Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


327 
 
XIII BOB.
YUK KO’TARISH MEXANIZMLARIDAN FOYDALANISHDA 
XAVFSIZLIK TEXNIKASI 
 
13.1 Ko’tarish-tushirish mexanizmlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari 
 
Xalq xujaligining deyarli barcha tarmoqlarida turli xil yuk ko’tarish 
mexanizmlaridan, jumladan, oddiy chigiriqlardan tortib, yuqori yuk ko’tarish 
qobiliyatirga ega bo’lgan kranlardan foydalaniladi. 
Yuk ko’tarish mexanizmlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini konchilik va 
texnika nazorati davlat tashkiloti («Geokontexnazorat») ishlab chiqadi va 
tasdiqlaydi. Ular ish joyida o’rnatilgan Davlat Energetika nazorati tomonidan 
ro’yxatga olinadi.
Barcha turdagi yuk ko’tarish mexanizmlari belgilangan muddatda tegishli 
sinov va tekshirishlardan o’tkazilib turilishi kerak. Texnik tekshiruv har 12 oyda
bir marta, navbatdan tashqari tekshirish esa kapital tamirlash yoki yuk ko’tarish 
mexanizmlari boshqa joyga o’rnatilganda o’tkazilishi lozim. 
Texnik tekshiruvda asosan quyidagi jaraenlar bajariladi:
a)tashqi ko’zdan kechirish - metall konstruksiyalar holati , kanatlar, ilgaklar, 
ushlash moslamalari, payvand va boshqa birikmalar hamda mahkamlash 
qurilmalari tekshiriladi;
b) kuchlanish ostida statik sinovdan o’tkazish; 
v ) statik sinov; 
g ) elektr jixozlarni tekshirish. 
Amalda, texnik tekshirishlarda kanatlar va ushlab turuvchi moslamalar
holatiga katta etibor beriladi. Kanatlar tekshirilganda ulardagi uzilgan simlar soni 
aniqlanadi va simlarning buralganligiga, o’ramlarning yeg’ilib qolgan joylariga 
ahamiyat beriladi. Agar o’ram qadami uzunligi bo’yicha uzilgan simlar soni 10% 
dan (yoki, ruxsat etilgan miqdordan, 13.1- jadvalga karang) ko’p bo’lsa, bunday
kanat ishga yaroqsiz hisoblanadi. Bundan tashqari kanat simlari zanglagan yoki
dastlabki diametriga nisbatan 40% gacha yeyilgan bo’lsa xam yaroqsiz deb 
topiladi.


328 
Kanatlar, zanjirlar va yuk ushlash moslamalari nominal yuk quvvatidan 2 
barobar katta kuchlanishda sinab tekshiriladi. 
Statik sinovlar balka (to’sin) larning mustahkamliligini tekshirish maqsadida 
o’tkaziladi. Buning uchun ishchi yuk 200 mm balandlikka ko’tarilib 10 minut 
ushlab turiladi, keyin esa yuk miqdori foydalanishdagi kranlar uchun 10% , yangi 
va kapital tamirlangan kranlar uchun 25% oshirilib ko’tariladi, hamda yuk 
ko’tarilgan xolatda balkaning egilishi (elastik deformatsiyasi) tekshiriladi. Keyin 
yuk tushirilib qoldiq deformatsiya aniqlanadi. Agar qoldiq deformatsiya borligi 
qayd etilsa, bunday balka yaroqsiz deb hisoblanadi. 
Kanat o’ramlarining kadam uzunligi bo’yicha uzilgan simlarini ruxsat etilgan 
miqdori 
13.1-jadval
Kanat turi 
Simlar soni 
Ruxsat 
etilgan 
uzilishlar soni 
Organiq uzakli bir tomonlama 
uralgan kanatlar 
Organiq uzakli chalkashtirib 
o’ralgan kanatlar 
6x19=114 
6x37=222 
6x61=366 
6x19=114 
6x37=222 
6x61=366 
4

12 
10 
19
32 
Dinamik sinovda yuk ko’tarish mexanizmlari va tormozlar, ajratgichlar 
xamda xarakatni chegaralovchi moslamalar tekshiriladi. Sinov nominal yuk 
ko’tarish qobiliyatirdan 10% ortik bo’lgan yukda, yukni 300 mm balandlikka bir 
necha marta kutarib-tushirib utkaziladi, YUkni ko’tarish-tushirish vaktida 
tormozlanganda, yuk uz joyida tuxtashi zarur. Agar yuk tormozlashdan keyin oz 
miqdorda bo’sada o’z xolicha tusha boshlasa, yuk ko’tarish mexanizmi 
foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi. 
Barcha sinov va tekshirish natijalari akt bilan xujjatlashtirilib, mexanizm 
pasportiga yoziladi. Bundan tashqari ayrim tamirlash yoki texnik xizmat ko’rsatish 
ishlarida gidravlik va mexanik yuk ko’targichlar – “domkrat”lardan xam keng 
foydalaniladi. Ular har yili bir marta statik sinovdan o’tkazilishi zarur. Sinov 


329 
nominal yukdan 10% ortiq bo’lgan yukda 10 minut davomida o’tkaziladi. Bunda
gidravlik yuk ko’targichlarda bosim kamayishi 5% ortiq bo’lmasligi zarur.
Avtokranlardan foydalanilganda kran xartumi (“strela”) bilan elektr liniyasi
orasidagi masofaga katta etibor berish talab etiladi. Bu masofa kuchlanish 1kV 
gacha bo’lgan liniyalarda – 1, 5 m, 20 kV gacha bo’lgan liniyalarda –2m va 35 
110 kV bo’lgan kuchlanishlarda –4m bo’lishi talab etiladi. 
Har bir qurilish ob’ektiga ko‘plab qurilish materiallari va jihozlari keltiriladi. 
Qurilish qiymatini va mehnat xarajatlarini tahlil qilinganda, ba’zan transport 
hamda ortish tushirishdagi mehnat hajmi va qiymati qurilishnnng umumiy mehnat 
hajmi va qiymatining 40—50% ini tashkil etadi. Shuning uchun tashish va u bilan 
bog‘liq bo‘lgan ortish-tushirish ishlarini ratsional tashkil etish qurilish ishlarini 
tezlatishda va uni arzonlashtirishda muhim ahamiyatga ega. 
Qurilishda foydalaniladigan transport tashqi va ichki transportga bo‘linadi. 
Tashqi transport bilan qurilish maydonchasidan ancha uzoqda joylashgan ishlab 
chiqarish korxonalaridan material va buyumlar tashib keltiriladi. Ichki transport 
bilan qurilish maydonchasidagi ichki yuklar, ya’ni qurilish qurilmalari va 
omborlaridagi buyumlar qurilayotgan binoga etkazib berib turiladi. Tashish 
transportining turi tashish yo‘lining masofasiga, yuk xarakteriga, qurilish 
muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Bazalardan yuklarni tashishda asosan ikki xil: relьsli va 
relьssiz transport turlaridan foydalaniladi. 
Hozirgi zamon qurilishida, asosan, avtomobilь transportidan keng 
foydalaniladi, chunki bu xil transport qurilish ob’ektiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bora 
oladi va ortiqcha ortish-tushirish ishlari sarflanmaydi. Bundan tashqari, bu 
transport turining tezligi katta va turli xil yo‘llardan yura oladi. Hozir 
ishlatilayotgan avtomobillar — bortli, samosval, sementovoz, panelovoz, 
trubovozlardan iborat bo‘lib 1,5 tda n 40 tgacha yuk ko‘tara oladi. Qurilishda 
ishlatiladigan avtomobillarning yuk tashish masofasi 1,5 km dan kam bo‘lmasligi 
kerak. 1,5 kmdan kam masofalarda va yo‘lsiz erlarda yuk traktorlar va turli xil 
pritseplar yordamida tashiladi. 


330 
Yuklarni temir yo‘l transporti orqali tashishda keng izli va tor izli temir 
yo‘llardan foydalaniladi. Buning uchun turli konstruksiyali platformalar ishlatiladi. 
Tor izli temir yo‘llarida ko‘proq motovozlar va elektrovozlar qo‘llaniladi. Tuproq, 
qum, tosh, shag‘al va shu kabi materiallarni yuklashda bir kovshli 
ekskavatorlar hamda kovshlari katta sig‘imli qo‘zg‘aluvchan yuklagichlar keng 
ishlatiladi. Bu materiallarni temir yo‘l platformalaridan tushirishda osma jihozli 
traktorlardan foydalaniladi. 
Qurilishlarda ortish-tushirish vositalarining turi, har biri aniq holda 
qurilishning mexanik imkoniyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqligini e’tiborga olgan holda tanlanadi. Qurilishda ortish-
tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish ishchilar sonining kamayishiga, transport 
vositalarining bekor turish vaqtini kamaytirishga va tashish qiymatini 
kamaytirishga olib keladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling