiqadigan darzlar xavfli hisoblanadi.
Klinik shifoxonaning maydoni betondan qilingan panellarini faktura 
qatlamidagi darzlarni hosil bo‘lishi va rivojlanishini uzoq vaqt asliy tadqiq etish 
uning bosh sababini aniqlash imkonini beradi: 
1) devor qalinligi va panel yuzasidagi uchastkalar bo‘yicha turli beton 
qatlamlari kirishish devormatsiyasining notyokisligi; 
2) har bir panelning va umuman binoning harorat deformatsiyasi; 
3) tashish va montaj qilishning noto‘g‘ri amalga oshirilishi va boshqa 
omillar. 
Zaifroq ashyolarda darzlar kattaroq o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, kvarsli 
to‘ldiruvchidan iborat faktura qatlami karbonatli mayda donaligiga qaraganda 
qaraganda tezroq buziladi.
qoplamaning himoyalanish mexanizmiga va konsturksiyaning yuza qatlamidan 
kelib chiqib, ularning xizmat muddati ularning asosiy himoya sabablari bo‘lgan: 
- adgeziya va o‘tkazmaslikni yaxshilanganida; 
- himoya 
qoplamasi ostida namlik yig‘ilishini notyokis etuvchi 
o‘tkazuvchanlikni chegaralanganda oshishi aniqlanadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling