Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Konstruktiv unsurlarning ko‘riklarini turlari va davriyligi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

12.9. Konstruktiv unsurlarning ko‘riklarini turlari va davriyligi 
Bino konstruktiv unsurlarining ko‘riklari 3 turga bo‘linadi: umumiy, qisman va 
navbatdan tashqari. 
Umumiy ko‘rik bir yilda 2 marta – bahor va kuzda o‘tkazilishi kerak; bunda 
bino to‘la ravishda, xususan, konsturksiyalar, muxandislik qurilmalari, bino 
pardozi va tashqi obodonlashtirish unsurlarining barchasi ko‘rib chiqiladi.
Bahorgi ko‘rik yoz mavzumida bajariladigan joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 
ish hajmlarini aniqlash, hamda u yoki bu uylarni keyingi yilgi kapital ta’mirlash 


319 
qilish rejasiga qo‘yish masalasini hal etish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday 
masalalarni aynan bahor vaqtida, qorlar erib binoning tashqi qismi butunlay ko‘rik 
uchun qulay holatga tushganida va binoga uning konstruksiya va qurilimlariga 
qishgi iqlimiy ta’sirlar o‘z vaqtida yaqqol seziladigan davrdaechish osonroq 
ko‘chadi.
Kuzgi ko‘rik qor qoplamasi ko‘riklarni o‘tkazishni qiyinlashtirishi mumkin 
bo‘lgan, isitish mavsumi boshlanmasdan avval o‘tkazilishi kerak. Honalarning 
ko‘rigi qavatlararo chordoq xonalaridan boshlanib erto‘la xonalarida tugallanishi 
kerak. Bunda orayopmalarning, ayniqsa sanitar uzel ostidagi poydeorlar, o‘rta 
devorlar va balkonlarning holaii aniqlanib chiqiladi.
Bahorgi va kuzgi ko‘riklarni o‘tkazishning taqvimiy muddatlari turar-joy 
boshqarmasi rahbariyati tomonidan mahalliy iqlimiy sharoitni hisobga olgan holda 
belgilanadi. Ko‘rik o‘tkazish uchun uylarni ekspluatatsiya qilish shirkati rahbari 
raisligida, shirkatning nazoratchi-texnigi ishtirokida va mahalla qo‘mitalari 
vakillari qatnashuvida komissiya tuziladi. Bu komissiya tarkibiga kerak bo‘lgan 
hollarda loyiha ishlab chiqarilgan va ilmiy tashkilot ekspertlari ham kiritiladi. 
Binoning umumiy ko‘rigi natijalari va bino konstruksiyalari va uning 
qurilmalarini saqlanishini ushlab turish bo‘yicha belgilangan tadbir-choralar 
bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma 2 nushada tuzilinib, bir nushasi shirkat 
idorasida saqlanishi va ikkinchisi shahar turar-joy boshqarmasiga kapital 
ta’mirlash rejasini tuzishda va turar-joy jamg‘armasining texnik holatini yaxshilash 
bo‘yicha umumiy chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish uchun yuboriladi.
Binoning ayrim qismlari va unga o‘rnatiladigan qurilmalarni qisman 
ko‘rikdan o‘tkazish zudlik bilan bartaraf etilishi talab qilinuvchi nuqson va 
shikastlanishlar ma’lum bo‘lganida tegishli ixtisosga ega bo‘lgan shtatdagi ishchi 
(tomqoplamasi, slesor- santexik) tomonidan o‘tkaziladi. 
Bino konstruksiyalarida yoki qismlarida defrmatsiyalar borligi hollatlarida 
ularda qisman ko‘rik nuqson ma’lum bo‘lgan daqiqadan bir kunda o‘n kungacha 
bo‘lgan muddat ichida o‘tkazilishi kerak. 


320 
NAVBATDAN TASHQARI KO‘RIK TABIIY OFAT HODISALARDAN SEL, 
KUCHLI SHAMOL,KO‘P QOR YOG‘ISHI VA SHU KABILARDAN KETISH 1-
2 KUN ICHIDA O‘TKAZILADI. BUNDAN DEFORMATSIYALANISHI YOKI 
BUZILISHI MUMKIN BO‘LGAN KONSTRUKSIYA VA QURILMALAR 
KO‘RIB CHIQILADI. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling