Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

a)Xavozalarning turlari
Xavozalarning qurilmalari yengil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish oson va 
tez o’rnatilib yig’ishtiriladigan, ko’p marotaba ishlatilish imkoniga ega bo’lish 
lozim. 
Supa – ko’priklar ko’pincha qurilish montaj ishlarini bajarishda ishlatiladi. 
Ular yigma va blok shaklida bo’ladi. Xavozalarni ishlatish balandligiga qarab 5 
metrgacha bo’lgani supa-ko’prik, undan yuqorisi xavoza deb yuritiladi. 
Qurilishda ko’pincha pardozlash ishlarida xavozalari va supa ko’priklar bilan 
bir qatorda kajavasimon osma xavozalar va teleskopik minoralar xam keng 
qo’llaniladi. Bular osma va ilmoqli bo’ladi. 
b) Xavozalardan foydalanishdagi jaroxatalanish sabablari
Xavozalarda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi uchta 
guruxga bo’lish mumkin: texnikaviy, tashkilish va psixofiziologik guruxlarga. 
1.Texnikaviy sabablarga asosan xavozalar qurilmasidagi mavjud nosozliklar, 
qurilma qismlarining sifatsiz tayyorlanganligi, yuk ko’tarish qobiliyatirni 
aniqlanmaganligi, etarli darajada zahiraviy mustahkamligini yo’qligi va boshqalar 
kiradi. 
2.Tashkiliy sabablarga esa havoda elementlarini o’rnatishda va yig’ishtirib 
olishda hamda foydalanish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar, himoya 
to’siqlarining va qurilma elementlarini sifatsiz o’rnatilishi ishchining kasbiga mos 
bo’lmagan ishni bajarishi va boshqalarni misol qilib aytish mumkin. 
3.Psixofiziologik 
sabablarga 
birinchi 
navbatda 
ishchining 
ruhiy 
muvozanatining buzulishi ya’ni kayfiyati nosog’lom bo’lishi, uning balandlikda 
o’zini noxush his etishi, tibbiy nazoratdan o’tmasdan turib xavozaga chiqishi va 
hokazolar misol bo’la oladi. 


334 
13.4. Xavozalarni o‘rnatish va foydalanishda xavfsizlik qoidalari 
Xavozalarni qaysi maqsadga muvofiq tayyorlangan bo’lsa faqat shu 
yo’nalishda ishlatish lozim bo’ladi. Chunki ularda bajariladigan ishni turiga qarab 
yuk ko’tarish qobiliyati har xil bo’ladi. 
Xavozalarni o’rnatishdan oldin ularni ustunlari ostidagi poydevor va uning 
asosini tartibot loyihasida ko’rsatilganidek tayyorlash kerak, chunki xavozaning 
ustivorligi uning asosining mustahkamligiga bevosita bog’liq bo’ladi. Ularni 
o’rnatish jarayonida birorta qismini boshqa bir tasodifiy detal bilan almashtirish
yoki qiyshayib qolgan elementlarni o’rnatish taqiqlanadi. Bu shartli talablarni 
e’tiborga olmaslik foydalanish davrida talofatga olib kelishi mumkin. 
Xavozaning 4 metr balandlikkacha barcha turlarini ish yurituvchi tomonidan 
texnik qabul qilingandan so’ng foydalanishga ruxsat etiladi, 4 metrdan baland 
bo’lgan xollarda esa ularni maxsus majburiy buyruq asosida tayinlangan komissiya 
tomonidan sinab qurilgandan keyin yozma bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi va 
shundan keyingina foydalanishga ruxsat etiladi. 
Xavozalarga ruxsat etilgan miqdoridan ortiq bo’lgan yukni chiqarish xam 
ularni qulab tushishiga sabab bo’ladi. Xavoza poliga qo’yiladigan yukning 
miqdori ularda bajariladigan ishning texnalogik xaritasida ko’rsatilgan miqdoridan 
oshmasligi lozim, masalan, gisht teruvchilar uchun xavozalarda qo’yiladigan 
yukning 1m
2
250 kgdan oshmaslgi kerak. 
Xavozalarda eng ko’p tarqalgan baxtsizlik qoidalari odamlarni balandlikdan 
qulab tushishi bilan bog’liq. Balandlikning xavfli chegarasi 1,1m dan boshlanadi 
va 5m dan yuqorisi o’ta xavfli xisoblanadi. 
Odamlarni qulab tushishiga ko’pincha himoya to’siqlarining yo’qligi, 
qavatlardagi polning notyokisligi va etarli darajada mustahkamlanmaganligi va 
qolaversa ish jarayonida ishchilar tomonidan xarakatlanish qoidalarini buzilishi 
sabab bo’ladi. 
Xavozalarga chikariladigan va ulardan tushiriladigan yuklar chigirlar yoki 
kutarma kranlar yordamida extiyotkorlik bilan keskin xarakat qilmasdan bajarilishi 
lozim. Yuk ko’taruvchi chig’irlarni erda o’rnatib xavoza qurilmasi bilan


335 
bog’lamagan ma’qul. Chunki bu xolda yukni xarakatidan yuzaga keladigan 
inersiya kuchining ta’siridan hosil bo’lgan tebranish xavoza qurilmalariga zo’riqish 
chaqirmaydi.
Metal quvirlardan qilingan xavozalar ko’p marotaba (60 marotabagacha) 
takror ishlatishga mo’ljallangan. Shu munosabatdan uning o’zaro ulanadigan 
qismlar vaqt o’tishi bilan yemirilib yoki qisman egilishi oqibatida diformatsiya 
berishi mumkin. Bunday diformatsiyalarni doimiy nazorat qilib turish va ularni 
o’rnatish oldidan qayta ta’mirlash, xavfsizlikni ta’minlashdagi eng zarur 
omillardan biri xisoblanadi.
Xavozalarning ustivorligi odatda xisoblash yoki tajriba asosida sinov yo’li 
bilan aniqlanadi.
Xavozalarni yuk ta’sirida sinovdan o’tkazilayotganda xavoza elementlarida 
me’yoridan ortiq qoldiqk diformatsiya xosil bo’lishi, payvand joyidan kuchishi 
yoki darz ketishi kabi alomatlarning paydo bo’lgan xollarda ulardan foydalanish 
qatiyan man etiladi. Sinov paytidagi difarmatsiya miqdori vertikal bo’yicha 1 
metrga 1,5mm va gorizontal bo’yicha 2,5 metrga 1mm.dan oshmasligi shart.
Ko’p qavatli imoratlarda qo’llaniladigan metall qurilmali xavozalar yashin 
qaytargich moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. 
Xavozalarning 
zamonaviy 
turlaridan 
yana 
biri 
osma 
kajavasimon 
ko’rinishdagisidir, bu xavozaning konsolga blok orqali simarqon bilan ulangan 
namuna tasvirlangan.


336 
11.1.Tarnov quvurlarini o’rnatishda osma kanatdan foydalanish 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling