331
b) mashinalarning alohida uzel va detallarini yig‘ish;
v) yig‘ilgan mashinaning uzel va qismlarini ularni
joylashtirish eriga etkazib
berish;
g) mashina va apparatlarni mo‘ljallangan joyiga o‘rnatish, mustahkamlash,
muvozanatlash va ularni ish holatiga keltirish;
d) montaj qilingan mashina, apparat va boshqa jihozlarni kuchli va kuchsiz
holatda ishlatib sinab ko‘rish;
e) barcha montaj qilingan jihozlarni ish kuchli va kuchsiz holatda kompleks
sinab ko‘rish;
j) sinab ko‘rilgan jihozlarni foydalanish uchun topshirish.
Murakkab va ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan jihozlarni montaj
qilish ishlari uni tayyorlovchi zavodlarning boshchiligida bajariladi.
Bunday
vaqtlarda shef- montajchilar montaj ishlari sifati va o‘rnatilgan jihozlarni
foydalanishga topshirish mas’uliyatini o‘z zimmalariga oladi.
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishda montaj qilingan jihozlarni uzil- kesil
tayyorlash va ishga tushirish ishlari montaj ishiga kirmaydi — bunday ishlarni
qurilgan bino yoki inshootdan foydalanuvchi shaxslar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: