Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Qurilishda ishlatiladigan xavozalar va ulardan foydalanishda mehnat
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
13.3. Qurilishda ishlatiladigan xavozalar va ulardan foydalanishda mehnat
xavfsizligi Qurilish tajribasidan ma’lumki eng tarqalgan xavozalarga metal quvurdan tayyorlangan panjarasimon xavozadir. Bu xavozaning tuzilishi juda oddiy va ishlatishga qulay, bir joydan ikkinchi joyga tez va oson kuchirish imkonini beradi. Xavozalarni ustunlari ikki qatorda binoni devori buylab xar 2 m masofada maxsus tayyorlangan poydevor ustiga mustahkam urnatiladi. Ustunlar eniga 1600 mm. bo’yiga esa 2000 mm uzunlikdagi shakllar bilan boltsiz bog’lanadi. Ularning ustidan qalinligi 50 mm taxta shitlar yotqiziladi. 332 Xavozalarning ustuvorligi va ularni bino devoriga yoki yuk ko’taruvchi qurilmalariga maxsus tiqin KB-3 yoki ankerlar yordamida mahkamlash orqali ta’minlanadi. Ankerlarni soni balandligi bo’yicha har 2 qavatda 1tadan xisoblab bino xavozasining 50 m 2 yuzasining o’rtasiga yana bitta ankerli bog’lagich o’rnatiladi. Bundan tashqari xavozalarni tashqaridan o’rnatiladigan gorizontal va vertikal shaklida tebranishga qarshi ishlaydigan bog’lovchilar orqali mustahkamligi ta’minlanadi. Kuruvchi ustalarni xavozaga chiqib tushishlari uchun har 30-40 m oraliqda bir -marshli zinalar qo’yiladi. Zinalar xavozaning tashqi sirtiga 2x2m o’lchamda chiqqan holda o’rnatiladi. Odamlar xavozadan tushib ketmasligi uchun har qavatning tashqi ustunlar orasiga 1,2m balandlikda to’siq panjara o’rnatiladi. Zina atrofini esa bo’yi barobar panjara yoki sim tur bilan o’raladi. Ba’zan ko’p qavatli sanoat korxonalarini devorlarini pardozlashda simarqonlarda o’rnatilgan osma xavozalarni qo’llanilishi yaxshi samara beradi. Qurilishda quruvchilarning erdan 1,5 metr va undan balandroqda joylashgan ish joylariga chiqishlari va qurilishga bog’liq ishlarni bajarishlari uchun oyoqlari ostiga maxsus moslamalar ixtiro etilgan. Ularni odatda xavozalar deb yuritiladi. Dastlab xavozalar yogoch gulalaridan yoki taxtalardan panjarasimon ko’p qavatli qilib bino va inshootlar atrofini o’ragan xolda qurilgan. Keyinchalik qurilish sanoati rivojlangan sari xavozalarga ehtiyoj oshib, ular xam takomillashib bordi. Hozirgi hayotda umumqurilish ishlarida jamoa muxofaza vositasi sifatida konstruktiv echimi turlariga bo’lgan har xil xavozalar keng qo’llaniladi. Xavozaning vazifalariga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi: -Konstruktiv tuzilishi bo’yicha panjarasimon, minora shaklida, kajova va maydoncha shaklida; -O’rnatilishi bo’yicha – mustaqil poydevorga o’rnatilgan tirkab qo’yiladigan, osib qo’yiladigan va suriladigan; -Ish uslubi bo’yicha – qo’zgalmas, o’zgaruvchan, ya’ni mexanik yoki yarim avtomatik boshqariladigan; 333 -Yuk ko’tarish imkoniyati bo’yicha yengil, o’rtacha va og’ir toifalarga bo’linadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling