Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi


Trassaning bo‘ylama va ko‘ndalang profilini tuzish


Download 1.01 Mb.
bet15/17
Sana29.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1139309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
praktika

Trassaning bo‘ylama va ko‘ndalang profilini tuzish
Trassaning bo‘ylama va ko‘ndalang profilini nivelirlash jurnali va piketlash daftarchasi asosida millimetrovka qog‘ozida chiziladi. Profil gorizontal va vertikal masshtablarda chiziladi. Gorizontal masshtab loyixalanayotgan inshoat turiga trassa o‘tgan joy xususiyatiga bog‘liq bo‘lib asosan yirik masshtabda (1:500-1:10000) olinadi. Masalan avtomobil yo‘llarini ko‘rish uchun muhim yo‘nalishlarini qidirish ishlarida relyefi tekis joylarda 1:5000 tog‘li joylarda 1:2000 va undan yirikroq. Kanallarni loyixalashda 1:1000 dan 1:5000 masshtabgacha olinadi. Profilga aniqroq ko‘rinish berish uchun vertikal masshtabli gorizontal masofalar masshtabiga nisbatan 10 marta yirik (ko‘pincha 1:100, 1:200) qilib olinadi.



7-rasm
Bo‘ylama profilni chizish profil to‘rini tuzishdan boshlanadi. Profil masshtabi va to‘rining mazmuni quriladigan inshoat turiga, uning xususiyatiga va boshqalarga qarab har xil bo‘ladi. Quyidagi 7-rasmda keltirilgan profilda uning to‘ri umumiy ko‘rinishda berilgan bo‘lib, qurilayotgan tinshoat xususiyatiga qarab qo‘shimcha qatorlar kiritilishi mumkin. Profil to‘rini yasash uchun shaklda uning qatorlari o‘lchanib santimetrda keltirilgan. Ular bo‘yicha chizilgan qatorlarga qatorlar nomi shaklda berilganday yozib chiqiladi. Profil to‘ri qatorlarini to‘ldirish masofalar qatoridan boshlanadi nivelirlash jurnalining 2-ustunidan olingan piketlar va oraliq nuqtalari masofasi qabul qilingan gorizontal masshtab. Misol: 1:5000 da ketma-ket bu qatorga qo‘yib chiqiladi va ularning o‘rni topilib masofa qiymati yozib qo‘yiladi. Piketdan piketgacha bo‘lgan 100 metr masofa odatda yozilmaydi. Ikki qo‘shni piketlar orasida yozilgan oraliq nuqtalari masofasi yig‘indisi 100 metrga teng bo‘lishi kerak. Topilgan har bir nuqta yoniga yer nuqtalari balandligi qatorida jurnalning 10-ustunida olingan balandlik santimetrgacha yaxlitlanib yoniga yozib chiqiladi.
Profil to‘rining yuqoridan birinchi gorizontal chizig‘i shartli gorizont deyiladi. Uning balandligi jurnalda hisoblangan nuqtalar balandligiga qarab qabul qilinadi. Bunda chiziladigan profilning eng past nutasi ushbu gorizont chizig‘idan 2-4 sm yuqorida bo‘lishi hisobga olinadi. Bizning misolmizda shartli gorizont balandligi 406.0 m qabul qilingan. Profilning eng rast nuqtasi PK 1 bo‘lib uning balandligi 411.36-406.0=5,36 m yoki 1:200 vertikal masshtabda 2.5 sm gacha yuqorida joylashadi.Profilning vertikal shkalasi sm li bo‘lakularga bo‘linib hisoblangan nuqtalar balandligi qiymatidan eng kichik yaxlit metrda olinib, shkalaning 2 yoki 3 bo‘lagiga yoziladi va key ingi bulaklar qiymati vertikal masshtabdan foydalanib yozib chiqiladi. Misolimizda shikalaning ikkinchi bulagi yeng kichik balandlik 410m bilan yozilib 1:200vertikal masshtabda keyingi bulaklar belgilab chiqilgan (masshtabda 1sm 2m ga teng) so‘ngra masofalar qatoridagi har bir nuqtadan perpindikular chiziq yo‘nalishida ushbu nuqtaning balandligi vertikal shkaladan foydalanib o‘lchab qo‘yilib nuqtalar bilan belgilanadi. Bu nuqtalarning chizg‘ich yordamida to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirib profil chiziq hosil qilinadi. To‘g‘ri va egri chiziqlar qatoriga egri chiziqning xisoblangan boshlang‘ich va oxirgi uchi qiymatlari gorizontal masshtabda qo‘yiladi. Egrining boshi va oxiri orasidagi chiziq yoy ko‘rinishida chiziladi va uning bo‘rtig‘i o‘ng burilish uchun yuqoriga chap burilish uchun pastga qaratib qo‘yiladi.
Yoy ichiga egrining elementlari yoziladi. Trassa o‘qi to‘g‘ri kesimlari ustida ularning rumbi ostida esa kesim uzunligi yoziladi. Burilishidan keyingi to‘g‘ri chiziq azimuti formula bo‘yicha 𝜑 orqali hisoblanib undan rumbga o‘tiladi.
“Trassa o‘qi bo‘yicha joy plani” qatorida piketlash daftarchasidan foydalanib syemka qilingan trassa o‘qi joy va predmet tafsilotlari burilish nuqtalari va boshqalar ko‘rsatiladi.
Ko‘ndalang profil ham millimetrovka qog‘ozida nivelirlash jurnalida olinadigan qiymatlar bo‘yicha gorizontal va vertikal masofalari bir xil yirik masshtabda (1:200 yoki 1:500) chiziladi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling